Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narx va tannarx
- Sinflar va daromadlar
Predmet va uslub. Tadqiqot predmeti sifatida Kantil`on avvalambor
dehqonchilikni ajratgan. Uning metodologiyasida birinchi navbatda abstraktsiya uslubini ajratib ko`rsatish mumkin, Chunki u iqtisodiyotning turli modellarini tadqiq etgan, ya`ni tabiiy xo`jalik, to`g`ridan - to`g`ri tovar ayirboshlash, va tovar - mablag` xo`jaligi. Asosiy nazariy holatlar. 43 Narx va tannarx. Kantil`on tannarxni er va mehnat sifatida belgilab, ulardan er ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida e`tirof etilgan. Mehnat tannarxi sifatida Kantil`on bir ishchi tomonidan iste`mol qilinadigan predmetlar ishlab - chiqarilgan er miqdori bilan belgilashni taklif etgan. Sinflar va daromadlar. Kantil`on ilk marotaba jamiyatning uch sinfga, ya`ni er egalari, yollangan ishchilar va tadbirkorlarga bo`linishini taklif qilgan. YOllangan ishchilar doimiy daromad, ya`ni shartnomaga muvofiq kelishilgan ish haqiga ega, tadbirkorlar esa, o`zgaruvchan daromadga ega. Kantil`on fikricha tadbirkor, mo„ayyan narxda, keyinchalik noaniq narxda sotish uchun tovar sotib oluvchi shaxs sifatida belgilangan. Bundan tashqari, Kantil`on erga beriladigan rentani ham uch qismga bo`lgan. Birinchi renta tadbirkor - fermer tomonidan er egasiga to`lanadi, ikkinchisi tovarlar sotib olinishi davomida shahar tadbirkorlariga, uchinchi qismi esa er egasida qoladi. Kapital. Kantil`on mablag` va tovar massasi mutanosibligini ham aniq tadqiq etib, buning davomida kapitalning aylanma doirasida oshishi butun xalq xo`jaligi miqiyosida narxlarning avtomatik ravishda o`sishiga olib kelmasligi g`oyasini ilgari surgan. Birinchidan, narxlar o`sishi turli hududlarda turlicha kechadi, ikkinchidan, naqdsiz hisob - kitoblarni ham e`tiborga olish lozim, uchinchidan esa mamlakatlar orasida xalqaro savdo bilan bog`liq mablag`lar o`tishini ham hisobga olish zarur. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling