Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
4. Filips egri chizig`i atrofida munozaralar
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
26. 4. Filips egri chizig`i atrofida munozaralar Ratsional kutish maktabi namoyandalari monetaristlar bilan bir vaqtda Filipsning inflyatsiya darajasi va ishsizlik darajasi orasidagi o`zaro bog`liqlik haqidagi kontseptsiyasini tanqid ostiga olishdi. M. Fridmen kabi, ular iqtisodiy agentlar real ko`rsatkichlar o`zgarishlarini hisobga olishadi, Shu sababli, inflyatsiya sharoitlarida ish haqini nominal o`sishi, ularni o`z harakatlarini o`zgarishtirishga majbur qila olmaydi va kutilayotgan yo`nalishda bandlik darajasini o`zgartirmasligiga asoslanishgan. Yangi mumtozlarning monetaristlardan pozitsiyalaridan farqi Shundaki, agar, monetaristlar Filipsning qisqa muddat egri chizig`i haqidagi ta`sirini tan olishsa, Yangi mumtozlarning fikricha, hattoki qisqa muddatli davrda ham egri chiziq vertikal tavsifga ega bo`ladi. Bunday qarama - qarshi fikrlarning sababi Shu ediki, monetaristlar adaptiv kutishlarga asoslanib, inson tomonidan olingan tajriba asosida shakllanishi haidagi fikrlarni bildirishgan. Shunday qilib, iqtisodiy 219 agentlar, ish haqi o`sishi shartliligini tushunib, faqatgina mo„ayyan muddatdan keyin buni anglashadi. Shunday qilib, iqtisodiy agentlar ish haqi o`sishi shartliligini faqatgina inflyatsiya natijasida narxlar o`sishi bilan to`qnashgach mo„ayyan muddatdan keyin tushunishadi. Yangi mumtozlar esa, ratsional kutish nazariyasidan kelib chiqib, bu holatda kelajakni hozirda olingan tajriba asosida emas, davlat harakatlari ratsional tahlili, va mazkur harakatlar natijalarini oldindan bilishdan kelib chiqgan holda modellashtirishadi. Demakki, Filips egri chizig`i bo`yicha iqtisodiyotning yuqoriga harakati yo`nalishi siyosati davridayoq, iqtisodiy agentlar natijani prognozlashtirishadi, va o`z harakatlarini o`zgartirishmaydi. Buning natijasida mehnat bozoridagi talab va taklifni ta`siri natijasi saqlanib qolinadi va ishsizlik ko`rsatkichlari o`zgarmaydi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling