Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XХVI-BOB. ZAMONAVIY TAKLIF IQTISODIY NAZARIYASI 26.1. Taklif iqtisodiy nazariyasi shakllanishi
Nazorat uchun savollar: 1. M. Fridmen metodologik pozitsiyasini tavsiflang. 2. M. Fridmen nazariyasida permanent daromad nima va keynsianlik nazariyasi tanqidida u qanday qo`llaniladi? 3. M. Fridmen nominal daromad nazariyasi nima? 4. Monetaristik nazariyaga muvofiq fillips egri chizig`i uzoq muddatli davrda vertikal to`g`ri chiziqga aylanishini tushuntiring. 5. Monetaristlar tomonidan iqtisodiyotning hukumat tomonidan nazorat etilishining qanday choralari taklif etilgan? Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Фридмен М. Количественная теория денег. М., 1995. 2. Усоскин В.М. «Денежний мир» М. Фридмена. М., 1989. 214 XХVI-BOB. ZAMONAVIY TAKLIF IQTISODIY NAZARIYASI 26.1. Taklif iqtisodiy nazariyasi shakllanishi Taklif iqtisodiy nazariyasi 1970-yillar oxirida shakllandi. Mazkur yo`nalishni aloxida maktab deb bo`lmaydi, Chunki o`z yetakchisi, yagona metodologik pozitsiyasiga va ko`p jihatdan monetarizm g`oyalariga yaqinligiga ko`ra alohida ahamiyatga molik emas. Taklif iqtisodiy nazariyasi paydo bo`lishi, 1970-1980- yillar davomida AQSHda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bevosita bog`liq. Xususan, bu holat amerikalik gubernator R. Reygan dasturiga ham yaqindir (1991-2004). Mazkur maktabning asosiy namoyandalari Martin Fel`stayn (1939 yilda tug`ilgan) va Artur Laffer (1941 yilda tug`ilgan) kabi iqtisodchilarni e`tirof etish mumkin. Taklif iqtisodiy nazariyasi yorqin antikeynschilik tavsifiga ega. Agar keynschilik nazariyasi, iqtisodiyotda talabni rag`batlantirish zarurligidan kelib chiqadigan bo`lsa, taklif iqtisodiy nazariyasi uning nomidan ko`rib chiqganidek, asosiy iqtisodiy vazifa taklifni rag`batlantirish deb hisoblagan. Taklif iqtisodiy nazariya namoyandalari nuqtai - nazaridan 1970- yillarda yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar ishlab chiqarish past darajasi va ishlab chiqarish yuqori darajasi inflyatsiya asosida kelib chiqib, o`n yilliklar davomida amalga oshirilgan keynschilik siyosati natijasida yuzaga kelgan deb hisoblashgan. «Qimmatbaho huumat», iqtisodiyotga aralashmaslik oqibatida bozor nazorat rolini buzilishi, iqtisodiy rag`batlarni pasayishi, kabilar asosiy muammo taklif etishmovchiligi bo`lishiga, ya`ni tadbirkorlik faolligi tushishiga olib kelgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling