Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Fransiyada klassik (mumtoz) siyosiy adabiyoti shakklanishi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
4.3. Fransiyada klassik (mumtoz) siyosiy adabiyoti shakklanishi XVII-XVIII asrlarda Frantsiya Angliyaga nisbatan iqtisodiy va siyosiy munosabat jihatdan qoloqlikka yuz tutgan edi. Iqtisodiyotda asosan munosabatlarning feodal shakllari amal qilgan. Xususan qishloq xo`jaligida, dehqonlar garchi krepostnoy bo`lmasalarda, o`z erlariga ega bo`lmay uni pomeshchiklardan ijaraga olishgan, bundan tashqari, ular hanuz feodal majburiyatlar va reglamentatsiyalarga ega bo`lib asosiy soliq to`lovchilar xisoblanishgan. Shu bilan birgalikda, iqtisodiyot siyosati merkantilistlar g`oyalariga asoslangan. Bu holat ayniqsa moliya vaziri J.B. Kal`bere davrida kuzatildi (1619-1683). Buning natijasida hattoki, qattiq va ketma-ketlikdagi protektsionizmni anglatuvchi «kal`bertizm» atamasi ham yuzaga keldi. Kal`bere eksportga yo`naltirilgan manufakturalarni yaratishga harakat qilib, ularga ko`plab 41 imtiyozlar, Shu jumladan qishloq xo`jaligi mahsulotlariga nisbatan pastroq narxlar kabi imtiyozlarni belgiladi. Ammo nima bo`lganida ham, Frantsiya tashqi savdoda muvaffaqiyatlarga erisha olmadi, Chunki jahon bozorida asosan gollandlar va inglizlar hukmronlik qilib, qishloq xo`jaligi esa bu davr mobaynida inqirozga yuz tutdi. XVIII asrning boshida Frantsiya o`ziga xos merkantilizmning oxirgi dardiga mubtalo bo`lib, bunda regent Filip Orleanskiy, Shotlandiyalik Djon Loga iqtisodiyotni tiriltirish mumkinligi haqidagi cho`pchaklariga ishonib, metall mablag` o`rniga qog`oz pullarni muomilaga kiritdi. Uning fikricha oltin va kumush pullarni tashqi savdo evaziga yig`ish shart emas, bank qog`oz pullarni muomilaga chiqarishining o`zi etarli deb hisoblar edi. 1716 yilda Lo Parijda umumiy bank ochib, birinchi uch yil davomida uning cho`pchaklari amalga osha boshlagandek bo`ldi. Lo fikricha ichki savdo insonlar bandligi va tovar almashinuvidir, ichki savdo faqatgina pulga bog`liq, ularning katta miqdordagi insonlarni ish joyi bilan ta`minlaydi. 1717 yilda u umumiy bank tomonidan moliyalashtiriluvchi missisipi kompaniyasiga ham asos solib, insonniyat tarixidagi ilk moliya piramidasi bo`lgan ommaviy ravishda aktsiyalar chiqarishni boshladi. 1719 yilda, umumiy bank davlat bankiga aylanib 1720 yilning yanvarida Lo Frantsiya moliya vaziri bo`ldi, ammo Shu yilning kuzidayoq, mazkur davr davomida chiqarilgan aktsiyalar va banknotalarning yirik massasi qadrsizlana boshladi. 1720 yilning dekabr` oyida Lo Frantsiyadan qochib ketdi. Shunisi qiziqki, qochqinlik davrida, Lo 1721 yilda ruslar xizmatiga o`tish haqidagi Pyotr I taklifini oldi, ammo bundan bosh tortdi. Buning oqibatida Lo tajribasi Rossiyada amalga oshmaydigan bo`ldi. Lo tizimi inqirozi, hukumatning iqtisodiyotdagi faol roli va mablag`larning cheksiz kuchiga ishonch ko`rinishidagi Frantsiyada merkantilizm g`oyalari inqirozini tezlashtirdi. Keyinchalik esa, iqtisodiyotda tabiiy tartib g`oyasi rivojlana boshladi va tadbirkorlikning faoliyatining hukumatdan erkinligi haqidagi shior yuzaga keldi. Mazkur shior keyinchalik atamaga aylanib, bu holatning asosida, erkin raqobatchilik iqtisodiyoti ilgari surgan V. Gurne turadi. Frantsiya mumtoz siyosiy iqtisodning birinchi namoyandasi P`er Buagil`ber (1646-1714), o`z asarlarida D.Lo avantyurasidan oldinroq o`zini qishloq xo`jaligi “advokati” deb e`lon qilgan edi. O`zining Frantsiya holatining aniq tavsifi, uning “boylik darajasi tushishi sabablari, va tiklanishining sodda usullari” deb nomlangan ilk asarida (1696) u merkantilizm, hukumatning iqtisodiy siyosatini tanqid ostiga olib, e`tiborni asosan qishloq xo`jaligiga qaratish lozimligini aytib o`tgan. XVIII asrning boshilaridagi «Frantsiyaga tuhmat», «Bug`doyni o`stirish tabiati haqida traktat», «Boylik, mablag` va soliqlar tabiati haqida fikrlar», «Mablag` kamligi haqidagi tadqiqot» 42 nomli asarlari asosida u moliya vazirligiga xat bilan chiqib, o`z takliflarini kiritgan, ammo bu g`oyalar qog`ozda qolib ketavergan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling