Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
3. Yаngi iqtisodiy nazariya
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
28. 3. Yаngi iqtisodiy nazariya Neoinstitutsional yo`nalish namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy apparat, ya`ni turli institutsional tashkiliy ustunliklarini qiyosiy transaktsion tahlili, tashqi samaralar masalasiga xususiy mulkdorlik nuqtai nazardan qarash, opportunistik harakat tushunchasi, amerikalik iqtisodchi Duglas Nort (1920-yilda tug`ilgan) va uning hamkasblari asarlarida o`ziga xos ravishda qo`llanilgan. U umuman olganda, iqtisodiy tarix tahlili, va mo„ayyan mamlakatlarda, mo„ayyan davrlarda katta iqtisodiy o`sish yuz berib boshqa mamlakatlarda Shu davrning o`zida bunday rivojlanish kuzatilmaganligi sabablarini tushuntiruvchi tahlil tushuntirilishi uchun qo`llanilgan. «1790 yildan 1860-yilgacha bo`lgan davrda Qo`shma SHtatlarda iqtisodiy o`sish» (1961), «Institutsional o`zgarishlar va Amerika iqtisodiyoti o`sishi» (1971 yilda L. Devis bilan hammualiflikda), «G`arbiy dunyoda ko`tarilish» (1973 R. Tomas bilan hammualliflikda) asarlarida Nort va uning hamkasblari tomonidan AQSH va Evropa iqtisodiy tarixi bo`yicha katta material yig`ilib, tahlil etildi. Uning asosida neoinstitutsional apparat vositasida iqtisodiy tarix va uning qonuniyatlarining Yangi kontseptsiyasini yaratish harakati amalga oshirildi. Mazkur kontseptsiyaning asosiy g`oyalari Nortning ikki asari, ya`ni «Iqtisodiy tarixda tuzilish va o`zgarishlar» (1981), «Institutsional institutlar. Institutsional o`zgarishlar va iqtisodiyot faoliyati» (1990) kabi asarlarda yoritilgan. Nort va uning hamkasblari tomonidan taklif etilgan Yangi yondashuv, asosiy e`tiborni turli tarixiy davrlarda va turli hududlarda iqtisodiy institutlar qiyosiy tarixiyligi qaratib, institutsional tizimlar va iqtisodiy o`sish darajasining yuzaga kelishi, rivojlanishi va emirilishi orasidagi aloqani tadqiq etadi. Yangi iqtisodiy tarix tezisi asosini mazkur o`sish indlikatorlari tomonidan o`sish rag`batlantirilishining an`anaviy qarashlari borasidagi omillar tashkil etadi. 233 Innovatsiyalar, zahiralar, ta`lim, NTP. Iqtisodiyotning tez va muvaffaqiyatli o`sishining asosiy sharti effektiv institutlar mavjudligidir. Institutlar bajaradigan asosiy vazifa transaktsion xarajatlarni tejashdir. Agar, iqtisodiy o`zgarishlarga javoban institutlar yaratilib, ular mazkur muammoni muvaffaqiyatli tarza echadigan bo`lsa, iqtisodiyot kelajakdagi rivojlanishi uchun ijobiy impul`sga ega bo`ladi. D. Nort nuqtai-nazariga ko`ra o`zgaruvchan sharoitlarga iqtisodiy tuzilishlarni tez va adekvat ravishda moslashtirish imkoniyatini beruvchi eng egiluvchan tizim, ya`ni xususiy mulk tizimidir. Aynan, mazkur tizimning Angliya va Gollandiyada erta rivojlanishi, Frantsiya va Ispaniyadan farqli o`laroq mazkur mamlakatlar iqtisodiyoti dinamikligini belgilab berdi. Nort nazariyasining yana bir muhim jixati rivojlanishi, yo`liga bog`liqlik kontseptsiyasidir. Uning ta`kidlashicha, evolyutsion iqtisodiyot nazariyasi namoyandalaridan farqli o`laroq tarixiy taraqqiyot davomida samarali faoliyat yuritayotgan institutlarda tabiiy saralanishi yuz bermaydi. Bir marotaba belgilangan tuzilmalarni bartaraf etish qiyin, va aynan Shular mamlakat rivojlanishi yo`lini uzoq muddatga belgilab beradi. Institutsional muhitning bu kabi inertlik holati sababi, yuqori darajadagi transaktsion xarajatlarning institut islohotlariga sarflanadigan yuqori transaktsion xarajatlaridir va bu holat ayniqsa yirik va konservativ institutlarda ko`p kuzatilib, Yangi institutlar yaratilish yo`lida to`g`anoq bo`ladi. Tuzilmaviy o`zgarish yuz berishi uchun, uning harakatidan olinadigan iqtisodiy daromadlar xarajatlardan ustun kelishi lozim. D. Nort va Dj. Uolis tomonidan AQSH iqtisodiyotida transaktsion xarajatlar dinamikasi hisoblab chiqilgan edi.25 ularning hisob-kitobi bo`yicha, 1870-1970 yilgacha bo`lgan muddat davomida transaktsion xarajatlar umumiy ulushi hajmi ikki barobar oshib, yalpi ichki mahsulot 26,6 dan 54,9 % ga oshgan. Transaktsion sektorning kengayishini D. Nort va Dj. Uollislar birlamchi ahamiyatga ega tuzilmaviy o`zgarish deb baholashgan va uni rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlar orasidagi kontrast bilan belgilash mumkin. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling