Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Boylik orttirish usullari
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mansabdorlar
Boylik orttirish usullari. So`z davlat boyligi haqida ketar ekan, boylik
asosan xalqdan yig`ib olinadigan soliqlar xisobiga shakllanishini e`tibordan qochirmagan holda Qadimgi Sharq asarlarida, asosan soliqlarni undirishni takomillashtirish borasidai tavsiyalar bilan cheklangan. Mazkur tavsiyalar jamiyatni tashkil etuvchi uch tabaqasiga tegishli bo`lgan, bular: dehqonlar, hunarmandlar va boshqaruvchilar. Qadimgi Xitoydagi «Shan tszyun` - Shu» nomli asarida (miloddan avvalgi IV asr) davlatning uch vazifasi ya`ni dehqonchilik, savdo va boshqaruv vazifalarini alohida e`tirof etgan. Unga ko`ra dehqonlar erga ishlov berishadi, savdogarlar mol olib kelishadi, mansabdorlar esa xalqni boshqarishadi. Dehqonlar. Qadimgi Sharqda dehqonlar asosiy soliq to`lovchi va iste`mol buyumlarini ishlab chiqaruvchilar sifatidagina qabul qilingan bo`lsada, davlatchilikning asosi sanalishmagan. «Shan` Tszyun`-Shu» asari muallifi Shan` Yan`ning yozishicha, davlat dehqonchilik va urush vositasida ravnaq topadi, hamda barcha fuqarolar dehqonchilik bilan Shug`ullanishsa, davlat fuqarolarni boshqarishi osonlashadi. Shuni ham ta`kidlab o`tishimiz kerakki, ko`pchilik qadimgi Sharq mutafakkirlari tomonidan, insoniyat jamiyatida savdoning o`ta muhimligi tan olinsada, savdogarlarga nisbatan munosabati, doimo ham ijobiy bo`lmagan. Misol uchun «Artxashastrada» savdogarlar “o`g`ri” nomini tan olmagan “o`g`rilar” deb atalgan, va bunga sabab, ular davlatga soliqni to`laligicha to`lamasligi bo`lgan. Haqiqatdan ham, savdogarlar tomonidan olinadigan daromadlarni to`laqonli nazorat etish, dehqonlar tomonidan olinadigan daromadlarni nazorat etishga nisbatan murakkabroq bo`lgan. Shan` Yan` yozishicha, savdorgarlar, yashash joylarini muntazam o`zgartirib turishgan. Bunga qarshi chora sifatida u savdogarlardan undiriladigan soliqlar miqdorini ko`paytirishni, bozorlar va chegaralarda undiriladigan bojlarni keskin oshirishni taklif etgan. Bu holat ularni savdo daromadlaridan voz kechib, boshqa faoliyat bilan Shug`ullanishlariga olib keladi deb hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi Sharq mutafakkirlari savdogarlar oladigan daromadalarini osonroq aniqlash hamda bozorlarda barqaror holatni ta`minlash 11 uchun, bozor narxlari davlat tomonidan nazorat etilishini taklif etishgan. Bu holat, o`sha davr davlatchilik amaliyotda kuzatilgan. Qadimgi Sharq davlatlari qonunchiliklarida ko`proq e`tibor tovarlar ishlab chiqarishga nisbatan narxlar masalasiga berilgan. Mansabdorlar. Boshqaruvning natijaviy shakllaridan biri sifatida, SHan` YAn` dehqonchilik jamiyati a`zolari orasidagi ma`suliyatni ilgari surib, birinchi navbatda bu holat soliq to`lanishiga qaratilishi kerakligini ta`kidlagan. Mutafakkir, mazkur printsipni davlat boshqaruvining barcha jabhalarida tadbiq etishni taklif etgan. Misol uchun “Arxashastra” asarida, davlat g`aznasidan pul o`g`irlaydigan mansabdorlarni aniqlab, kelgusida nazoratga olish uchun, davlat tomonidan maxsus xizmatchilar yoki savdogar ko`rinishi ostidagi josuslardan foydalanish taklif etilgan, ammo Shunda ham, “Arxashastra” asari muallifi Katul`ya o`z tavsiyalariga nisbatan pessimistik qarashga ega bo`lgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling