Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   169
Daromad va ssuda foizi. Pettidan farqli o`laroq, D. Messi va D. YUm 
daromad va uning xususiy bo`lagi bo`lmish er rentasini ajratishar edi. Daromad 
foizini esa, ular daromad summasidan kelib chiqgan holda hisoblashgan. Masalan, 
Messining fikricha, foiz sifatida qarzdorlar to`laydigan narx daromaddir, ya`ni foiz 
mazkur daromad darajasiga qarab belgilanadi deb hisoblangan. 
Aylanma uchun zarur bo`lgan mablag` miqdori. D.Yum mablag` massasi 
va uning tovar massasi bilan o`zaro aloqalari masalasini tadqiq etgan. O`zining 
«Tajribalar» deb nomlangan asarida (1752), u mablag` massasi oshib ketishi 


40 
natijasida, bozorda mazkur massa mablag` massasiga teng, tovarlar massasi talab 
etiladi, bu holat esa millat uchun zararli ham, foydali ham emas deb hisoblagan. 
Shunday qilib, D.Yum keyinchalik mumtoz siyosiy iqtisod uchun asosiy 
bo`lgan mablag` betarafligi nazariyasini ilgari surgan birinchi iqtisodchilardan 
hisoblanadi. Aynan D.Yum XVI asrda buyuk jug`rofiy kashfiyotlardan keyin, 
Evropaga, Amerikadan kumush va oltin oqimi oshishi natijasida narxlar o`rtacha 
3-4 barobar oshganligini misol tariqasida keltirgan. YUmning xulosasiga ko`ra, har 
bir tovar massasi, uning bozordagi miqdori oshishi sayin arzonlashadi, bu esa 
qolgan tovar massasiga nisbatan belgilanadigan narx o`sishiga olib keladi. 
Mablag` miqdori iqtisodiyotga ta`sir etishi mumkin bo`lgan yagona holat, 
narxlar Yangi darajasi belgilanishicha bo`lgan mablag` massasi o`sishi holati 
bo`lishi mumkin. Bunda D. Yum, mablag` iqtisodiyot bo`ylab notekis tarqalishidan 
kelib chiqadi deb hisoblagan. Ortiqcha mablag`larni paydo bo`lishi bilan, ular 
hisobiga bozorlarda mo„ayyan Yangi sohalari paydo bo`ladi. Umumiy narxlar 
ilgarigi darajani saqlab qolganligi bois, qo`shimcha mablag`ga ega bo`lganlar, 
boshqalarga nisbatan iqtisodiy imtiyozlarga ega bo`lib, o`z tadbirkorlik faoliyatini 
rag`batlantirishadi, mablag` evaziga ular ishlab chiqarish hajmini oshirishadi, ish 
haqini ko`paytirishadi, va buning natijasida Yangi ishchilarni mehnat faoliyatlariga 
jalb etgan holda, shaxsiy iste`mol darajalarini oshirishga muvaffaq bo`lishadi. 
Natijada insonlarning Yangi toifalari qo`shimcha daromadlarga ega bo`lib, bozorga 
Yangi kapitallar yo`naltirilishi yuzaga keladi. Natijada esa, keng doiradagi insonlar 
uchun qo`shimcha daromad olish imkoniyati yuzaga keladi. 
Mazkur jarayon, qo`shimcha mablag`lar miqdori iqtisodiyotning boshqa 
jabhalariga tekis tarqalmagunga qadar davom etib, tarqadgach esa narxlarning 
Yangicha hajmi yuzaga keladi, va jarayon boshqatdan boshlanadi. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling