Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Savdo haqida. Foma Akvinskiy savdoga ijobiy qaraydi, Chunki savdogar
mo„ayyan tovarlarni ularga ehtiyoj yuqori bo`lgan joylarga etkazish kabi muhim vazifani bajaradi. Buning evaziga u, daromad olish huquqiga ega. Ammo Shu bilan birgalikda savdogar ikki qoidaga bo`ysunishi lozim. Birinchidan, u tovar narxini o`zi tovarga nisbatan qilgan xarajatdariga mutanosib ravishda belgilashi lozim. Ikkinchidan, u daromad orqasidan, daromad evaziga intilish huquqiga ega emas. Sudxo`rlik. O`z davrining mutafakkirlari singari, Foma Akvinskiy sudxo`rlik qilib foiz olishga salbiy munosabatda bo`lgan. Uning fikricha, mo„ayyan miqdorda mablag`ni qarzga bera turib, sudxo`r Shu mablag`ga teng mablag`ni talab qilish huquqiga ega. Foiz mablag`dan foydalanish uchun qo`shimcha to`lovdir, Shu sababli pulni “sotish” huquqni sotish bilan barobardir deb qaragan. Shunday qilib, sudxo`r bir tovarni ikki marotaba sotgan bo`ladi, va bu holat sharobfurush, sharobni alohida, uni ichish huquqini alohida sotish bilan barobarligini ta`kidlaydi. O`rta asrlarda Rossiyadagi iqtisodiy fikrlar. Ma`lumki, Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan Sharqiy Evropa G`arbiy evropadan qoloq bo`lgan. Chunki G`arb davlatlari, Rim imperiyasi qoldiqlari sifatida V asrlarga kelibgina shakllana boshlagan bo`lsa, Qadimgi Rus` davlati (Kiev Rusi) esa IX asrga kelib shakllana boshlagan. Ikkinchidan, mo`g`ul – tatar bosqini ham, Rossiya qoloqligini oshirib, uning keyingi siyosiy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatgan. Tatar istilosidan ozodlik uchun kurash davomida, Rossiyada XV-XVI asr chorrahasidagina markazlashgan davlat paydo bo`lgan. Ammo G`arbda, markazlashgan davlatlar shakllanishi kapitalizm paydo bo`lishi bilan shakllangan bo`lsa, Rossiya davlatida harbiy zarurat tufayli, krepostnoy huquqi yuzaga kelib rivojlana bordi. Bundan tashqari, Rossiya davlati tatarlardan Sharqona despotiya mo„ayyan xususiyatlariga ham ega bo`lgan. Ruhoniy Yermolay tomonidan XVI asrning 40- 50 yillarida yozilgan «Ezgulikni istovchi shohlarga er ajratish va hukmronlik borasida tavsiyalar» asarida rus davlatchiligini shakllanish xususiyati yoritilgan. Asar bir tomondan o`sha davrdagi G`arbiy Evropa traktatlari uslubida yozilib, teologiya faktlariga asoslangan, ammo boshqa tomondan, mazkur davlat boshqaruvi haqidagi yuqorida tilga olingan qadimgi Sharq asarlari kabi uslubga ega bo`lgan. Bundan tashqari, Yermolay Erazmning shaxsiy o`ziga xosliklaridan biri, erta nasroniy teologlari qarashlariga yaqin bo`lib, bu holat o`sha davrlarda 20 Rossiya cherkovida mavjud bo`lgan ajralmaslar oqimi qarashlari ta`siri ostida shakllangan. Bu borada bir - necha misollarni ko`rib - chiqamiz. Boylik Yermolay tomonidan salbiy baholangan. Uning fikricha boylik birovlar mehnati evaziga yig`iladigan mablag` bo`lib, buning asosida ayyorlik va adolatsizlik yotadiki, o`z shaxsiy mehnati evaziga hech - kim boylik yig`a olmaydi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling