Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Taqrizchilar:
i.f.d., professor I.Ivvatov, Toshkent davlat 
iqtisodiyot universiteti. 
i.f.n., dotsent B.Bobokulov, Samarqand 
davlat universiteti 
i.f.n., dotsent S.L.Alibekova, Samarqand 
davlat universiteti 
ISBN 978-9943-7274-4-1 
 
© Samarqand davlat universiteti, 2021 



KIRISH 
 
Iqtisodiy ta`limotlar tarixini barcha ma`lumotli iqtisodchilar o`z vatani tarixini 
bilganidek bilishi zarur, zero zamonaviy iqtisodchi uchun o`tmishni, bugungi 
kunni yaxshi tushunish va mo„ayyan darajada kelajakni ko`ra bilishi zarur. Gap 
Shundaki, tarix qaytariluvchan xususiyatga ega bo`lib, bugungi kunning ijtimoiy-
iqtisodiy muammolariga duch kelar ekanmiz, o`tmishda o`xshash holatni topib, 
uning sabab va mohiyatini tushuna bilishimiz zarur. Xuddi Shunday holat, 
iqtisodiy ta`limotlar tarixiga ham tegishlidir. O`tmishdagi iqtisodiy holatlar nafaqat 
takrorlanishi, balki real iqtisodiy hayotda qo`llanilishi mumkin bo`lgan bir paytda, 
biz iqtisodiy g`oyalarni, ta`limotlarni, qonuniyatlarni ham bilishimiz zarur.
Bundan tashqari, ayrim o`xshash iqtisodiy muammolarning nazariy asoslari 
bilan tanishish, ularni bilish orqali (iqtisodiyotdagi o`xshash asosiy hodisalar 
unchalik ko`p emas), mo„ayyan nazariy g`oya bilan bog`liq bo`lmagan ijodiy, 
erkin fikrlash ko`nikmasini hosil qilamiz. 
Bugungi kunda, iqtisodiy ta`limotlar tarixiga bag`ishlangan ko`plab o`quv 
adabiyotlari topiladi, Shu sababli biz, mazkur o`quv qo`llanmasini bu adabiyotlar 
ro`yxatidan nima bilan farq qilishini tushuntira olishga harakat qilamiz. Masalan, 
MDU “Iqtisodiyo nazariya” kafedrasi professori A.G.Xudokormova tahriri 
ostidagi chop etilgan o`quv qo`llanmasi yoki Toshkent Davlat iqtisodiyot 
universiteti professori A.Razzoqov tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiy ta`limotlar 
tarixi” darsligidan farqli o`laroq, bizning o`quv qo`llanmamiz, sodda tilda 
yozilganligi va hajm jihatdan kichikligi bilan ajralib turadi. Shu sababli, 
o`quvchilarimizga alohida mavzularni chuqurroq o`rganish uchun yuqorida tilga 
olingan o`quv qo`llanmalariga murojaat qilishlarini tavsiya etamiz. 
Bundan tashqari, mazkur o`quv qo`llanmasida iqtisodiy ta`lim tarixi 
bo`yicha vatanimizda va xorijda nashr etilgan va tarjima qilingan adabiyotlar 
ro`yxatlari keltirilib, bu holat iqtisodiy ta`limotlar tarixiga oid materiallarning 
chuqurroq o`zlashtirilishiga yordam beradi. 
Hajm jihatidan o`rtacha bo`lgan mazkur o`quv qo`llanmasi o`quvchilarga 
o`tmishda amal qilgan iqtisodiy nazariyalardan eng zarurlarini tanlash imkoniyatini 
beradi, ammo bunda iqtisodiy ta`limotlar rivojlanishining umumiy mantig`i 
yo`qotiladi. Fikrimizcha, iqtisodiy g`oyalar tarixi o`rganilishida, iqtisodiy 
ta`limotlarni rivojlanishi haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish ham muhimdir
zero o`tmish yirik iqtisodchilarining aniq nazariyalari, ta`limotlari, o`tmishdagi 
iqtisodiy jarayonning ichki va tashqi sabablari haqida tushunchalar ham bilim olish 
borasida 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Iqtisodiy 
ta`limotlarni 
rivojlanishi 
qonuniyatlarini o`rganar ekanmiz, zamonaviy iqtisodiy nazariyalarni tushunib olish 
osonroq kechadi, chunki bu holat har-bir o`quv kursining mo„ayyan intiqosidir. 



Iqtisodiy ta`limotlar rivojlanishining umumiy mantig`i yo`qotilmasligi uchun, 
bizning ushbu o`quv qo`llanmamizda iqtisodiy fikrlar tarixi davrlarga ajratilib 
keltirilgan. 
Bundan tashqari, har bir davrda iqtisodiy, siyosiy, madaniy va umummilliy 
omillar haqida ma`lumotlar keltiramiz, ularning o`sha davrdagi iqtisodiy 
nazariyalarini shakllanishiga ta`siri yoritilgan. Ikkinchidan, iqtisodiy qikrlar 
tarixini ochib berishda mazkur davri iqtisodiyotining umumiy uslubiy tavsifi, 
hamda o`sha davrda amal qilgan iqtisodiy nazariyalar maqsadi yo`nalishlari 
yoritilgan, va Shundan keyingina ularning ba`zi muhim jihatlari ajratilib 
ko`rsatilgan. O`quv qo`llanmasining tuzilishiga nisbatan bunay yondashuv, 
fikrimizcha iqtisodiy ta`limotlarni rivojlantirishning umumiy tendentsiyalarini 
yo`qotilmasligiga olib kelgan.
Bundan tashqari o`quv qo`llanmada Markaziy Osiyoda shakllangan va amal 
qilgan iqtisodiy fikrlar ham berilgan. Bunda biz, jahon iqtisodiyoti fani 
rivojlanishida mamlakatimizda yashab ijod etgan mutafakkirlar iqtisodiy 
ta`limotlari o`rni va rolini ochib berish kabi muhim vazifani qo`yganmiz. Har bir 
mavzu so`ngida o`quvchini o`z-o`zini sinash uchun savollar keltirilgan bo`lib, bu 
hol mo„ayyan mazmunning asosiy muammolarini chuqurroq o`rganish, keltirilgan 
materiallarni yana bir bor qayta ishlash imkoniyatini beradi. 




Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling