Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Narx va tannarx. Smit fikricha, barcha tovarlar umumiy xususiyatga ega,
ya`ni ular mehnat mahsulidir. Demakki, tovar ishlab chiqarilishiga sarflangan mehnat, tannarxlar yuzaga kelishi hamda narxlarning o`zaro qarama - qarshiligi uchun asos yaratadi. Tannarx miqdorini belgilovchi mehnat sifati va miqdorini tadqiq etar ekan, u oddiy va murakkab (mutaxassis) mehnatini ajratib, ko`rsatgan bunda murakkab mehnat ayniqsa qimmatroqdir. Bundan tashqari, Smit fikricha, tannarx hajmi mo„ayyan ishlab chiqaruvchi mehnatining aniq xarajatlari bilan emas, mazkur tovar yaratilishi uchun zarur bo`lgan sohalar bo`yicha o`rtacha xarajatlar bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda, А.Smit tannarx bevosita mehnat orqali belgilanishi mumkin emas (masalan ishchi ish vaqti bilan), Chunki mehnat turlari xilma - xildir deb aytadi. Shu sababli u, bir tovar narxini, boshqa tovarlar bilan belgilashni taklif etadi. «Tovarlar tez-tez almashib turadi, Shu sababli tovarlar mehnat bilan emas, balki boshqa tovarlar bilan taqqoslanadi». Uning almashinish tannarxini, boshqa biror – bir tovar miqdori bilan belgilash lozim. Shu bilan birgalikda ko`pchilik insonlar, mo„ayyan tovarning, mo„ayyan miqdori, mo„ayyan mehnat miqdoriga tengligini tushunishmaydi. Birinchi jihat, qo`lda ushlab bo`ladigan predmet bo`lsa, ikkinchisi abstrakt tushunchadir. Agarda mazkur tovarlardan umumiy ekvivalent (pul) ajratilib chiqarilgan bo`lsa, pullardagi narx o`lchovi yuzaga keladi. Smit fikricha, narx tannarxdan farqlanishi mumkin: ya`ni qisqa muddat davomida, talab va taklif o`zgarishi va uzoq muddatga, monopoliya xukmronlik oqibatida farqlanishi mumkin. 52 Oddiy tovar ishlab chiqarish misolida, narxni taxlil qilgach, Smit kapitalistik iqtisodiyotga o`tib, bu sharoitda ishchi tovar yaratadi, kapitalist esa mazkur tovar egasi va sotuvchisiga aylanadi deb aytadi. Kapitalist uchun tovar narxi asosida, ishchilarning ish haqqi, ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va er ijarasi xarajatlari yotadi. Ammo kapitalist uchun xarajat qilingan mablag`, ishchilar uchun daromadga aylanadi. Mablag`lar, oxir-oqibatda ishchilar, kapitalist va er egasi uchun daromadga aylanadi. Smitning ish haqi, daromad va renta narxning boshlang`ich uchta manbalari ekanligi haqidagi fikri yotadi. Shunday qilib, Smit tomonidan, narx borasida ikki nazariya ilgari surilgan: Sodda tovar ishlab chiqarilishi uchun ish haqqi bilan bog`liq ish haqi belgilanashi va kapitalistik iqtisodiyot uchun narx kapitalist xarajatlaridan kelib chiqishi. Smitdan keyingi barcha mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalari ikki guruhga bo`linishdi, ya`ni qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari, va qiymatning xarajatlar bilan belgilanish nazariyasi namoyandalari. Har ikkala guruh o`z nazariyasini kapitalistik iqtisodiyotga nisbatan tadbiq etib, bu holat Smit faoliyatida ham kuzatilgan edi. Narxning daromadlarga bo`linishi. Smit jamiyat a`zolarining uchta sinfga ajratgan: ishchilar, kapitalistlar va daromad oluvchi er egalari yotadi. Buning asosida, ish haqqi, daromad va er rentasi (ijara haqqi yotgan). Daromadlar nazariyasi, narx nazariyasidan kelib chiqgan. Agarda narx, kapitalistik iqtisodiyot sharoitlarida, sarf etilayotgan mehnat bilan belgilanadigan bo`lsa, taqsimlanadigan barcha daromadlar ham mehnat orqali yaratiladi. “Ammo bunday holatda, - deb yozadi Smit, - ishchi doimo ham o`z mehnati mahsulotiga ega bo`lavermaydi”. Ko`pchilik holatlarda, u o`z daromadini uni yollagan kapital egasiga berishi lozim. Kapitalist tomonidan daromad olinishini Smit kapitalist tomonidan ishlab - chiqarishni tashkil etish bilan oqlagan bo`lsa, er egasi tomonidan olinadigan yana bir daromadni Smit to`laligicha inkor etadi. “Butun er maydoni xususiy mulkka aylangan paytlardan boshlab, - deb yozadi u, - er egalari doimo o`zlari ekmagan hosildan ulush olishga harakat qilishadi”. Agarda, narx kapitalist xarajatlari miqdori bilan belgilanadigan bo`lsa, har - bir daromad mo„ayyan resurs ya`ni mehnat, kapital (ishlab chiqarish vositalari), va er uchun, to`lovga aylanadi. Smit fikricha ish haqqining eng quyi chegarasi, ishchi va uning oilasi yashashi mumkin bo`lgan mablag`larning minimal darajasi bilan belgilanib, bu daraja mamlakat moddiy va madaniy rivojlanish darajasiga bog`liq. Shu bilan birgalikda, ish haqqi, ishchi kuchiga mehnat bozoridagi talab va taklifdan ham kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari u, nominal ish haqqini ham 53 belgilab, bu ish haqqi, naqd mablag`larda xisoblanishi, real ish haqqi esa, iste`mol predmetlariga nisbatan narx o`zgarishi bilan belgilanishini ham aytib o`tgan. Uning fikricha daromad kapitalning muyayan ishga jalb etilishi bilan belgilanadi, kapital miqdoridan kelib chiqgan holda u yirik yoki kichik bo`lishi mumkin. Er rentasi xaqidagi fikrida er narxiga erning hosildorligi va uning joylashishi kabilar renta xajmiga ta`sir etuvchi omillar ekanligi aytilgan. Kapital. Kapital deb, Smit daromad keltirishi mumkin bo`lgan moddiy boyliklarni aytgan. Uning fikricha, kapital tejamkorlik natijasida yig`ilib, xarajatkorlik natijasida kamayishi mumkin. Smit kapital aylanmasining o`ziga xos talqinini beradi. Uning fikricha, asosiy kapital, daromadni bir kishidan boshqa kishining qo`liga o`tishisiz ham o`sishi mumkin. Bular sirasiga Smit bino va inshootlar qurilishi, er uchastkalarining yaxshilanishi, ishchilarning professional malakasini va texnikaning rivojlanishini kabilarni kiritadi. Aylanma kapital o`z egasidan bir formada ketib qolib, boshqa formada qaytib kelishiga aytiladi. Bular sirasiga, mablag`, xom - ashyo, va tayyor mahsulot kabilar kiritilgan. Shunday qilib, Smit aylanma vositada, biror - bir narsaning bir kishidan, boshqa kishining qo`liga o`tishini aytgan bo`lsa, aylanma kapital faqatgina iqtisodiyot doirasida aylangan. Asosiy kapital, faqatgina aylanma kapital yordamida mo„ayyan daromad keltirishi mumkin deb aytgan edi Smit. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling