Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Antik dunyo iqtisodiy ta‟limotlari


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169
 
2.2. Antik dunyo iqtisodiy ta‟limotlari 
 
Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim antik jamiyati, xususiy mulk 
xukmronligiga asoslangan barqaror natural xo`jalik faoliyatiga ega jamiyat edi. Bu 
jamiyatda qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Siyosiy tizim sifatida 
demokratiya qo`llanilib, hattoki Rim imperiyasida jiddiy demokratik institutlar 
amal qilgan. Qadimgi Yunon falsafasi Evropa fani asosini tashkil etib, antik 
jamiyat, madaniyati va fan sohalarida ulkan yutuqlarga erishgan, hamda u ham 
tabiiy, ham gumanitar fanlar asosida yotgan. 
Predmet va uslub. Antik jamiyat iqtisodiy fikrlari o`sha davrdagi mashhur 
falsafiy asarlarida yoritilgan bo`lishi mumkin. Jamiyatning iqtisodiy masalalari 
Qadimgi Yunon faylasuflari Platonning (miloddan avvalgi 428-348 yillar), 
qalamiga mansub “Davlat va qonunlar” asari, hamda Aristotel`ning (miloddan 
avvalgi 384-322 yillar), «Nikomax etikasi» va «Siyosat» asarlarida o`z ifodasini 
topgan. 
Bundan tashqari, jamiyatning alohida iqtisodiy-nazariy muammolari, amaliy 
xo`jalik to`g`risidagi asarlarida ham uchrab turib, ulardan biri Ksenofont 
(miloddan avvalgi 430-355 yillar) qalamiga mansub «Ekonomika» asaridir. 
Shuningdek 
Qadimgi 
Rim 
agrariylari 
masalalari 
Katon, 
Varron 
va 
Kolumelalarning xo`jaliklar va ular faoliyati haqidagi asarlarida ham ko`rish 
mumkin. 
Antik dunyo iqtisodiy fikrlarida tadqiqot predmeti sifatida xususiy xo`jalik, 
faoliyati ya`ni «Mikroekonomika» olingan. Uning tadqiqoti me`yoriy 
yondoShuvga asoslangan tabiiy tartib g`oyasi ma`naviy – etik baholash, hamda 
pozitiv fikrlari muxim axamiyatga ega bo`lgan. Bundan tashqari tahlil va 
tizimlashtirish elementlari ham mavjud bo`lgan. 


13 
Asosiy nazariy jihatlar 
Boylik. Qadimgi Sharq iqtisodiy fikridan farqli o`laroq, antik jamiyatda 
iqtisodiy fikrlar davlat boyligi haqida emas, balki inson boyligi haqida yuritilgan. 
Bunda asosiy diqqat e`tiborda iste`mol predmetlari bo`lgan. Masalan Aristotel` 
asarlarida, hayot uchun zarur bo`lgan iste`mol buyumlari davlat uchun ham, oila 
uchun ham umumiy tushuncha sifatida qabul qilingan. Bundan xulosa qilish 
mumkinki Qadimgi Yunon faylasuflari insonning ehtiyojlari qondirilganda boy 
xisoblanishadi, inson ehtiyojlari qanchalik tez qondirilsa ular boylikka Shu 
darajada tezroq erishadi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling