Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Kapital. Kapital tushunchasini ilk marotaba Kene tahlil etgan bo`lsada,
ammo uning lug`aviy boyligida bunday atama mavjud emas edi. Kapital atamasi o`rniga Kene «avans» atamasini qo`llagan, Chunki kapitalning asosiy omili sifatida uning nazdida xarajatlar narxi aylanmasi turib, aynan Shu aylanma ishlab chiqaruvchiga avans tariqasida qaytib keladi. Bundan tashqari, Kene “kapital” tushunchasini asosiy, hamda aylanma kapital toifalariga bo`ladi. Aylanma kapitalni u har yilgi avans deb ataydi. Xarajatlarning mazkur qismi, bir qishloq xo`jalik yili davomida, aylanadi. Asosiy kapital esa, boshlang`ich avans deb atalib, qator yillar davomida qo`llaniladi. Aylanmaning o`zi esa har yili uning bir qismi amortizatsiya fondiga o`tkazilishi asosida amalga oshiriladi. Asosiy kapitalning barcha summasi o`sha erda yig`iladigan bo`lsa, aylanma tugallangan deb hisoblanadi. Umumiy milliy mahsulot qayta taqsimlanishi. (jamoatchilik qayta ishlanmalari realizatsiya, hamda sohalararo balans). yuqorida tilga olingan barcha atamalar o`zaro bog`liq. Qayta ishlab chiqarish uchun (ishlab chiqarishni qaytarish uchun) xo`jalik sub`ektiga tayyor mahsulotni realizatsiya etish zarur. Olingan mablag` evaziga esa, ishlab - chiqarishning Yangi elementlari va iste`mol predmetlari sotib olinishi kerak.Xo`jalik sub`ektlari orasidagi barcha oldi - sotdi aktlari umumiy tarzda, umumiy milliy mahsulotning qayta taqsimlanishini bildiradi. Ammo qayta taqsimlanishning barcha aktlarini kuzatishning imkoniyatlari mavjud emas, Shu sababli mazkur jarayonlarning modellashtirilishi uchun xo`jalik sub`ektlari sohaviy guruhlarga birlashishadi, va sohalararo oldi - sotdi aktlarini ko`rib chiqishadi. Bunday model`, sohalararo balans deb ataladi. Kene nazariyasida, sohalararo balans yaratilishining birinchi tajribasi keltirilib, bu holat “iqtisodiy jadval” deb atalgan. Iqtisodiy jadvalda xalq xo`jaliging uch sektorli modeli tasvirlanib, unda sektorlar orasida umumiy milliy mahsulotning qayta taqsimlanishi amalga oshadi (quyida ko`rsatiladi). A.Tyurgo ta`limotlari o`zining 1766 yilda yozilgan, va nashr etilgan «Boylikning yaratilishi va qayta taqsimlanishi haqidap fikrlar» asarida, u qator Yangicha nazariy g`oyalarni ilgari surgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling