Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB. QADIMGI SHARQ, ANTIK DUNYO, FEODAL JAMIYAT VA ILK KAPITALIZMNING IQTISODIY TA‟LIMOTLARI 2.1. Qadimgi Sharq iqtisodiy fikrlari
Nazorat uchun savollar:
1. Iqtisodiy ta`limotlar tarixi fanining tadqiqot predmeti nima? 2. Iqtisodiyot fani rivojlanishi tadqiq etilishida tarixiy yondashuv nimada namoyon bo`ladi? 3. Iqtisodiyot fani rivojlanishi tashqi va ichki omillariga nimalar kiradi? 4. Ilk iqtisodiy (fikrlarni) nazariyalarni hisobga olgan holda, iqtisodiy nazariyalarni tahlil etishdan maqsad nima? 5. Turli maktab va yo`nalishlar iqtisodiy nazariyalari nima bilan o`zaro farqlanadi? 6. Iqtisodiyot fani rivojlanishi bosqichlashtirilishi bilan asosiy yo`nalishlar va maktablar bo`yicha iqtisodiyot nazariyasi klassifikatsiyasi orasidagi farq nimada? 7. Iqtisodiyot ta`limotlar tarixining uch asosiy bosqichlari orasidagi farq nimada? 8. Iqtisodiy fikr, iqtisodiy nazariyadan nimasi bilan farq qiladi? 9. Iqtisodiy tadqiqotlardan me`yoriy va pozitiv yondashuv orasidagi farq nimada? 10. “Tabiiy tartib kontseptsiyasi” nimadan iborat? 11. Iqtisodiy munosabatlarga ma`naviy - etik yondashuv nima sababdan me`yoriy deb ataladi? 12. Siyosiy iqtisodiyot atamasi nimani bildiradi? 13. Marjinalistik va institutsional nazariyalar vazifalari mumtoz siyosiy iqtisodiyotning asosiy vazifasidan nima bilan farqlanadi? Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Блаук М. Экономическая мысль в ретроспективе. М., 1995. 2. Шумпеттер Й.А. История экономического анализа: В. 3. Т. 1. СПб., 2001. 3. Razzoqov A. “Iqtisodiy ta`limotlar tarixi” o`quv qo`llanma. T. 2001 yil 9 II-BOB. QADIMGI SHARQ, ANTIK DUNYO, FEODAL JAMIYAT VA ILK KAPITALIZMNING IQTISODIY TA‟LIMOTLARI 2.1. Qadimgi Sharq iqtisodiy fikrlari Davr tavsifi. Miloddan oldingi III ming yillarda yuzaga kelgan ilk tamaddunlar dastlab Misr, ikki daryo oralig`i davlatlarida, keyinchalik Osiyoning bir qator davlatlarida tarqalib, mo„ayyan turdagi insonlar jamiyati shaklini yuzaga keltirgan. Bu holat keyinchalik boshqa ba`zi qadimiy davlatlarda ham kuzatila bordi. Xususan, Evropada (Krit), Amerikada (Mayya, Aytek, Inklar davlatlari) va Afrikada (Misr) kabilar. Bu davlatlarda asosiy ishlab chiqarish vositalari, er va sug`orish tizimlari, davlatga tegishli bo`lib, davlatchilik mutloq monarxiya ko`rinishida amal qilgan. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar jamoalarga birlashgan hunarmandlar va erkin dehqonlar bo`lib, ular soliq to`lab ma`lum bir mehnat majburiyatlarini bajarishgan. Qullar esa ishlovchilarning kamchilik qismini tashkil etib, asosan puldorlarga, zodagonlarga xizmat ko`rsatishgan yoki eng og`ir mehnat jarayonlarida, xususan temir va tosh konlarida ishlashgan. Ma`lumki, jamiyat iqtisodiy tizimining katta ulushini natural xo`jaliklar tashkil etgan, Shu bilan birga, tovar munosabatlari (tovar xo`jaliklari) ham qadimdan mavjud bo`lgan. Jamiyatning oliy tabaqa vakillari, asosan mansabdorlardan tashkil topgan, Chunki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, asosan davlat tomonidan tabaqalashtirilib, nazorat qilingan. Shuningdek jamiyatning ma`naviy hayotida din katta ahamiyatga ega bo`lgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling