Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Antiratsionalizm
Tarqatma bilim haqidagi kontseptsiyasini rivojlantirar ekan F. fon Xayek mumtoz iqtisodiy nazariyaga xos bo`lgan ideal, turli iqtisodiyot rejaviy nazoratiga ishonuvchi nazariyalar uchun asos bo`lsada, printsipial ravishda amalga oshirilishi mumkin emas deb xulosa qiladi. Mumtoz iqtisodchilar, inson o`z tafakkuri yordamida, iqtisodiy qonuniyatlarni ochish, va olingan bilimlar asosida o`z harakatlarini ratsionallashtirish imkoniyatiga egaligiga asoslanishgan, demak, buning orqasidan iqtisodiy mexanizmni ratsionallashtirish mumkin. Bunday optimizmning mantiqiy xotimasi, F. fon Xayek fikricha, turli ijtimoiy nazariyalardan kelib chiqib, hukumatning iqtisodiyotga aralashuvi kontseptsiyasi shakllanishidir. Agar, fan yordamida harakat ratsional yo`llarini topish printsipial imkoniyati tan olinadigan bo`lsa, bu holat bevosita jamiyat rivojlanishi turiga aloqador iqtisodiy rivojlanish optimal variantini hisobga olish imkoniyatiga ega bo`lgan ilmiy asos beruvchi yagona koordinatsion markaz yaratilishi g`oyasi ham yuzaga keladi. Antiratsionalizm g`oyalari asosida, F. fon Xayek o`zining ijtimoiy tizim tanqidini ko`rib, mazkur mavzuga bag`ishlangan asarlaridan birini “emiriluvchan o`ziga ishonch” (1988) deb nomladi. Xayek o`ziga ishonuvchan ratsionalizmni tanqid ostiga olgan. Ingliz skeptitsizmi an`analarini davom ettirgan holda, u juda ham ehtiyotkorona ravishda inson tafakkuri imkoniyatlarini baholab, ta`kidlaydiki, insoniyat ideal fikr va ong imkoniyatlariga ega emas, va mavjud imkoniyatlar unga o`zlarini qiziqtirayotgan predmet haqida zarur axborotni akkumulyatsiya etish, uni tahlil etish, tizimga to`la tadbiq etishga yo`naltirish, va o`zlari uchun mazkur tizim doirasida ratsional harakatni belgilab olish imkoniyatini bermaydi. Birinchidan, inson tafakkuri bunday bilim hajmlarini qo`llashga qodir emas. Ikkinchidan, inson, faqatgina formalizatsiyalangan bilimlarni tahlil etish imkoniyatiga ega bo`lib, uning bilimlari, so`zlar va mantiqiy konstruktsiyalarga asoslangan. F. fon Xayek 224 nuqtai nazaricha, qadriyati bo`yicha o`ziga xos bilimlarga ega bo`lgan amaliy tajriba, mantiqiy konstruktsiya va abstraktsiyalarning sodda tilga o`zgartirilishi, uning emirilishiga olib keladi. Bilimlar amaliyotdan qancha uzoq bo`lsa, ularning dolzarbligi ham Shu darajada past bo`ladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling