Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Predmet va uslub. Sey mumtoz iqtisodiy nazariyasini tizimlashtirish
borasida ham ulkan ishlarni ham amalga oshirgan. XIX asrning ikkinchi yarmida yashab o`tgan mashhur rus iqtisodchisi A.I. CHuprov o`zining «Siyosiy iqtisod» asarida quyidagilarni yozgan edi: «Sey, siyosiy iqtisod sohasidagi ilk tizimlashtirishga harakat qilgan olimdir. O`zining siyosiy iqtisodiyot haqidagi traktatida, u ilk marotaba iqtisodiy fanning butun sohasini qayta ishlab, aniq lo`nda talqin yaratishga muvaffaq bo`lgan edi». Boylik. Sey fikricha boylik tushunchasi insonlar tomonidan tekin olinishi mumkin bo`lgan mahsulotlarga (suv, havo) nisbatan emas, mo„ayyan narxga ega bo`lgan mahsulotlarga nisbatan qo`llanilishi mumkin, Chunki bu mahsulotlar o`z egalarining mutlaq mulkidir. Bundan tashqari, Sey Smitning boylik to`g`risidagi tushunchasini cheklaganligi uchun tanqid qilib, «Smit bu doiraga moddiy bo`lmasada, ammo real kuchga ega bo`lgan boyliklarni ham kiritishi lozim edi, masalan tabiiy yoki o`rganilgan iqtidorni» deb yozgan. Narx. Narx masalasini har tomonlama ko`rib chiqishga harakat qilgan va quyidagicha fikr yuritgan: «Ishlab chiqarish materiyani yaratmaydi, ammo foydalilikni yaratishi mumkin. Mazkur foydalilik darajasi predmetlarga boylik yaratishi bilan bir qatorda u ishlab chiqarish boyligi ham bo`ladi». Shu bilan birgalikda, Sey Smitni quyidagi holatlar bo`yicha ham tanqid qilgan ya`ni Smit faqatgina mehnatni narxni keltirib chiqaruvchi omil sifatida tadqiq etgan. Ammo aniqroq tahlil ko`rsatishicha, narx o`z kelib chiqishiga ko`ra, uch toifaning birlashgan holda mehnat qilishi maxsulidir, ya`ni inson, tabiat kuchi va kapital (ishlab chiqarish vositalari). Sey fikricha, narx bozorda talab va taklif asosida yuzaga keladi. Shunday qilib, u mo„ayyan ma`noda neomumtoz maktabi namoyandasi bo`lib, mazkur maktab narx nazariyasi asosida foydalilik, ishlab chiqarish xarajatlari va talab va taklif mutanosibligi birlashgan edi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling