Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Iqtisodiyotni davlat tomonidan nazorat etilishi


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   169
Iqtisodiyotni davlat tomonidan nazorat etilishi. Qadimgi Sharq jamiyatlari 
uchun, 
hukumat 
qaror 
va 
qonunlari 
orqali 
barcha 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning davlat tomonidan to`g`ridan-to`g`ri nazorat etilishi tabiiy hol 
bo`lgan. yuqorida ta`kidlanganidek, hattoki asosiy tovarlarga bo`lgan narxlar ham 
davlat tomonidan aniq belgilangan. Mo„ayyan tovarlar ishlab chiqarilishi yoki 
ayriboshlanishga nisbatan davlat monopoliyasi qo`llanilishi ham tabiiy hol 
bo`lgan, ammo ba`zi hollarda davlat monopoliyasi bahs va munozalarga ham sabab 
bo`lgan. Misol uchun, miloddan avvalgi 200-100 yillarda Xitoyda tuz va temir 
ishlab chiqarilishiga nisbatan davlat monopoliyasi tadbiq etilgan. Oqibatda davlat 
daromadlari oshgan, ammo aholi mazkur tovarlarning qimmatligi va sifati 
yomonligidan shikoyat qilishni boshlagan. Miloddan avvalgi 80- yillarda taxtga 
Yangi imperator chiqishi bilan, bu masala muhokama qilinganligi «Yan Tsze 
Lun`» asarida o`z ifodasini topgan. Davlat monopoliyasi tarafdorlari bu holat 
davlatga yuqori daromad olib kelayotganligini va strategik nuqtai - nazaridan 
muhim tovarlarni nazorat etishi sababli xavfsizlik asosiy omili ekanligini isbotlay 
boshlashgan. Ularga qarshi esa, bu tovarlar davlat tomonidan ishlab chiqarilishi 
noeffektivligi, buning sababi o`z kuchini to`laligicha ishlatmay mazkur sohada 
mehnat qilayotgan qul va jinoyatchilarni ishlatish ekanligi, buning natijasida tovar 
nisbatan qimmat va sifatsiz bo`lib chiqayotganligi, mazkur sohani boshqaruvchi 
mansabdorlarning korruptsiya va poraxo`rlikka berilganligi ham, ochiq ko`rsatib 
o`tilgan. 
Jamiyat iqtisodiy hayotini davlat tomonidan to`g`ridan - to`g`ri nazorat etish 
bilan bir qatorda, ba`zi xitoy mutaffakkirlari davlat iqtisodiyotning qisman nazorat 
etilishi g`oyasini ham ilgari surishgan. Misol uchun Li Kuy (miloddan avvalgi IV 
asr), “adolat omborlari” g`oyasini ilgari surib, bu g`oya asosida mo`l hosil olingan 
yillari soliqlar oshirish va ishlab chiqarilgan mahsulotni davlat omborlarida 


12 
saqlash, hosil kam bo`lgan yillari esa yig`ilgan mahsulotlar zahiralarini arzon 
narxlarda xalqga sotish yoki kambag`al, och, naxor odamlarga tarqatish lozimligini 
aytib o`tgan. «Guan` Tszi» nomli risola mualliflari ham, bug`doy bilan “adolatli” 
(davlat tomonidan) savdo qilishni taklif etib, bu holat mavsumiy narxlarni 
tenglashtirishi muhimligini aytishgan. Xususan, kuzda bug`doyni nisbatan qimmat 
bo`lmagan narxlarda sotib olib, bahorda unchalik qimmat bo`lmagan narxlarda 
sotish lozimligi ta`kidlangan. Ular soliq yordamida tenglashtirish o`rniga, pul 
yordamida nazorat qilish lozim deb tavsiya qilishgan. “Guan` Tszi” risolasida 
jamiyat rivoji haqidagi aniq tavsiflardan tashqari, bozor nazoratida iqtisodiy 
tenglik tamoyili talab va taklifning mutanosibligida degan g`oya ilgari surilgan. 
Ular “bozor bu xo`jalikning tartibli yoki tartibsiz holatini belgilab beruvchi 
sohadir” – deb hisoblashgan. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling