Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof mahsulot
Asosiy nazariy g`oyalar
Tannarx. Kene nazariyasida iqtisodiy hodisalarning tannarx va natural narxlari aralashadi. Muallif Yangi tannarx yaratilishiga e`tiborni qaratmaydi, va faqatgina tabiiy huquq haqida yozgan holda, u insonning mo„ayyan narsaga bo`lgan huquqidir. Bu narsa uning ehtiyojlarini qondirishi sifatida tushunilib, mehnat sifatida mazkur narsani sotib olishga qilingan harakatlar deb bilgan. Sof mahsulot. Kene nazariyasi markazida sof yoki Yangi mahsulot ishlab chiqarilishi yotgan. Kene g`oyasi Petti g`oyasining mantiqiy davomi bo`lib, Pettining mehnat boylikning otasi, er boylikning onasi demakki, sof mahsulot ularning farzandi faqatgina qishloq xo`jaligidan yuzaga kelishini aytib o`tgan edi xolos. Sanoatda ona er mavjud emas, demakki unda sof mahsulotning o`zi ham bo`lishi mumkin emas. Unda mahsulot, qishloq xo`jaligidan kelib chiqgan holda, bor - yo`g`i o`z formasini o`zgartiradi. Savdo esa, mahsulotning iqtisodiyotning bir sohasidan, ikkinchi sohasiga o`tkazilishi vositasidir. Boylik esa, o`z-o`zidan mavjud emas, u bor - yo`g`i almashinuv tengligidir. Pul. Merkantilizmni tanqid qiluvchi Kene fikriga ko`ra, kapital, boylik emas. U bor -yo`g`i savdoni engillashtiruvchi vosita, muomila vositasidir. Sinflar. Kene jamiyatni uch sinfga bo`lgan. Ishlab chiqaruvchi, noishlabchiqaruvchi, va er egalari sinfi. Bunday sinflashtirish, Kenening sof mahsulot faqatgina qishloq xo`jaligida yuzaga kelishi mumkinligi haqidagi tasavvuriga asoslangan xolda yaratilgan. Shu sababli, Kene fikriga ko`ra, ishlab chiqaruvchilar sinfi, har yili millat boyligini ishlab chiqaruvchilardir, er mahsulotlarini qayta ishlovchilar aloxida toifa bo`lib, er egalariga har – yili daromad keltiruvchi sinfdir. Mahsulot ishlab chiqarmaydigan sinfni oladigan bo`lsak, mazkur sinf faqatgina boshqa xizmatlar va mehnat turlari bilan Shug`ullanuvchi insonlardan iborat. Bu insonlar dehqonchilikdan tashqari istalgan faoliyat bilan Shug`ullanishlari mumkin. Ularning xarajatlari esa, ishlab chiqaruvchi sinf va mulkdorlar sinfi tomonidan qoplangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling