Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   169
Predmet va uslub. Murojaat sohasidagi e`tibori uchun merkantilizmni 
tanqid qilgan holda Buagil`ber “dehqonchilik va chorvachilik Peruda joylashgan 
oltin konlari o`rnini bemalol bosa oladi” deb aytgan moliya vaziri Genrix Sulli 
iborasiga tayangan, uni ishlab chiqarish sohasiga qarama - qarshi qo`ygan.
O`z metodologiyasida Buagil`ber tabiiy tartib kontseptsiyasini qo`llab, 
buning ostida kapitalizmni tushungan. Feodal tartiblarni, u notabiiy deb 
hisoblagan, Chunki mo„ayyan davlat ehtiyojlarini qondirish uchun, xalqga 
farovonlikni qaytarish uchun hech – qanday sehr - jodu kerak emas, buning uchun 
bor - yo`g`i tabiat ustidan tazyiqni bas etish kerak xolos deb hisoblar edi u.
Bundan tashqari, aynan Buagil`ber o`zining keyingi fikrlarida Adam Smit 
asarlarida topgan «ko`rinmas qo`l» atamasi g`oyasi ham ilgari surilgan. Uning 
fikricha, tabiatdagi boylikni qo`llaydigan barcha hodisalar faqatgina shaxsiy 
manfaatlar yo`lida amalga oshirilib, bunda insonlar xalq farovonligi uchun kamdan 
- kam hollarda jon kuydirishadi deb aytgan.
Boylik. Buagil`ber fikricha boylik deb faqatgina hayot uchun zarur bo`lgan 
predmetlar, ya`ni ozuqa, kiyim tushunilgan. Boylik bundan o`zga narsalar emas.
Narx va tannarx. Bozor feodal reglamentatsiyalari bekor qilinishi, Buagil`ber 
fikricha, tovarlarning bir - xil mutanosiblikda joylashgan holatda narxlarning 
tovarlar orasidagi mutanosibligidan kelib chiqgan holda ularga nisbatan amalga 
oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlariga tengligini tushunish lozim. Shunday qilib, 
Buagil`ber, ingliz iqtisodchilaridan mustaqil ravishda, va ularning asarlari bilan 
tanishmagan holda mehnat qiymati tushunchasini rivojlantirib, iqtisodiy 
mutanosiblik tushunchasiga yaqinlashgan. 
Kapital. Merkantilistlar farqli o`laroq, Buagil`ber kapital boylik emas, 
muomila vositasi deb hisoblagan. Uning yozishicha, “kapital o`z - o`zidan boylik 
emas, va uning miqdori davlat farovonligiga daxlsiz. Ularning miqdori bor - yo`g`i 
me`yorida ushlab turish, hamda hayot vositasi sifatida qo`llashdan iborat”. 
Frantsiya mumtoz siyosiy iqtisodi namoyandalaridan yana biri, Lo raqobatchisi, 
kelib chiqishi irlandiyalik bo`lgan moliyachi Richard Kantil`ondir (1680-1734). 
1720-30-yillari davomida u «Savdo tabiati haqida tadqiqotlar» asarini yozgan. 
Mazkur asar 1755- yilda uning o`limidan so`ng nashr etilgan. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling