Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Keyns Jon Meynard (1883-1946) - ingliz iqtisodchisi, keynschilikning
asoschisi, 1929-1933 yillarda Buyuk inqirozni tahlil yetib, jamoat ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‟minlash maqsadida davlatni kapitalistik iqtisodiyotni boshqarishiga asoslangan nazariyasini yaratdi. Milliy daromad, kapital mablag„, ish bilan bandlik, iste‟mol, jamg„arish va boshqa iqtisodiy miqdorlarning tahliliga alohida ye‟tibor berdi. «Boshqariladigan kapitalizm»ning tarafdori bo„ldi, turli yo„nalishlari mavjud. A.Marshallning do„sti, marksizmning 255 ashaddiy dushmani, «aralash iqtisodiyot»ning otasi va «Iqtisodiy jurnal»ning muharriri. Asosiy asari «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936). Multiplikator formulasini taklif yetgan, investisiyalarning o„sishi, bandlik va daromadlarning o„sishi o„rtasidagi nisbatni ko„rsatgan, masalan, AQSh uchun o„sha davrda bu ko„rsatkich 2.5 bo„lgan, ya‟ni investisiya qilingan 1 dollar 2.5 dollar daromad keltirgan. Likvidlik - moddiy ne‟matlar va boshqa resurslarning tez pulga aylana olish qobilyati; korxonani o„z majburiyatlarini o„z vaqtida to„lay olish qobiliyati balansning aktiv punktlarini pulga aylantirish. Keynschilik - J.M.Keynsning fikrlarini ilgari suruvchi yo„nalish, uch oqimi mavjud: 1. O„ng oqim - o„ta reaksion oqim, qurollanish tarafdori, tartibga solish takliflari bor. Germaniya va Italiyada keng tarqalgan; 2. Liberal oqim - monopoliya manfaatlarini himoya qiluvchi va qurollanishni inkor yetuvchi oqim. Uning asosiy vakili Jenni Robinson xonim, bu oqimda kasaba uyushmalariga keng o„rin berilgan. Fransiyada «dirijizm» (dirijer so„zidan olingan) nazariyasi vujudga kelgan; 3. Yangi keynschilik, keyinroq ortodoksal keynschilik - J.M.Keynsning qoidalari to„la qabul qilingan holda A.Xansen tomonidan stagnasiya nazariyasi bilan to„ldiriladi. A.Xansen va K.Klark multiplikator prinsipini akselerator prinsipi bilan to„ldirdilar, indusirlangan investisiya tushunchasini kiritdilar. Imperativ (zaruriy) va Indikativ (taklif majburiy yemas) rejalashtirishlardan foydalanish mumkinligi aytiladi (Fransiya va bir qancha mamlakatlarda keng tarqalgan). Asosiy vakillari fransiyalik G.Ardan, G.Mendes-Frans, F.Perru, S.Xarrislardir. Yangi keynschilik o„rniga postkeynschilik vujudga keldi, uning vakillari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa (Angliya), L.Yeyxner, .Vayntraub (AQSh); bu oqimda o„sish va taqsimot markaziy deb hisoblanadi. Iqtisodni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish taklif yetiladi. Multiplikator - ko„paytiruvchi; iqtisodiyot ta‟limotlarida ma‟lum bog„lanishlarni o„rganishda, multiplikasiya yeffekti bor joylarda qo„llaniladi. Masalan, Keyns ta‟limoti bo„yicha qo„yilgan investisiya va daromadlar o„rtasidagi bog„lanishni ko„rsatuvchi koyeffisiyent. Akselerator-multiplikatorga teskari bo„lgan koyeffisiyent bo„lib, milliy daromad o„sishining investisiya o„suviga ta‟sirini ko„rsatadi (neokeynschilar qo„llagan). Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling