Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   169
G`oya asosi. Ibn Xaldun fikricha, tovar narxi talab va taklif mutanosibligi 
asosida yuzaga keladi. Talab nuqtai - nazaridan narx tovar foydaliligi va mazkur 
tovar, boshqa tovarlar orasida egallagan o`rnidan kelib chiqib belgilanadi. Taklif 
nuqtai - nazaridan esa, narx sarflangan mehnat asosida belgilanib, bunda nafaqat 
ishlab chiqaruvchi mehnati, balki uning moddiy xarajatlari asosida ham yuzaga 
keladi. Masalan, duradgor taxta ishlatadi, to`quvchi jun, demakki mazkur 
mehnatkashlar yana bir bora xarajatga yuz tutishadi. Bundan tashqari, Ibn Xaldun, 
ortiqcha soliqlar ham tovar narxiga ta`sir ko`rsatishini aytib o`tadi.
Savdo daromadi, bu tovar sotilishi va sotib olinish narxi orasidagi farqdir. 
Inson daromadni tovar narxi oshishini kutib, yoki mazkur tovarga talab yuqoriroq 
bo`lgan davlatga olib borish orqali erishadi, deb hisoblaydi Ibn Xaldun. 
Mablag`. Ibn Xaldun fikricha, oltin va kumush, ilgari zamonlardan mablag` 
sifatida qo`llanilib, o`lchov, to`lov va yig`ish funktsiyasini bajargan. Olloh, ikki 


23 
turdagi metall, oltin va kumushni yaratgan - deb yozgan u, va bu ikkala unsur
barcha tovarlar o`lchov vositasidir. Ular sotib olish, yig`ish va boyish asosidir. 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Qadimgi Sharq iqtisodiy ta`limotlarining asosiy o`rganish predmeti nima? 
2. Qadimgi Sharq asarlarida nima va nima uchun boylik deb qabul qilinar edi? 
3. Qadimgi Sharqda boylikni oshirishning qanday usullari taklif qilingan? 
4. Nima sababdan Qadimgi Sharq asarlari mualliflari savdoga nisbatan salbiy 
fikr tug`ilgan? 
5. Qadimgi Sharqda bozor munosabatlarini tartiblashtirishning qanday 
shakllari qo`llanilgan? 
6. Qadimgi Xitoyda tuz va temirga nisbatan davlat monopoliyasi tarafdorlari va 
qarshilari orasida qanday isbotlar keltirilgan? 
7. Ba`zi 
xitoy 
mutaffakkirlari 
tomonidan 
iqtisodiyotning 
nisbatan 
boshqarilishining qanday shakllari taklif qilingan? 
8. Antik jamiyat iqtisodiy fikrining o`z davri ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlari 
bilan aloqasi qanday? 
9. Iqtisodiy masalalarga nisbatan qadimgi Yunon mutafakkirlari nazariy 
yondashuvlariga misollar keltiring. 
10. Qadimgi Yunon iqtisodiy fikriga nisbatan me`yoriy yondashuvga misollar 
keltiring. 
11. Qadimgi Yunon faylasuflari tomonidan boylik deb nimaga aytilgan va 
buning asosidagi ma`naviy etik yondashuv nimadan iborat? 
12. Ksenofont va Platon asarlaridagi mehnat taqsimoti muammosi qaysi 
ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarga bog`liq? 
13. Qadimgi Yunon mutaffakkirlari mahsulot va tovar orasidagi farqni nimada 
deb bilishgan? 
14. Qadimgi Yunon faylasuflari pulning qanday vazifalarini ajratishgan? 
15. Aristotel` iqtisodiy munosabatlari tizimlashtirilishi g`oyasi nimadan iborat? 
16. O`rta asrlar iqtisodiy fikri me`yoriy tavsifi nimadan iborat? 
17. O`rta asr teologlari ikki tomonlama qarashlari sababi nimada? 
18. Foma Akvinskiy nuqtai - nazaridan boylik tushunchasi qanday 
tavsiflanadi? 
19. Iqtisodiy munosabatlarga nisbatan, Foma Akvinskiy adolatning qaysi ikki 
turini ajratadi? 
20. Foma Akvinskiyning adolatli narx tushunchasi qanday izoxlanadi? 
21. Foma Akvinskiy fikriga ko`ra adolatli almashinuvni tannozulga 
uchratuvchi holat nima? 


24 
22. Foma Akvinskiy va YYermolay Yerazm nuqtai - nazarlarining o`xshash va 
farqli jihatlari nimada? 
23. Ibn Xaldun iqtisodiy tadqiqotlari predmeti nima? 
24. Jamiyat rivojlanishi tabiiy qornuniyatlari nimada namoyon bo`ladi? 
25. Ibn Xaldun fikriga ko`ra muvofiq jamiyat rivojlanishi turli darajalarida 
iqtisodiyot qay darajada o`zgaradi? 
26. Ibn Xaldun nazariyasiga muvofiq, boylik orttirish tabiiy va notabiiy 
usullari nima bilan farq qiladi? 
27. Ibn Xaldun nazariyasiga muvofiq, davlatning emirilishi sababi nimada? 
28. Ibn Xaldun nazariyasiga muvofiq, pul kim tomonidan, va nima sababdan 
yaratilgan? 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling