Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Erta va kechki merkantilizm farqi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
3.5. Erta va kechki merkantilizm farqi Iqtisodiy ta`limotlar tarixi fani tomonidan merkantilizm rivojlanishi ikki bosqichini ajratish urf bo`lgan. Birinchi bosqich, erta merkantilizm, yoki 32 monetarizm deb atalib, u XIV-XVI asrlar chorrahasida yuzaga kelib rivojlangan. Ikkinchi bosqich etuk yoki kechki merkantilizm deb atalib, uning paydo bo`lib rivojlanishi XVI asr oxiri XVII asr iqtisodchilari asarlari bilan bog`lanadi. Erta merkantilistlar, pul aylanmasini nazorat etish siyosati va mamlakatda qimmatbaho metallar (oltin va kumush) yig`ish masalasiga asosiy e`tiborlarini qaratishgan. Mablag` yig`ilishi millatning boyishi sifatida qabul qilingan, zero mablag` moddiy boylikning hajmli, va Shu bilan birgalikda kuchli ekvivalenti sifatida qabul qilingan. Shu sababli, asosiy maqsad sifatida erta merkantilistlar, faol mablag` balansini ta`minlash deb hisoblashgan. Mazkur maqsadga erishish uchun, ular mamlakatdan pulni olib chiqishni o`lim jazosi darajasigacha ta`qiqlashni taklif etishgan (Ispaniya, XVI asr). Bundan tashqari, barcha chet el savdogarlari, importdan olingan mablag`larning barchasini mamlakat ichida sarflashlari ustidan qattiq nazorat yuritishib, bu holat sarflar haqidagi qonun qabul qilinishi darajasiga ko`tarilgan. Ichki savdogarlar mamlakatga olib chiqilgan mablag`lardan-da ko`proq mablag` olib kelishlari ustidan ham qattiq nazorat o`rnatilgan. Kechki davr merkantilistlari tomonidan esa mazkur nuqtai - nazar o`zgartirildi. Yangi erlardan mablag` oqimidan keyin, XVI asrda mablag`lar yig`ilishi dolzarbligini yo`qotdi, boz ustiga pul miqdori oshgani sayin ichki bozordagi eksport- import operatsiyalaridan daromadlilik darajasini tushirayotgan narxlar oshishiga salbiy ta`siri aniqlandi. T.Mann yozishicha, qirollikda pul miqdori oshishi, mamlakat ichidagi tovarlarni qimmat qiladi. Bu esa savdo hajmiga nisbatan davlat imkoniyatlarini tushiradi». Bundan tashqari, mablag` olib chiqilishiga savdo daromadlarining oshishi va savdo operatsiyalari kengayishi ham halaqit berar edi. Kechki merkantilistlar pulga katta e`tibor berishgan, ammo bu borada mablag`ga nisbatan faqatgina daromad vositasi sifatidagi qarashlar saqlanib qolindi. Shunday qilib, savdo operatsiyalaridagi muhim o`rin kapital, ya`ni aylanmadagi mablag`lar ekanligi isbotlandi. D. Nors yozishicha: «Hech bir inson, pulga aylantirilgan boyligi harakatsiz, bir joyda oltin yoki kumush ko`rinishida yotadigan bo`lsa boyimaydi, aksincha u qashshoqlashadi. Boy deb faqatgina pul mablag`lari aylanmada yotgan shaxsni tushunishimiz mumkin, misol uchun mavjud erini ijaraga bergan, pulini foiz ostida qarzga bergan, yoki savdo aylanmasiga tovar olib kelgan shaxsni tushunishimiz lozim». Mablag` olib chiqish miqdori cheklanishi, pul mablag`larini o`lik mablag`lar sirasiga kiritilishiga olib keldi. Kechki merkantilistlar nuqtai - nazaridan, kapital to`planishining asosiy vositasi, tashqi savdodan tushayotgan sal`doda ko`rish mumkin. Shu sababli, faol 33 savdo balansi yaratilishi asosiy muammoga aylanib, bu holat eksportning import ustidan oshishida deb tushunilgan. Erta merkantilizmning kechki merkantilizmdan yana bir farqi, narx siyosati o`zgarishi bo`lgan. Agarda, erta bosqichlarda eksport tovarlari narxini oshirish tavsiya etilgan bo`lsa, kechki davrlarda bozorlar uchun kurash murakkablashib, asosiy masala savdo hajmlarini oshirish bo`ldi. Buning uchun, past narxlarda sotish, xattoki zarurat bo`lganda tannarxdan ham pastroq narxlarda sotish tavsiya etilgan. Kechki merkantilistlar, o`zlaridan oldingi avlod vakillarini davlatning mablag` aylonmasi masalalariga aktiv aralashmalari uchun kuchli tanqid qilishgan. Erta merkantilizm davrida keng tarqalgan foiz stavkalari va valyuta kurslarini nazorat etish bo`yicha davlat siyosati ham tanqid ostiga olingan. Mablag` oqimlari o`z - o`zidan nazorat etilishi borasidagi ilk g`oyalar paydo bo`la boshladi. Kechki merkantilistlar, esa savdo faoliyatining qator cheklovlari va savdogarlar ustidan nazorat choralariga qarshi chiqishgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling