Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Savdo daromadi va sudxo`rlik
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Savdo daromadi va sudxo`rlik. Daromad borasida Yermolay nisbatan
yumshoq munosabatda bo`lib, faqatgina haddan ortiq daromadga nisbatan salbiy qaraydi. Sudxo`rlik evaziga olingan daromad esa, mutlaq salbiydir. Sudxo`rlarga murojaat etar ekan, Yermolay har - bir hayvon faqatgina xudo inoyati bilan unib - o`sadi, sening boyliging esa xudo inoyati bilan o`smaydi. Sen xudoga qarshi chiqasan, va xudo huquqiga da`vo qilib boyligingga o`sishni buyruq berasan, - deb yozgan edi. Soliqlar. Xudo inoyatiga tayangan holda, Yermolay krepostnoy dehqonlardan yig`ib olinadigan boj va soliqlar miqdorini bittagacha kamaytirish lozimligini aytadi, zero hayvonlar va qushlar ham yiliga faqat bir bora po`st tashlaydi, - deb yozgan edi u. O`rta asrlar musulmon dunyosi iqtisodiy fikrlari. Musul`mon madaniyati arab bosqinlari davrida shakllana boshlagan. Yuz yil davomida (VII-VIII asrlarda) arablar juda yirik hududni bosib olishdi. Arab xalifaligi Rim imperiyasidan ham kattaroq bo`lib, Ispaniyadan Hindistongacha bo`lgan hududni qamrab olgan. Uning tarkibiga ko`plab rivojlangan mamlakatlar ham kirib, bu mamlakatlar aholisi, islom dinini qabul qilish barobarida musul`mon madaniyatini shakllanishiga ham o`z hissalarini qo`shib kelishgan. Xususan, Vizantiya viloyatlari, Suriya va Misr ham antik madaniyati, jumladan antik falsafasi islom madaniyatini kirib kelishiga asos yaratib bergan. O`rta asrlar Islom falsafasi, Eropadagi kabi boshlang`ich davrlarda teologiya doirasidagina rivojlana bordi. Uning eng yorqin rivojlanish davri IX-XI asrlarga to`g`ri kelib, keyingi davrlarda Islom teologiyasida dogmatizm va mistitsizmning kuchayishiga qaramasdan chuqur falsafiy fikrlarga ham ega bo`lgan. Bunday falsafiy fikrlarni Tunislik faylasuf va tarixchi Valieddin ibn Raxman ibn Xaldun (1332-1406) ilgari surgan. Ibn Xaldun musul`mon falsafasida ilk marotaba jamiyat rivojlanishi nazariyasi g`oyasini ilgari surgan. G`oya asosida asosan iqtisodiy muammolar va ularning echimi yotgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling