Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Angliyada klassik (mumtoz) siyosiy iqtisodiyot shakllanishi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predmet va uslub
4.2. Angliyada klassik (mumtoz) siyosiy iqtisodiyot shakllanishi XVII asrning o`rtalari va Angliya tarixida muhim davrga aylandi. Angliya Gollandiya bilan Evropada savdo sohasida yetakchilik uchun kurashga kirishdi. Mazkur kurashning asosiy usullaridan biri, shaxsiy manufakturani rivojlantirilishi bo`ldi. XVIII asrning boshida mazkur kurash Angliya uchun muvaffaqiyatli yakunlanib, u uzoq muddat davomida jahonda iqtisodiy jixatdan yetakchi davlatga aylandi. Shu bilan birgalikda Angliyada iqtisodiy rivojlanish bilan bir qatorda, fan rivojlanishi ham yuz berdi. XVIII asrning o`rtalarida Angliyada qirollik jamiyatida, birinchi fanlar akademiyasiga asos solindi. Mazkur printsiplarning barchasi, aynan Angliya mumtoz siyosiy iqtisod vatani ekanligini isbotlaydi. Angliyada mumtoz siyosiy iqtisod asoschisi sifatida esa, asl kasbi shifokor bo`lgan Uil`yam Petti hisoblanadi (1623-1687). Uning «Soliq va bojlar haqidagi traktat» (1662), «Mutafakkirlarga so`z» (1664), «Irlandiya siyosiy anatomiyasi» (1672), «Siyosiy arifmetika» (1676), «Mablag` haqida turli fikrlar» (1682) kabi 38 asarlarida, merkantilizm elementlari bilan bir qatorda iqtisodiy munosabatlarning Yangi g`oyalari ham shakllana bordi. Predmet va uslub. Merkantilistlardan farqli o`laroq U.Petti o`z tadqiqot predmeti sifati ishlab chiqarish jarayonini tanladi. Asarlarining mazkur jihati iqtisodiyot tabiiy qonuniyatlariga nisbatan metodologik xususiyatlar apellyatsiyasi bo`ldi. Asosiy nazariy yondashuvlar Boylik. Pettining fikricha, boylik moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratiladi, savdogarlar hech qanday mahsulot ishlab chiqarishmaydi, ular faqatgina siyosiy tana uchun (davlat uchun) ozuqaviy moddalari va qonini tarqatuvchi tomirlar rolini o`ynashadi. Bunday mahsulot bo`lib, faqat qishloq xo`jaligi va sanoatda ishlab chiqarilgan tovarlar hisoblanadi. Kapital. Petti kapitalni mamlakat boyligi deb hisoblamagan, uning fikricha, ularni to`plash emas, xarakatga keltirish lozim, Chunki mamlakatdan pul chiqarilishini ta`qiqlovchi qonunchilik, tabiat qonuniyatlariga zid bo`lib, uning amalga oshirilishi mumkin emas. Aynan Petti tomonidan mamlakat uchun zarur bo`lgan pul massasi tushunchasi kiritilib, kapitalning asosiy vazifasi sifatida aylanish deb ta`kidlagan. Narx va tannarx. Aynan Petti ilk marotaba bozor narxi va tannarxni ajratib, ularni “siyosiy narx” va “tabiiy narx” deb atay boshladi. Uning fikricha tovar narxi uning tannarxidan kelib chiqib, belgilanadi, tannarx esa faqatgina ishlab chiqarish xarajatlari asosida belgilanishi mumkin. Masalan, bir qop bug`doy, bir untsiya kumushga teng ekanligini hisobga olgan holda, u kumushni bug`doy uchun tabiiy narx deb ataydi, Chunki , bir untsiya kumush ishlab chiqarish uchun, bir qop bug`doy ishlab chiqarilishi uchun sarflangan hajmdagi mehnat sarflanadi, agarda kumush ishlab chiqarilishi ikki barobarga oshadigan bo`lsa, uning narxi ikki barobarga tushadi, ammo bug`doyning kumushda belgilanadigan narxi, Shu darajada ikki barobar qimmatlashadi. U.Petti ishlab chiqarishning ikki asosiy omilini ya`ni mehnat va er omilini ajratadi. Uning fikricha, kema tannarxi va ustki kiyim, syurtuk tannarxi mo„ayyan miqdordagi er, mazkur erda sarflanishi lozim bo`lgan mehnat hajmiga teng bo`lishi lozim, Chunki kema ham, ustki kiyim ham insonning erga sarflangan mehnatidan olingan mahsulotdir. Bu fikri bilan U.Petti “mehnat boylik otasi, er esa boylikning onasi” deb hisoblagan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling