Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predmet va uslub
Mablag` kapitali. Kantil`on fikricha, aylanmada bo`lgan mablag` massasi
foiz hajmi shakllanishiga ta`sir etuvchi ssuda kapitali bozoriga ta`sir ko`rsatmaydi. Frantsiyada mumtoz siyosiy iqtisodni shakllanishining keyingi bosqichi fiziokratlar maktabi bo`lib, u 1750-1770- yillari davomida amal qilgan. Uning shakllanishiga asosiy ta`sir XVIII asrning o`rtalarida gullab yashnagan frantsuz falsafasi bo`ldi (Vol`ter, Russo, Didro, D`Alamber, Montesk`e, Gol`bax, Gel`vetsiy). Mazkur falsafa yo`nalishi ham tabiiy tartib g`oyasini rivojlantirgan. Iqtisodiyotga nisbatan mazkur g`oyalarni qirol shifokori Fransua Kene ham rivojlantirib bordi (1694-1774). Uning nazariyasi katta muvafaqqiyatga erishib, iqtisodchilar nomini olgan qator shogirdlar tarbiyalanishiga olib keldi, ammo keyinchalik mazkur nom, atamaga aylanib kengroq mazmunga ega bo`lib Kene maktabi, yoki ham fiziokratlar maktabi nomini olgan. Ammo Kene shogirdlari, uning ta`limini davom ettirganliklari uchun, «sekta» nomiga ham «sazovor» bo`lishdi. Kene qalamiga mansub ilk ikki asar, «Bug`doy» va «Fermerlar» asarlari 1752 yilda nashr etilib, Didro va D`Alamber tomonidan nashr etilayotgan «Ensiklopediya» to`plamiga maqola sifatida kiritildi. Keyingi asarlar qatorida, «Dehqonchilik davlati iqtisodiy siyosati iqtisodiy printsiplari» (1758), «Iqtisodiy jadval» (1758), «Tabiiy huquq» (1765) asarlarini tilga olish mumkin. 44 Predmet va uslub. Kene iqtisodiy ta`limini o`rganish birlamchi predmeti qishloq xo`jaligi edi. Kene metodologiyasi o`ziga xosligi birinchi navbatda uning iqtisodiyotni tirik organizm bilan tenglashtirgan holda, shifokorlik tajribasidan kelib chiqib tabiiy tartib kontseptsiyasini rivojlantirganidadir. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot insonlarning irodasi va ongida mustaqil ravishda tabiiy qonuniyatlar asosida rivojlanishidadir. «Fiziokratiya» atamasi ham, aynan Shundan kelib chiqgan bo`lib, tabiat hukmronligini ma`nosini bildiradi. Kene fikricha, insonlar avvalambor hukmdorlar toifasi, iqtisodning tabiiy qonuniyatlariga qarshi chiqadigan bo`lishsa, iqtisodiyot kasal bo`ladi. Shu sababli, o`zining asosiy vazifasi sifatida, Kene maktabi mazkur qonuniyatlarni aniqlab, bu ma`lumotlarni hukmdorlarga etkazishda deb bilishgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling