Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Iqtisodiyotni davlat tomonidan nazorat etilishi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyotni davlat tomonidan nazorat etilishi. Qadimgi Sharq jamiyatlari
uchun, hukumat qaror va qonunlari orqali barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning davlat tomonidan to`g`ridan-to`g`ri nazorat etilishi tabiiy hol bo`lgan. yuqorida ta`kidlanganidek, hattoki asosiy tovarlarga bo`lgan narxlar ham davlat tomonidan aniq belgilangan. Mo„ayyan tovarlar ishlab chiqarilishi yoki ayriboshlanishga nisbatan davlat monopoliyasi qo`llanilishi ham tabiiy hol bo`lgan, ammo ba`zi hollarda davlat monopoliyasi bahs va munozalarga ham sabab bo`lgan. Misol uchun, miloddan avvalgi 200-100 yillarda Xitoyda tuz va temir ishlab chiqarilishiga nisbatan davlat monopoliyasi tadbiq etilgan. Oqibatda davlat daromadlari oshgan, ammo aholi mazkur tovarlarning qimmatligi va sifati yomonligidan shikoyat qilishni boshlagan. Miloddan avvalgi 80- yillarda taxtga Yangi imperator chiqishi bilan, bu masala muhokama qilinganligi «Yan Tsze Lun`» asarida o`z ifodasini topgan. Davlat monopoliyasi tarafdorlari bu holat davlatga yuqori daromad olib kelayotganligini va strategik nuqtai - nazaridan muhim tovarlarni nazorat etishi sababli xavfsizlik asosiy omili ekanligini isbotlay boshlashgan. Ularga qarshi esa, bu tovarlar davlat tomonidan ishlab chiqarilishi noeffektivligi, buning sababi o`z kuchini to`laligicha ishlatmay mazkur sohada mehnat qilayotgan qul va jinoyatchilarni ishlatish ekanligi, buning natijasida tovar nisbatan qimmat va sifatsiz bo`lib chiqayotganligi, mazkur sohani boshqaruvchi mansabdorlarning korruptsiya va poraxo`rlikka berilganligi ham, ochiq ko`rsatib o`tilgan. Jamiyat iqtisodiy hayotini davlat tomonidan to`g`ridan - to`g`ri nazorat etish bilan bir qatorda, ba`zi xitoy mutaffakkirlari davlat iqtisodiyotning qisman nazorat etilishi g`oyasini ham ilgari surishgan. Misol uchun Li Kuy (miloddan avvalgi IV asr), “adolat omborlari” g`oyasini ilgari surib, bu g`oya asosida mo`l hosil olingan yillari soliqlar oshirish va ishlab chiqarilgan mahsulotni davlat omborlarida 12 saqlash, hosil kam bo`lgan yillari esa yig`ilgan mahsulotlar zahiralarini arzon narxlarda xalqga sotish yoki kambag`al, och, naxor odamlarga tarqatish lozimligini aytib o`tgan. «Guan` Tszi» nomli risola mualliflari ham, bug`doy bilan “adolatli” (davlat tomonidan) savdo qilishni taklif etib, bu holat mavsumiy narxlarni tenglashtirishi muhimligini aytishgan. Xususan, kuzda bug`doyni nisbatan qimmat bo`lmagan narxlarda sotib olib, bahorda unchalik qimmat bo`lmagan narxlarda sotish lozimligi ta`kidlangan. Ular soliq yordamida tenglashtirish o`rniga, pul yordamida nazorat qilish lozim deb tavsiya qilishgan. “Guan` Tszi” risolasida jamiyat rivoji haqidagi aniq tavsiflardan tashqari, bozor nazoratida iqtisodiy tenglik tamoyili talab va taklifning mutanosibligida degan g`oya ilgari surilgan. Ular “bozor bu xo`jalikning tartibli yoki tartibsiz holatini belgilab beruvchi sohadir” – deb hisoblashgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling