Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Nazorat uchun savollar: 
1. Iqtisodiy ta`limotlar tarixi fanining tadqiqot predmeti nima?
2. Iqtisodiyot fani rivojlanishi tadqiq etilishida tarixiy yondashuv nimada namoyon 
bo`ladi? 
3. Iqtisodiyot fani rivojlanishi tashqi va ichki omillariga nimalar kiradi? 
4. Ilk iqtisodiy (fikrlarni) nazariyalarni hisobga olgan holda, iqtisodiy nazariyalarni 
tahlil etishdan maqsad nima? 
5. Turli maktab va yo`nalishlar iqtisodiy nazariyalari nima bilan o`zaro farqlanadi? 
6. Iqtisodiyot fani rivojlanishi bosqichlashtirilishi bilan asosiy yo`nalishlar va 
maktablar bo`yicha iqtisodiyot nazariyasi klassifikatsiyasi orasidagi farq nimada? 
7. Iqtisodiyot ta`limotlar tarixining uch asosiy bosqichlari orasidagi farq nimada? 
8. Iqtisodiy fikr, iqtisodiy nazariyadan nimasi bilan farq qiladi? 
9. Iqtisodiy tadqiqotlardan me`yoriy va pozitiv yondashuv orasidagi farq nimada? 
10. “Tabiiy tartib kontseptsiyasi” nimadan iborat? 
11. Iqtisodiy munosabatlarga ma`naviy - etik yondashuv nima sababdan me`yoriy 
deb ataladi? 
12. Siyosiy iqtisodiyot atamasi nimani bildiradi? 
13. Marjinalistik va institutsional nazariyalar vazifalari mumtoz siyosiy 
iqtisodiyotning asosiy vazifasidan nima bilan farqlanadi? 
 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 
1. Блаук М. Экономическая мысль в ретроспективе. М., 1995. 
2. Шумпеттер Й.А. История экономического анализа: В. 3. Т. 1. СПб., 2001. 
3. Razzoqov A. “Iqtisodiy ta`limotlar tarixi” o`quv qo`llanma. T. 2001 yil 



II-BOB. QADIMGI SHARQ, ANTIK DUNYO, FEODAL JAMIYAT VA ILK 
KAPITALIZMNING IQTISODIY TA‟LIMOTLARI 
 
2.1. Qadimgi Sharq iqtisodiy fikrlari 
Davr tavsifi. Miloddan oldingi III ming yillarda yuzaga kelgan ilk 
tamaddunlar dastlab Misr, ikki daryo oralig`i davlatlarida, keyinchalik Osiyoning 
bir qator davlatlarida tarqalib, mo„ayyan turdagi insonlar jamiyati shaklini yuzaga 
keltirgan. Bu holat keyinchalik boshqa ba`zi qadimiy davlatlarda ham kuzatila 
bordi. Xususan, Evropada (Krit), Amerikada (Mayya, Aytek, Inklar davlatlari) va 
Afrikada (Misr) kabilar. Bu davlatlarda asosiy ishlab chiqarish vositalari, er va 
sug`orish tizimlari, davlatga tegishli bo`lib, davlatchilik mutloq monarxiya 
ko`rinishida amal qilgan. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar jamoalarga birlashgan 
hunarmandlar va erkin dehqonlar bo`lib, ular soliq to`lab ma`lum bir mehnat 
majburiyatlarini bajarishgan. Qullar esa ishlovchilarning kamchilik qismini tashkil 
etib, asosan puldorlarga, zodagonlarga xizmat ko`rsatishgan yoki eng og`ir mehnat 
jarayonlarida, xususan temir va tosh konlarida ishlashgan.
Ma`lumki, jamiyat iqtisodiy tizimining katta ulushini natural xo`jaliklar 
tashkil etgan, Shu bilan birga, tovar munosabatlari (tovar xo`jaliklari) ham 
qadimdan mavjud bo`lgan. Jamiyatning oliy tabaqa vakillari, asosan 
mansabdorlardan tashkil topgan, Chunki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, asosan 
davlat tomonidan tabaqalashtirilib, nazorat qilingan. Shuningdek jamiyatning 
ma`naviy hayotida din katta ahamiyatga ega bo`lgan.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling