Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat uchun savollar: 1. Foydalalikning kardinalistik yondashuvini belgilashdan ordinalistik yondashuvga o`tish mohiyati nimadan iborat edi? 2. Dj. Xiks maksimal foydalilik darajasi atamasi bilan almashtirgan nazariyada qanday tushunchadan ofydalangan? 3. Almashinuv va daromad effekti nima? 4. Diskontlashtirish nima? Mazkur usulni kim kiritgan va u nima uchun qo`llanilmoqda? 5. XVIII – XIX asr iqtisodchilaridan qaysi birinining kontseptsiyasi F. Nayt tadbirkorlik kontseptsiyasida o`z rivojlanishini topdi? 6. F. Nayt nazariyasiga muvofiq tavakkal va noaniqlik orasidagi farq nimada? 7. Mablag` miqdoriy nazariyasi transaktsion versiyasi ning mazkur nazariya kembridj variantidan printsipial farqi nimada? 8. Mablag` miqdoriy nazariyasining qaysi aspektlari avstriya maktabi, xususan F. Xayek tomonidan tanqid ostiga olingan? Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Слуцкий Е.Е. К теории сбалансированного бюджета потребителя. Экономико - математические методы. Народно-хозяйственные модели. Теоретические проблемы потребления. М., 1963. 2. Хикс Дж.Р. Стоимость и капитал. М.: прогресс – Универс, 1993. 145 XVII-BOB. NOMUKAMMAL RAQOBAT BOZORI NAZARIYALARI 17.1. E.Chemberlin monopolistik raqobatchilik nazariyasi Monopoliya holati iqtisodiy ta`limotlar tarixi davomida ko`pchilik iqtisodchilar tomonidan ko`rib chiqilgan. Mazkur muammoning ayniqsa yorqin misollari sifatida, frantsuz iqtisodchisi Antuan Ogyusten Kurne asarlarida ko`rib chiqilgan. «Boylik nazariyasi matematik printsiplari tadqiqoti» (1838) asarida iqtisodiyotda, monopoliya va duopoliya holati keng ko`rib chiqgan. Kurne tomonidan monopolistik daromad maksimizatsiyasi sharoitlari belgilangan, hamda monopolistik bozorda narx erkin raqobatchilik sharoitlariga qaraganda yuqoriroq, ishlab chiqarish hajmlari esa kamroq ekanligi haqida xulosa chiqarilgan. Duopoliya holati, Kurne tomonidan narx, monopoliya va raqobatchilik ko`rinishidagi narx va ishlab chiqarish hajmi darajasi bo`yicha o`rtacha element sifatida ko`rib chiqilgan. Duopolistik bozori tahlili elementlari F. Edjuortning «Sof monopoliya nazariyasi» (1897) kitobida ham mavjud. Monopolistik raqobatchilik nazariyasi tarafdori sifatida rus iqtisodchisi V. K. Dmitrievni ham tilga olish mumkin. U monopolistik narxlar tahlili bilan Shug`ullangan, Shu borada Lozanna maktabi namoyandasi F. Paretoni ham tilga olish joiz. Monopoliya muammosiga nisbatan qarashlarni kardinal ravishda, ingliz iqtisodchisi, ital`yan millatiga mansub P`etro Straffa g`oyalari ayniqsa muhimdir (1898-1983). 1920-yillarda, Kembridj universitetida, u monopoliya holati bo`yicha faol tadqiqotlarini amalga oshirgan. Uning kontseptsiyasi tarafjorlaridan biri, Djoan Robinson bo`lib, o`zining «Raqobatchilik sharoitlarida daromadlarni shakllantirish qonuniyatlari» (1926) maqolasida raqobatchilik bozori tuzilmasiga hajmdan o`sib borayotgan qaytim qonuniyati ta`siri haqidagi masalani ko`targan. Uning fikricha, mazkur qonuniyat ta`siri tufayli, bozordagi monopoliya holati sof bo`lmaydi. A. Marshall tomonidan ilgari surilgan rivojlangan raqobatchilik kontseptsiyasi va firma nazariyasini tanqid ostiga olar ekan, u bozor qonuniyatlari tadqiqotini raqobatchilikdan emas, aynan monopoliyadan boshlash lozimligini ta`kidlagan. Bunday yondashuv mumtoz va neomumtoz nazariya uchun printsipial ravishdagi Yangi g`oya bo`ldi. Rivojlanmagan raqobatchilik bozoriga bag`ishlangan tizimli tadqiqotlar 1930-yillarga kelibgina paydo bo`la boshladi. 1933 yilda, Amerika iqtisodchisi Edvard Xastings Chemberlin (1899-1967) qalamiga mansub «Monopolistik raqobatchilik nazariyasi» kitobi nashr etilib, undan bozorda firmaning monopolistik holati, tez uchraydigan hodisa bo`lib, u firma hajmlari bilan bog`liq emasligi ta`kidlangan. 146 Oldingi sof raqobatchilik yoki sof monopoliya hodisasini ko`rib chiqgan iqtisodchilardan farqli o`laroq, E.Chemberlin iqtisodiyot uchun monopolistik raqobatchilik holati xosligini aytgan. Bu holat, bozorda juda ko`p miqdordagi sotuvchilar mavjudligi, Shu sababli uni raqobatchilik deb atash mumkinligini ilgari suradi, ammo Shu bilan birgalikda, raqobatchilik bozorining ikkinchi sharti, unda bir - xil sifatdagi tovarlar mavjudligidir. E. Chemberlin modelina, ishlab chiqaruvchilar monopoliya daromadini olishga harakat qilgan holda, mazkur tovarga bo`lgan talab elastikligini pasaytitrishadi. Buning uchun, ular o`z mahsulotini boshqa tovarlar umumiy massasidan ajratib, uning sifat darajasini oshirishga, tashqi ko`rinishni jozibadorligiga, hamda sotish shartlarga belgilashga harakat qilgan holda, unga ekslyuziv tavsif berishadi va Shu orqali xaridorni tovarga narx o`zgarishidan qat`iy nazar, xaridor talabini saqlab qolishga harakat qilishadi. Buning natijasida, mahsulot differentsiatsiyasi yuz berib, ishlab chiqaruvchi mazkur tovar turining bozordagi yagona sotuvchisiga ya`ni monopolistga aylanadi. Mazkur monopoliya holati, bozorda Shunday o`xshash, ammo sifati bilan farq qiluvchi tovarlar mavjudligi bilan ajralib turib, bunday tovarlar substitutlar deb ataladi. Mo„ayyan tovarga nisbatan narx o`sishi sayin, xaridor o`z talabini Shu ko`rinishdagi boshqa tovarga yo`naltiradi, ammo bunda sotuvchi tomonidan Yangi tovar pastroq narxda sotiladi. Shunday qilib, raqobatchilik saqlanib qolinadi, ammo Yangi tavsifga ega bo`ladi, Chunki tovarlar nafaqat narxlar bo`yicha, balki iste`molchilik tavsiflari bo`yicha ham raqobatchilikka kirishib, sotishni tashkiliyligi bo`yicha ham farq qila boshlaydi (masalan xizmat ko`rsatish, joylashish, reklama va boshqalar). Aynan Shu holatdan sotuvchi foydalanib, u iste`molchi istaklarini narxdan qat`iy nazar boshqa tovarga yo`naltirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Shunday qilib, E. Chemberlin, differentsiatsiyalashgan tovar sotuvchisi, xaridor istaklarini boshqarish imkoniyatiga ega bo`lib, tovarlarga nisbatan talablarni narx bo`yicha nisbatan pastroq darajadagi elastikligiga erishadi. Mazkur fikr, firma harakati, neomumtoz nazariyasiga amerikalik iqtisodchining muhim hissasi bo`ldi. Undan oldin ishlab chiqaruvchi vazifalari, faqatgina talabga nisbatan yondashish sifatida talqin qilingan edi. E.Chemberlin ta`kidlashicha esa, firmalar, taklifning talabga nisbatan moslashtirishga ham ko`p kuch sarflashi belgilangan. E.Chemberlin alohida e`tiborni, bozorda monopolistik raqobatchilik narx shakllanishi jarayoniga ham ajratgan. Uning fikricha, tovar differentsiatsiyasi sababli, sotuvchi qisman monopoliya hukmdorligiga ega bo`ladi, ya`ni sof raqobatchilik sharoitlaridagidan ko`ra yuqoriroq darajada tovarga nisbatan narx belgilash imkoniyatiga ega, Chunki talab chizig`i past darajada elastiklik xususiyatiga ega bo`ladi. 147 E.Chemberlin monopolistik raqobatchilik bozorida, narx shakllanish jarayonini quyidagi grafik yordamida illyustratsiya etgan (17.1.1-rasm) y D S` d P` B p A D` S d` Q` Q x Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling