Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Nominal daromad nazariyasi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
25.2.Nominal daromad nazariyasi Monetarist iqtisodchilar tomonidan amalga oshirilgan empirik tadqiqotlar asosida yana bir bog`liqlikni aniqlab, bu bog`liqlik monetaristlar nazariyasi uchun o`zak bo`ldi. Ular mablag` massasi hajmi dinamikasi mo„ayyan vaqt o`tishi bilan iqtisodiy kon`yunktura dinamikasidan takrorlanishi isbotlandi. YA`ni, agar iqtisodiyotdagi mablag` massasi oshadigan bo`lsa, mo„ayyan vaqt o`tgach 210 (taxminan 12-18 oy), ishbilarmonlik faolligi ham oshadi, va aksincha. Mazkur qonuniyat M. Fridmen tomonidan o`zining ikki asarida: «Mablag` va ishbilarmonlik sikllari» (1958) va «1867-1960-yillar davomida Qo`shma SHtatlar monetar tarixi» nomli (1963) asarlarida tasvirlangan. Olingan ma`lumotlarga asosan, u o`zining nominal daromad sikli nazariyasi va antisiklik nazorat nazariyalarini shakllantirgan. Empirik uslubda M. Fridmen, nominal daromadning mablag` massasi pul vositalari hajmiga bog`liqlik darajasi formulasini ishlab chiqgan. Y=VxM Bunda: Y- nominal daromad darajasi, V – mablag` aylanish tezligi; M- mablag` miqdoridir. Bundan Shuni e`tirof etish mumkinki, mazkur formula, mablag` miqdoriy nazariyasi g`oyalarini takrorlaydi. M. Fridmen mazkur nazariyaning I. Fisher tomonidan taklif etilgan mablag`ni aylanish yoki to`lov vositasi sifatida emas. Dj.M. Keyns kabi, kapital sifatida ko`rib chiqgan, ya`ni masalan qimmatbaho qog`ozlarga investitsiya etish uchun zarur bo`lgan mablag`lar sifatidagi mo„ayyan miqdordagi har bir mablag`ni olgan iste`molchi variantiga murojaat qilgan aktivlar portfelini shakllantiradi. M. Fridmen, aktivlarning bir - necha turini ajratadi. Masalan naqd pul, obligatsiyalar, aktsiyalar, inson kapitaliga investitsiyalar va boshqalar. Demak, mablag`ga nisbatan talab, mazkur aktivlar daromadlilik darajasiga (bunda inflyatsiya hisobga olinadi), hamda har - bir iste`molchi individual istaklariga bog`liq bo`ladi. Mablag` aylanish tezligi uzoq muddat davomida deyarli o`zgarishsiz qolishini hisobga olgan holda, M.Fridman tomonidan taklif etilgan formula mablag` massasi tarkibidagi o`zgarishlar nominal daromaddagi muvofiq o`zgarishlarga olib kelishini taxmin qiladi. O`zgarishlar mexanizmining o`zini, M. Fridmen tasvirlamay, uni qora quti ko`rinishida ko`rsatadi. «Fridmen - Filips» vertikal egri chizig`i, yoki Filips egri chizig`i atrofidagi munozaralar. O`zining «Monetar siyosatning roli» (1968) nomli asarida, M.Fridmen, ingliz iqtisodchisi Elban Fillips (1914-1975) qalamiga mansub ishsizlik kontseptsiyasini tahlil qilgan. 1950-yillarda mazkur iqtisodchi tomonidan empirik jihatdan nominal ish haqi (W) va ishsizlik darajasi (U) darajasi orasidagi bog`liqlik aniqlangan edi. Buning uchun, A. Filips 1861-1957 yillar davomida Angliya bo`yicha muvofiq ma`lumotlarni tadqiq qilgan. Mazkur ma`lumotlar asosida, u xulosa qiladiki, ish haqining barqaror darajasiga ishsizlikning 5.5% darajasi muvofiqdir. Tadqiqot natijalari, uning tomonidan egri chiziq ko`rinishida berilib, mazkur egri chiziq keyinchalik Filips egri chizig`i nomini oldi (25.2.1-rasm). 211 Shuni ham aytib o`tish joizki, Filipsdan oldin, 1920-1930-yillarda mazkur bog`liqlikni I. Fisher, Y. Timbergen va Dj. Danloplar ham tasvirlashgan edi. nima bo`lganida ham, aynan Filips egri chizig`i keynschilar tomonidan inflyatsiya va ishsizlik nazariyasini asoslab berish uchun qo`llanilgan edi. Nominal ish haqi ko`rsatkichi, bunda inflyatsiya darajasi ko`rsatkichiga almashtirildi, natijada egri chiziq inflyatsiya yordamida bandlik darajasini nazorat etish, demakki ishlab - chiqarish darajasiga ham ta`sir etish imkoniyatlarini namoyish etdi. O`z siyosatini amlga oshirish davomida davlat yuqori darajadagi inflyatsiya va yuqori darajadagi ishsizlik orasida tanlovga egadir. Agar ishsizlik darajasini tushirish zarur bo`lsa, davlat inflyatsiya o`sishiga tayyor bo`lishi kerak, demak bu holat, ishchi o`rinlari o`sishi va ishlab chiqarish faoliyati faolligiga, zahira mablag`lari ulushiga nisbatan investitsiyalar ulushi oshishiga olib keladi. Agar inflyatsiya darajasini tushirish lozim bo`lsa, bu albatta zahira mablag`lari o`sishi, sarmoyalar qulayligini tushishi, demak ish o`rinlari miqdorlarini ham tushishiga olib keladi. W 5,5% U Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling