Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169
Asosiy nazariy g`oyalar 
Tannarx. Kene nazariyasida iqtisodiy hodisalarning tannarx va natural 
narxlari aralashadi. Muallif Yangi tannarx yaratilishiga e`tiborni qaratmaydi, va 
faqatgina tabiiy huquq haqida yozgan holda, u insonning mo„ayyan narsaga 
bo`lgan huquqidir. Bu narsa uning ehtiyojlarini qondirishi sifatida tushunilib, 
mehnat sifatida mazkur narsani sotib olishga qilingan harakatlar deb bilgan. 
Sof mahsulot. Kene nazariyasi markazida sof yoki Yangi mahsulot ishlab 
chiqarilishi yotgan. Kene g`oyasi Petti g`oyasining mantiqiy davomi bo`lib, 
Pettining mehnat boylikning otasi, er boylikning onasi demakki, sof mahsulot 
ularning farzandi faqatgina qishloq xo`jaligidan yuzaga kelishini aytib o`tgan edi 
xolos. Sanoatda ona er mavjud emas, demakki unda sof mahsulotning o`zi ham 
bo`lishi mumkin emas. Unda mahsulot, qishloq xo`jaligidan kelib chiqgan holda
bor - yo`g`i o`z formasini o`zgartiradi. Savdo esa, mahsulotning iqtisodiyotning bir 
sohasidan, ikkinchi sohasiga o`tkazilishi vositasidir. Boylik esa, o`z-o`zidan 
mavjud emas, u bor - yo`g`i almashinuv tengligidir.
Pul. Merkantilizmni tanqid qiluvchi Kene fikriga ko`ra, kapital, boylik emas. U bor 
-yo`g`i savdoni engillashtiruvchi vosita, muomila vositasidir. 
Sinflar. Kene jamiyatni uch sinfga bo`lgan. Ishlab chiqaruvchi, 
noishlabchiqaruvchi, va er egalari sinfi. Bunday sinflashtirish, Kenening sof 
mahsulot faqatgina qishloq xo`jaligida yuzaga kelishi mumkinligi haqidagi 
tasavvuriga asoslangan xolda yaratilgan. Shu sababli, Kene fikriga ko`ra, ishlab 
chiqaruvchilar sinfi, har yili millat boyligini ishlab chiqaruvchilardir, er 
mahsulotlarini qayta ishlovchilar aloxida toifa bo`lib, er egalariga har – yili 
daromad keltiruvchi sinfdir. Mahsulot ishlab chiqarmaydigan sinfni oladigan 
bo`lsak, mazkur sinf faqatgina boshqa xizmatlar va mehnat turlari bilan 
Shug`ullanuvchi insonlardan iborat. Bu insonlar dehqonchilikdan tashqari istalgan 
faoliyat bilan Shug`ullanishlari mumkin. Ularning xarajatlari esa, ishlab 
chiqaruvchi sinf va mulkdorlar sinfi tomonidan qoplangan. 


45 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling