Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Kembridj maktabi (Angliya)
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lozanna maktabi
- Bozor iqtisodiyoti
- Bozor munosabatlarining shakllanishi
Kembridj maktabi (Angliya)- asosiy vakili Alfred Marshall (1842-1924),
«qiymasiz baho» nazariyasini ilgari surdi, bahoga «yeng yuqori naf» va ishlab chiqarish chiqimlari ta‟sir qiladi, degan. Marksning «qiymatning mehnat 254 nazariyasi»ga qarshi. «Siyosiy iqtisod»ni «Yekonomiks» bilan almashtirdi. Asosiy asari «Iqtisodiyot prinsiplari» (1890), 3 jilddan iborat, rus tiliga o„girilgan. Lozanna maktabi - L.Valras va V.Pareto (1848-1923) tomonidan iqtisodiyotda yekonometrika usullarini keng qo„llash tufayli paydo bo„lgan. Amerika maktabi Jon Beys Klark (1847-1938) - Amerika maktabi vakillaridan, AQSh va Kolumbiya universitetlari professori, Amerika maktabi asoschisi, Amerika iqtisodiy uyushmasini tuzish (1885) tashabbuskorlaridan biri. Psixologik va ma‟naviy omillar hal qiluvchi deb qaralgan. Avstriya maktabi prinsiplariga qo„shilgan. «Mehnat va kapitalning pasayib boruvchi unumdorligi» qonunini kashf yetgan. Marjinalizm g„oyalarini rivojlantirgan. Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida boshqariladigan iqtisodiyot. Uzoq tarixga yega bo„lib, sohibkorlarning yerkinligi va raqobatni taqozo yetadi. Qiymat qonuni, talab va taklif qonuni, pul muomalasi qonuni B.i.ga xos obektiv qonunlardir. Bozor yesa sotuvchi bilan xaridor o„rtasida tovarni pulga ayirboshlash munosabatidir. Bozor munosabatlarining shakllanishi - ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi davridayoq boshlangan, ammo tovar-pul munosabatlarining rivoji kapitalizm bosqichiga to„g„ri keladi (Makkonell K.R., Bryu S.P., «Yekonomiks», M.,1992, 12-bet). Hozirgi zamon iqtisodiy ta‟limotlarining uch asosiy yo„nalishi mavjud: 1.Neoklassik (yangi klassik); 2. Keynschilik; 3. Institusional. Institusionalizm - lotincha «urf-odat», «muassasa», «ko„rsatma», ya‟ni ayrim institutlar (oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmasi) ijtimoiy taraqqiyotning asosi deb qabul qilgan nazariya.XX asrning 20-30-yillarida AQShda keng tarqaldi. T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945), U.K.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940) va boshqalar bu nazariyaning 20-30-yillardagi vakillaridir, keyingilari yesa Klark, Berli, G.Minz (50-yillar), Lou, Myurdal, Gelbreyt, Xeylbroner (60-yillar va hozirgi davr) obektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini inkor yetadilar. Buyuk depressiya - 1929-1933 yy. va hatto 1940 yilgacha AQSh va jahondagi yirik iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish 50% kamaygan, ishsizlik 25% oshgan (17 mln.). Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling