Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat uchun savollar:
1. Neokeynsian nazariyasi predmeti va uslublarini tavsiflang. 2. R.Xarrot nazariyasida statika va dinamika nima? Kapital koeffitsienti nima va R.Xarrot nazariyasiga muvofiq o`sish templarini aniqlashda qanday rol o`ynaydi? 3. R.Xarrot o`sish modeli iqtisodiy tizim nomutanosibligini qanday tasvirlaydi? Iqtisodiyotning krizis yoki iqtisodiy bum holatiga kirish mexanizmlari qanday? 4. Sikllarni keynschilik nazariyasi neomumtoz nazariyasidan tub farqi nimada? 5. А. Xansen sikllarning qanday turlarini ko`rib chiqadi? A. Xansen fikriga muvofiq sikllar birinchi uch turining asosiy sababi nima? 6. A.Xansen fikricha, yirik sikllar boshlang`ich nuqtasi nima? 7. Mul`tiplikator va akselerator ta`siri mexanizmlarini tasvirlang. 8. А. Xansen kumulyativ jarayon tugatilishining qanday sabablarini ilgari suradi? 9. А. Xansen tomonidan qanday antisiklik nazorat etish choralari taklif etilgan? Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Классика кейнсианства: В 2 т. М.: Экономика, 1997. 2. Хансен А. Экономические цыкли и национальный подход. М., 1959. 3. Харрод Р. Ф. К теории экономической динамики. М.: Гелиос АРВ, 1999. 183 ХXII-BOB. NEOMUMTOZ SINTEZ 22.1. Xiks - Xansen modeli Neomumtoz va keynschilik nazariyalari sintezi amalga oshirilgan modellarni taxlil etishdan oldin, mazkur ikki maktab asosiy uslubiy farqlarini tavsiflaymiz. Birinchidan, neomumtoz nazariya har - bir sotuvchi, o`z navbatida xaridorga aylanishiga asoslangan iqtisodiy tizim muvozanatidan kelib chiqadi, zero zahira mablag`lari faqatgina kechiktirilgan talabdir. Keynschilik nazariyasiga ko`ra bunday muvozanat faqatgina barter iqtisodiyoti sharoitlarida mavjud bo`lishi mumkin. Oldi - sotdi kelishuvlari pul vositasida amalga oshirilishi sababli, talab va taklif disbalansi yuzaga keladi, zero daromadning bir qismi mablag` vositalari ko`rinishida saqlanib talabga aylanmaydi. Talab etarli emasligi esa, inqirozni keltirib chiqaradi. Ikkinchi farq, har ikkala maktabning mablag` kontseptsiyasi bilan bog`liq. Neomumtozlar, mablag` omili neytralligidan kelib chiqib, ularning fikricha, mablag` asosiy iqtisodiy munosabatlarga ta`sir etmaydi. Keynschilarning fikricha esa, mablag` iqtisodiyotga to`g`ridan - to`g`ri ta`sir o`tkazadi. Oldin ko`rsatilgan nazariyadan tashqari mablag` omili mavjudligi, real va nominal kattaliklar mutanosibligi bilan bog`liq muammoni ham keltirib chiqaradi. Keynschilarning fikricha, individlar, aynan nominal ko`rsatkichlar o`zgarishlariga qarab ish tutishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur o`zgarishlar, inflyatsion jarayonlar bilan bog`liq bo`ladi. Demak kon`yunktura holati haqidagi yolg`on ta`sirni ham belgilashlari mumkin. Umuman olganda, e`tirof etish lozimki, keynschilar murakkab motivatsion modelni qo`llab, bunda neomumtozada qabul qilingan iqtisodiy – ratsional harakat modelidan farq qilishadi. Uchinchi farq, neomumtoz nazariya talab va taklif tengligi qonuniyati sababli barcha resurslarning to`liq bajarilishi mavjud deb hisoblaydi. Keynschilarning ta`kidlashicha esa, talab kechikishi sababli, barcha resurslarning qo`llanilishi real hayotda deyarli imkonsiz; demakki, ular o`z tahlilini to`liqsiz bandlik asosida amalga oshirishadi. Demak, tadqiqot nazariy vazifasi ham o`zgacha tarzda qo`yiladi. Agar neomumtozlar, cheklangan resurslar samarasi maksimal taqsimlanishi masalasini qo`yishadigan bo`lsa, keynschilar, resurslarning to`liq bandligi yoki Shu holatga yaqinlashtirilish imkoniyatini beruvchi vositalarni qidirish bilan Shug`ullanishadi. Neomumtoz nazariya doimo liberalizm printsiplaridan kelib chiqgan. 1930- yillar oxiridan boshlab, neomumtozlarning katta qismi neoliberalizm g`oyalari tarafdorlariga aylanishgan. Nima bo`lganida ham, ular doimo davlatning iqtisodiyotga aralashishi asossiz deb hisoblashgan. Keynschilik nazariyasiga 184 muvofiq, bunday aralashuv nihoyatda zarur, boz ustiga iqtisodiyot inqiroz holatiga tushib qolmasligi uchun, doimiy bo`lishi kerak. Neomumtozlar va keynschilar orasidagi ko`rsatilgan farqlar, ularni bir nazariyaga birlashtirish uchun printsipial darajada etarli va mukammaldir. Nima bo`lganida ham, har ikkala maktabni sintezlashtirish harakatlari Dj. M. Keyns kitobi nashr etilishidan so`ng tez - tez uchrab turar edi. Mazkur jarayonda faol ishtirokni Dj.Xiks amalga oshirgann. Dj.M. Keynsning «Umumiy nazariya» kitobi 1937 yilda nashr etilganidan so`ng, u «Ekonometrika» jurnalida «Janob Keyns va mumtozlar, Interpretatsiya harakati» nomli maqolasini nashr etdi. Mazkur maqolada, u Dj.M. Keyns nazariyasi matematik modelini taklif etib, mazkur model` keyinchalik «Xiks – Xansen modeli» yoki «I.S. - LM» diagrammasi deb nomlandi mazkur model` ikki bozorni birlashtiradi: tovarlar bozori va mablag` bozori. Shu bilan birgalikda, mazkur ikki bozordagi ishsizlik sharoitlaridagi muvozanat holatini aks ettiradi. Shu bilan birgalikda, u noaniqlik omilini e`tiborga olmagan, garchi Keyns mablag` iqtisodiyoti uchun bu holat printsipial jihatdan muhim ekanligini tasdiqlagan bo`lsa ham. Xususan, nominal va real ko`rsatkichlar mutanosibligi masalasi tilga olinmagan. To`liqsiz bandlik sharoitlarida muvozanat belgilanishiga olib kelinadigan sabablar (Keyns postulati), Xiks nazariyasida itqtisodiyotni mustahkam narxlar va mustahkam ish haqi mavjudligiga asoslangan. Mazkur modelni ko`rib chiqamiz. Tovar bozorlarida muvozanat sharoiti sarmoya va mablag`lar tengligi bilan belgilanadi: I=S Sarmoyalar (I) kapitalga nisbatan talab sifatida belgilanib, kapital va foiz normasi maksimal samarali mutanosibligiga bog`liq bo`ladi. Kapitalni maksimal samarasi belgilangan holatida, sarmoyalar foiz normasi funktsiyasi sifatida ko`rib chiqiladi: I=I(r) Zahira mablag`lar (S) kapital taklifi sifatida tasvirlangan. Ular, Y umumiy daromadi bir qismidir, Shu sababli, mazkur daromad kattaligi, hamda Yning qaysi ulushi zahira mablag`lariga aylanishini belgilovchi iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillikka bog`liq. Iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillik, daromad o`zgarishiga muvofiq o`zgarishi sababli, (Dj.M. Keyns asosiy psixologik qonuniyati) zahira mablag`larini daromadning funktsiyasi sifatida belgilash mumkin. S=S(Y) Mablag` bozoridagi muvozanat sharti, mablag`ga nisbatan talab va mablag` taklifi tengligi bilan belgilanadi. Mablag` taklifi (M) doimiy kattalik sifatida ko`riladi. Mablag`ga nisbatan talab, keynschilik ruhida interpretatsiya qilinib, 185 likvidlik (L) nisbatan talab sifatida qabul qilinib, uning hajmi ikki ko`rsatkichga bog`liq, ya`ni daromad (to`g`ridan- to`g`ri bog`liqlik) va foiz stavkasi (teskari bog`liqlik). Mazkur bozordagi muvozanat sharoiti, quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: I(r) = S(Y) yuqoridagi formula yordamida, bozorlarning har birida foizning Shunday normasini topish mumkinki, u daromadning ushbu darajasida muvozanat sharoitlarini qondira oladi. Ko`rsatkichlarning mazkur juftligi, har - bir bozor muvozanat chiziqlari nuqtasi geometrik joylaShuvini belgilaydi (22.1.1-rasm) M=L(Y,r) r I M L S 0 Y Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling