Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Davlat mulkini privatizatsiya etishi va mazkur mulkning yangi egalariga
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
29.2. Davlat mulkini privatizatsiya etishi va mazkur mulkning yangi egalariga oyoqqa turmagunlaricha yordam ko`rsatishi Hayot sifati masalalari. 1950-yillardan ko`tarila boshlangan yana bir muammo hayot sifati muammosidir. Ammo mazkur atama faqatgina 1960-yillar oxiri, 1970-yillar boshiga kelibgina ommalashdi, zero oldingi davrlar iqtisodiy ko`tarilish bilan tavsiflanib, asosiy e`tiborni ravnaqning miqdoriy ko`rsatkichlari tortar edi. mazkur kontseptsiyalar mohiyatini Dj. Gelbreyt, A. Toffler, R. Aaron kabi iqtisodchilar rivojlantirib, ularning nazariyalarini mazmuni Shundan iborat ediki, zamonaviy jamiyat yuqori iste`mol davriga erishib, asosan ravnaq miqdori masalasini echdi. Shu sababli, uning oldida Yangi vazifa, mazkur ravnaq sifatini ta`minlash vazifasi turibdi deb hisoblashgan. Yirik korporatsiyalari faoliyatida yuqori texnologik ishlab chiqarish iqtisodiyot, insonlar moddiy ehtiyojlari qondirilishini yuqori darajada ta`minlaydi. Shu sababli, jamiyat rivojlanishi Shunday darajaga erishdiki, hayot sifati, ya`ni ravnaqlar sifati masalasini ko`tarish vaqti etib keldi. Mazkur tushunchaga, nomoddiy ravnaqlar xususan: iqtisodiy, 237 ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy rag`batlar xam kiradi, Shuningdek, bularning sirasiga ta`lim, sog`liqni saqlash, ekologiya, ijtimoiy - iqtisodiy tengsizliklar ham kiritilishi mumkin. Bir tomondan mazkur masala, iqtisodiy taraqqiyotning ziddiyatli oqibatlari bilan bog`liq. Birinchidan, bu holda korporatsiyalar iste`molchilarga o`z mahsulotini o`tkazish bo`yicha agressiv siyosatini yuritishadi bunday holatda, mazkur siyosat jamiyat uchun doimo ham foydali emas (Dj. Gelbreyt). Ikkinchidan umuman olganda, sanoat rivojlanishi iqtisodiy muammolar o`sishiga olib kelib, bu holat ham insonlar hayot sharoitlarini yomonlashtiradi. Ammo xar qanday holatda xam jamiyat rivojlanishi Shunday darajasiga erishdiki, oqibatda mazkur masalalarni qayta ko`tarib, mamlakat iqtisodiyoti oldiga Yangi vazifalarni shakllantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek aholining tobora kattaroq qismi, atrof - muhitni saqlab qolinishi, hayot estetik tavsiflarini ko`tarish uchun to`lov to`lashga tayyor. Mehnatning ishlab chiqarilishdagi vaqtiga nisbatan dam olish vaqti uchun tobora ko`proq vaqtni ajratish imkoniyatini berib, dam olish sifatini oshirish masalasini ham ko`taradi. Hayot sifati haqidagi masala ko`tarilishi sababli, yuzaga kelgan muammo hayot sifatini ko`rsatkichlaridir. Agar, iqtisodiy samaradorlik qator ko`rsatkichlar masalan, yalpi ichki mahsulotning o`sishi, daromad normasi, narx indekslari, fond indekslari kabi ko`rsatkichlar yordamida baholanishi mumkin bo`lsa, jamiyat taraqqiyoti sifati to`g`ridan - to`g`ri hisoblash imkoniyatini bermaydi. 1961 yillarda, BMT hayot sifati sharoitlarining 12 aspektlarini ajratib, ularning holati jamiyat rivojlanish darajasini sifat jihatdan tavsiflashi mumkinligini e`tirof etgan. Ushbu ko`rsatkichlarga sog`liqni - saqlash, tarbiya, mehnat sharoitlari, bandlik, iste`mol va zahira darajasi, transport va kommunikatsiya, turar joy fondi holati, dam olish va ko`ngilxushliklar, ijtimoiy ishonch, shaxsiy erkinliklar kiradi. Keyingi davrlarda, boshqa indikator tizimlari ham taklif etilgan. Hayot sifati masalasiga katta e`tiborni amerikalik futurolog Alvin Toffler ham qaratgan. O`zining “Futuroshok” («Kelajak shoki») deb nomlangan 1970- yilda nashr etilgan kitobida, A. Toffler hayot sifati tushunchasini uchta aspektga ajratgan, ya`ni ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy. Ekologik aspekt o`z tarkibiga nafaqat atrof - muhit ifloslanishi bilan kurashni, balki alohida hududlarda aholi tobora o`sishi bilan bog`liq muammolarni echish, shovqin ifloslanishi, noestetik landshaftlar muammosini ham ko`targan. Hayot sifati iqtisodiy ko`rsatkichlarini A. Toffler nomoddiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`lab, estetik va psixologik tavsifga ega ekanligini aytib o`tgan. Bunday ehtiyojlar sirasiga go`zalik, yaxshi kayfiyat, ijobiy hissiyotlar, tinchlikka nisbatan munosabat yoki aksincha tavakkalga nisbatan harakatlar kiradi. A. Toffler psixologik iqtisodiyot tushunchasini ham ilgari surib, uning ta`kidlashicha 238 zamonaviy taraqqiyot bosqichda iste`mol tuzilishini tovarning moddiy xususiyatlari, emas iste`mol jarayonining psixologik tavsiflari belgilay boshlaydi, ya`ni mazkur ravnaq qo`llanilishdan, insonda yuzaga keladigan hissiyotlar. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling