Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehnat taqsimoti. Mehnat taqsimoti А.Smit to`g`nag`ich ishlab -
chiqaruvchi manufaktura misolida keltirgan. Hamda butun sanoat ishlab chiqarish darajasida amalga oshishini isbotlab bergan. Aynan Shuning natijasida, Smitning fikricha, xalq xo`jaligi miqiyosida ham mehnat taqsimotini amalga oshirish mumkin. «Junli kurtka, u qanchalik sodda bo`lmasin, ko`plab ishchilar mehnati mahsulidir. Cho`pon, saralovchi, jun qirquvchi, bo`yovchi, to`quvchi, mato ishlab chiqaruvchi, apritorshik, va boshqalar o`z sohalari bo`yicha mehnat qilmaguncha yagona natija kelib chiqmaydi deb ta`riflaydi. Shu bilan birgalikda, makro va mikroiqtisodiy darajada mehnatning ham amal qilinishi turlicha. Agarda manufaktura sharoitida ishchilar mehnati xususiyatlarini boshqaruvchi tomonidan benlgilab berilsa, xalq xo`jaligida esa, Smit fikricha bunday bo`linishni “ko`rinmas qo`l” amalga oshiradi». Mehnat taqsimoti, mo„ayyan shaxsning ko`pchilik tomonidan yaratilishi lozim bo`lgan umumiy boylikni ko`ra bilish va tushunish natijasi emas, bu inson tabiatining mo„ayyan yondashuvi, ya`ni savdo qilish va almashish ixlosiga bog`liq. O`z vaqtida, Platon jamiyatda mehnat taqsimotini 51 bo`linishi, har - bir shaxs mo„ayyan imkoniyatga ega bo`lishi natijasidir, deb hisoblagan. Iqtisodiy inson kontseptsiyasiga muvofiq, Smit mazkur imkoniyat ayniqsa yirik daromad olib kelib, bozor xo`jaligida ishlab chiqaruvchilarni mutaxassislashishiga olib keladi deb aytadi. O`z istemolidan ortiqcha mehnat mahsuli almashishga olib keladi. Insonlar mehnati mahsulotiga almashishga ishonchi har - bir insonni mo„ayyan mutaxassislik bilan Shug`ullanishga undaydi. Mablag`. Smit fikricha, mablag` umumiy ekvivalent roliga murojaat etish jarayonida o`z-o`zidan ajralib chiquvchi tovardir. «Inson, tabiiyki o`z ishlarini Shunday tartiblashishi kerakki, alohida mahsulotlar bilan bir qatorda o`z tovar turiga ega bo`lib, bu tovarni almashishdan hech kim bosh tortmasligi kerak», «barcha mamlakatlarda insonlar, mazkur tovar sifatida metallardan foydalanishadi». Shunday qilib, mablag` insonlar tomonidan yaratilgan mo„ayyan sun`iy vosita sifatida talqin etilmagan. Mablag`ning pul funktsiyalari orasida, Smit almashinish funktsiyasini ajratib, bank mo„ayyan ta`minoti orstida metall mablag`larni pul mablag`larga almashtirish lozim deb hisoblagan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling