Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Permanent daromad nazariyasi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Permanent daromad nazariyasi. Monetaristlarning empirik tadqiqotlari
asosida Dj. M. Keyns nazariyasining bir qator iqtisodiy tezislari xususan, uning «Asosiy psixologik qonuniyati» inkor etildi. Saymon Kuznets (1901-1985) 1869- 1924 yilgacha bo`lgan davrda AQSHning asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlari taxlili tadqiqotini amalga oshirib, xulosa qildiki, iste`molchilikka nisbatan o`rtacha moyillik garchi daromadlar o`sgan bo`lsa ham o`zgarmas holatda qolgan. Buni boshqa qator iqtisodchilar tadqiqotlari ham tasdiqladi. 209 Asta - sekinlik bilan, iste`molchilik harakatining Yangi nazariyalari paydo bo`la boshlab, ular iste`molning daromaddan emas, turli ijtimoiy - psixologik omillarga bog`liqligini ko`rsatishdi. 1957-yilda M. Fridmen «Iste`molchilik funktsiyasi nazariyasi» asarini yozib, unda permanent daromad nazariyasini rivojlantirdi. M. Fridmen daromadni (Y) ikki asosga bo`ladi: a) Permanent daromad (Yp), ya`ni individ o`z ma`lumoti darajasi, professional imkoniyatlari, ijtimoiy holatidan kelib chiqgan holda doimiy ravishda olishni mo`ljallayotgan daromad. b) Vaqtinchalik yoki tasodifiy daromad (Yi), ya`ni tashqi holatlarning vaqtinchalik o`zgarishi natijasida yuzaga kelgan va doimiy tavsifga ega bo`lmagan daromad (Masalan me`ros, lotereyada yutuq, sohaning siklik ko`tarilishi va boshqalar). Keyinchalik M. Fridmen, iste`mol darajasi faqatgina permanent daromad bilan belgilanishi haqidagi tezisni ilgari surgan. Barcha vaqtinchalik daromadlar, odatda vaqtinchalik mablag`lar sirasiga qo`shiladi. Bunda, permanent daromaddagi (Cp) iste`molchilik ulushi qator kattaliklar yordamida belgilanib, ular korrelyatsiyaning mo„ayyan koeffitsientini (k) shakllantiradi. SP=k YP Mazkur koeffitsient foiz stavkasi (i) zahira kapitali kattaligi (W) va iste`molchilar xohishi yoki (U) kabi holatlarga bog`liq. Shunday qilib, M.Fridman permanent iste`mol formulasi quyidagicha ifodalaydi. CP =k (I, w, u) Yp Ilgari surilgan permanent daromad kontseptsiyasi asosida M. Fridmen iste`mol darajasi, uzoq muddat davomida doimiyligini saqlab qolishini ta`kidlaydiki, o`z nazariyasini tasdiqlash maqsadida u 1905-1951 yilgacha bo`lgan davrda AQSH daromadlari haqidagi empirik ma`lumotlarini yig`ib, mazkur ma`lumotlar permanent iste`molning permanent daromadga bog`liqligini tasdiqlaydi. Natijada M. Fridmen, Dj. M. Keyns tomonidan ilgari surilgan samarali talab nazariyasi kamchiliklari muammosi mavjud bo`lmay, u daromadlar o`sishi sayin iste`molga maksimal moyillik chiqarishi bilan bog`liq holatlar mavjud emas deb xulosa qiladi («Asosiy psixologik qonuniyat»). Demakki, mazkur talabni rag`batlantirish bo`yicha alohida choralarni ko`rish ham shart emas. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling