Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   169
Mehnat taqsimlanishi. Mehnat taqsimoti masalasida qadimgi Yunon 
mutaffakkirlari tomonidan turli jixatdan taxliliy fikrlar berilgan. Masalan 
Ksenofont, mehnat tabaqalanishini bozor hajmi va mahsulot sifatiga qarab 
ajratilishi haqidagi fikrini ilgari surgan. Uning fikricha «Hunarmand kichik 
shaharlarda eshik, plug, stol, stul kabi turli mehnat mahsulotlarni yasashi mumkin, 
va Shu bilan u oilasini boqish uchun etarli darajada buyurtma olganidan xursand 
bo`ladi, demak yirik shaharlarda ushbu mahsulotlariga talab yuqori bo`lishi 
sababli, har - bir hunarmand, o`zini va oila a`zolarini boqishi uchun faqat bitta 
mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashsa etarli bo`ladi, bu esa, tabiiyki, uzoq vaqt 
davomida aniq bir faoliyat bilan Shug`ullanishiga sabab bo`ladi. 
Mehnat taqsimoti masalasiga Platon ham o`z e`tiborini qaratgan. Uning 
fikricha mehnat taqsimoti mehnat asosida mamlakat barqarorligini ta`minlash 
printsipi yotadi.
Tovar. Qadimgi Yunon faylasuflari, boylik tushunchasi bilan bir qatorda, 
qadriyat tushunchasini iqtisodiyot fani tadqiqot doirasiga kiritishgan. Ularning 
fikricha “qadriyat” mo„ayyan foydalalik darajasiga ega mahsulot hisoblangan. 
Keyinchalik, ular mahsulot va tovar tushunchalarini bir-biridan farqlashgan. 
Ularning fikricha tovar nafaqat foydali xususiyatlarga, balki ayirboshlash 
imkoniyatiga ham ega bo`lishi kerak. Bunday imkoniyatning o`zi esa tovarga 
mo„ayyan qadr - qimmat bag`ishlaydi. Ksenofontning fikricha, inson uchun 
foydasiz bo`lgan mehnat maxsulini sotish oqibatida sotilgan tovarning foydasi va 
qadr-qimmati bo`lmaydi. 
Shuningdek Platon ham, Aristotel` ham, tovar qadriyatini aniqlash nazariy 
masalasiga ham e`tibor qaratishgan. “Tovarlar qadriyati tengsiz bo`lgan joyda 
almashinuv yuzaga kelmaydi. - Tenglik esa, o`zaro qadriyatlar tengligidir” deb 
ta`kidlaydi Aristotel. 
Uning fikricha almashinuv asosida ham, inson ehtiyojlari yotadi. Xar - bir 
shaxs, o`ziga kerakli bo`lmagan tovarni o`ziga zarur tovargagina almashtiradi. 
Inson ehtiyojlari xilma-xil. Ularni qondiruvchi predmetlar ham turlicha. AlmaShuv 
haqida fikr yuritib Aristotel` xulosa qiladiki, o`zaro teng bo`lmagan predmetlar, 


14 
teng tannarxga ega bo`lmaydi. Platon fikricha aniq predmetlar o`z tarkibida 
umumiy g`oyalarni mujassamlashtiradi, ularni hissiyotlar bilan sezish mumkin 
bo`lmasada, ong bilan tushunish mumkin. Xususan, hissiyotlar uchun predmetlar 
tengligini aniqlash imkoniyati mavjud emas, Chunki dunyoda bir - xil 
predmetning o`zi mavjud emas. Tenglikni faqatgina ong ajrata oladi, va bu 
tenglikni aniqlash usuli ham ong tomonidan amalga oshiriladi. Aristotel`ning 
fikricha, tovarlar tengligini aniqlash, amaliy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan 
sun`iy usul yordamida amalga oshirilishi mumkin. Sun`iy usul sifatida mablag` 
(pul) maydonga chiqadi. 
Mablag` (Kapital). Aristotel`ning fikricha, pul bu shartli predmetdir. 
Aristotel pulning kelib chiqishi haqida quydagi fikrni keltiradi. Pul (tanga) 
umumiy kelishuv asosida paydo bo`lgan. Demak, pul, bu sun`iy, vosita bo`lib, 
insonlar tomonidan ayirboshlash savdo qulayligi uchun yaratilgan predmetdir. 
Yunon faylasuflari, pulning uchta vazifasini ajratishgan. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling