Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy nazariy qonuniyatlar Boylik
Predmet va uslub. Qadimiy Sharq iqtisodiy ta`limotlari haqida ma`lumotlar
o`sha davrdagi davlatchilik haqidagi yuridik hujjatlar va davlat boshqaruvchi haqidagi asarlarda keltirilgan, Chunki iqtisodiy hayot ham mazkur sohalarning bir qismini tashkil etgan. Shu sababli iqtisodiy ta`limotlar predmeti bo`lib mo„ayyan davlat miqiyosidagi xo`jalik munosabatlari hisoblangan. Xo`jalik faoliyati haqidagi iqtisodiy fikrlar, g`oyalar o`sha davr mutafakkirlari tomonidan turli asarlarda yoritilgan. Mazkur asarlarda asosan davlatni qanday qilib yaxshiroq boshqarish haqidagi me`yoriy tavsiyalar keltirilgan. Ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar me`yorlari ko`p jihatdan mavjud bo`lgan diniy qarashlar va an`analarga bog`liq bo`lgan. Asosiy nazariy qonuniyatlar Boylik. Iqtisodiyot fani rivojlanishining barcha bosqichlaridagi asosiy muammosi boylikdir (yoki uning turli interpretatsiyalari – daromad, foyda, foydalilik). Iqtisodiyot fanida “iqtisodchi garchi o`zi kambag`al bo`lishiga qaramay, boy bo`lish borasida maslahatlar beruvchi mutaxassisdir” degan aksioma mavjud. Iqtisodiyot nazariyasida boylik muammosi turli jabhalarda - shaxs, jamoa, (firma) va jamiyat darajalarida ko`rib chiqiladi. 10 Qadimgi Sharq iqtisodiy ta`limotlari ham, asosan davlat boyligini qanday qilib ko`paytirishni nazarda tutgan. Misol uchun, Qadimgi hindlarning «Artxashastra» asarida (miloddan avvalgi IV asr), boylik dehqonlar tomonidan undiriladigan soliqlardan shakllanishi ta`kidlangan. Shu sababli, xalq boyligi, davlat boyligini kafolatlagan. Qadimgi Xitoyning «Guan`-tszi» nomli ensiklopedik asarida esa (miloddan avvalgi IV asr), asosan davlatni boy, xalqni farovon qilish muammolari ko`rib chiqilgan. Asarda mazkur vazifa davlat hukmdori va mansabdorlariga yuklatilganligi e`tirof etilgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling