Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
* Muomila vositasi, ya`ni bunda pul ikkita tovarni almashinuvini birlashtiradi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyot va xrematistika haqidagi ta`lim.
* Muomila vositasi, ya`ni bunda pul ikkita tovarni almashinuvini birlashtiradi;
* O`lchov vositasi (tanga ham ikki predmetni tenglashtiruvchi o`lchov shartli belgisidir); * Boylik orttirish vositasi. Boylik orttirish vositasi vazifasiga Platon ham Aristotel` ham salbiy munosabatda bo`lishgan, Chunki jarayonda pul, o`zining asosiy vazifasi, ya`ni almashinuv vazifasini bajarmaydi. Boylik orttirishga nisbatan salbiy munosabati borasida Aristotel` “Iqtisodiyot” va “Xrematistika” haqidagi asarlarida ko`proq fikr yuritgan. Iqtisodiyot va xrematistika haqidagi ta`lim. Iqtisodiyot va xrematistika xo`jalik munosabatlarini tizimlashtirilishi borasidagi birinchi ilmiy-amaliy tadqiqot hisoblanadi. Aristotel`, barcha xo`jalik faoliyati turlarini ikki qismga ajratib, ularni “iqtisodiyot” va “xrematistika” deb atagan. Bunday bo`linish, faoliyatning maqsadli omili sifatida qabul qilingan. Bunday iqtisodiyot uchun maqsad sifatida iste`mol predmetlari ilgari surilgan bo`lsa, xrematistika uchun pul ajratilgan (Yunon tilidan xremata - pul demakdir). Aristotel` fikricha iste`mol predmetlariga nisbatan harakatlanish, inson tabiatida mavjud holatdir. Aynan Shu sababli, ehtiyojlarni to`laligicha qondirish predmetlarga nisbatan harakat bilan tugaydi. Shu bilan birga Aristotelning fikricha inson tabiatida pulga nisbatan ehtiyoj mavjud emas, Chunki bu tabiiy emas. Aristotelning fikricha pulga nisbatan notabiiy intilish, harakatlanish, erishib bo`lmaydigan maqsadlar sirasiga kiradi. Iqtisodiyot soxasiga Aristotel` dehqonchilik, hunarmandchilik va ishlab chiqaruvchilar savdosini kiritdi, bunda savdo shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun mahsulotlarni sotib olish akti nazarda tutilgan. Xrematistika soxasiga esa, professional savdo kiritilgan. Professional savdo tovarlarni keyinchalik sotish uchun sotib olishlik, 15 ya`ni boylikning manbai sifatida qabul qilishlik olingan. Shuningdek, aynan Shu soxaga sudxo`rlik ham kiritilgan. Sudxo`rlik. Aristotel`ning fikricha, foiz bu pullar tomonidan olingan pul ko`rinishidagi daromaddir, Chunki ehtiyojlar qondirilishi uslublari orasida bu eng notabiiy uslubdir. Shunday qilib, antik dunyo faylasuflari asarlarida, iqtisodiy muammolarga nisbatan nazariy yondashuvlar allaqachon mavjud bo`lgan. Tovarlar tengligini tadqiq etish muammosi esa, ilmiy tahlil misoli bo`lib, iqtisodiyot va xrematistika haqidagi ta`limotlar doirasida iqtisodiy hodisalar tizimlashtirilishi misoli sifatida ko`rib chiqilishi mumkin. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling