Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Adolatli narx. Adolatli narx borasidagi Foma Akvinskiy fikrlari, birinchi
navbatda almashish huquqi tushunchasiga tayanadi (adolatli almashinuv). Adolatli narx, almashinuv paytidagi tenglikni ta`minlashi kerak, ya`ni almashinuv qatnashchisining har - biri ulushiga mutanosib ravishda, belgilanishi lozim. Adolatli narx qanday belgilanishi haqida savol tug`ilishi tabiiy. Foma Akvinskiy fikriga ko`ra, bu holat almaShuvchi tomonlarning sub`ektiv narxlashlari natijasidir. Birinchi navbatda, bu mazkur tovarni sotgan taqdirda, sotuvchi tomonidan belgilanadigan zarar narxini sub`ektiv ravishda narxlashdir. Mazkur zarar umuman olganda, tovar ishlab chiqarilishi va sotib olinishi bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarga tenglashtiriladi, ammo mazkur tovarning xaridor tomonidan sub`ektiv ravishda narxlanishi ham muhim masaladir, Chunki aynan Shu narx orqali xaridor, tovarga bo`lgan ehtiyoj darajasini belgilaydi. Shu bilan birgalikda, sotuvchi unga narx belgilash barobarida, tovar sifatini ham e`tiborga olishi lozim. Keyingi fikrlarida Foma Akvinskiy asosan adolatli narx sifatida o`rtacha sharoitlarda mazkur tovarga nisbatan bozorda belgilangan o`rtacha narxni ko`rib chiqadi. Foma Akvinskiy aloxida e`tiborni adolatli almashinuv qoidalari buzilish holatlariga ham qaratgan. Ulardan biri, sotuvchi tomonidan tovar sifatini sun`iy ravishda bo`rttirishidir. Uning fikricha, sotvuchi tovar unga ma`lum bo`lgan yashirin sifatsizliklarga ega bo`lgan taqdirda uning narxini tushirishi lozim. Bunda u, xaridor oldida mazkur kamchiliklarni aytib o`tirishga majbur emas. Xaridor, ularni o`zi aniqlashi, hamda tovarning past narxidan ular haqida tushunib olishi lozim. Adolatsizlikning yana bir turi sifatida, mazkur tovarga xaridorning yuqori darajadagi ehtiyojidan foydalanish kiradi. Sotuvchi, bunday holatda tovar narxini oshirishga haqli emas. Shu bilan birgalikda, xaridor og`ir holatda ko`rsatilgan 19 xizmat uchun mukofot tarzida, o`zi alohida narxni taklif qilish huquqiga ega. Bundan tashqari, agarda sotuvchi mo„ayyan sub`ektiv sabablarga ko`ra, o`zida mavjud bo`lgan tovarni bozordagi o`rtacha narxdan yuqoriroq narxda narxlaydigan bo`lsa, u mazkur sub`ektiv baholanishga muvofiq bo`lgan narxni belgilash kabi adolatli huquqga ega bo`ladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling