Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Daromadlar. A) U.Petti tomonidan ish haqi, mehnat haqqi sifatida
belgilanib, buning asosida ishchi yashashi uchun zarur bo`lgan mablag`larning minimal tannarxi yotadi. B) Daromad sifatida U.Petti doimiy ravishda qishloq xo`jaligidan olingan rentasini tushungan. U.Petti rentani tovar tannarxi va tovarga sarflangan xarajatlar orasidagi farq deb ta`kidlashgan. V) Ssuda foizini U.Petti er 39 rentasi hajmidan keltirib chiqarib, bu holat o`sha davrdagi daromadning odatiy ko`rinishi bo`lgan. Uning fikricha, foiz mo„ayyan miqdordagi erdan olingan renta hajmiga teng bo`lishi lozim, Chunki aynan mana Shu narx evaziga ssuda uchun berilgan mablag` olinishi mumkin. Yer narxi. U.Pettining fikricha, yer mo„ayyan narxga ega emas, Chunki u mehnat mahsuli emas. Shu sababdan, yer narxi asosiga u rentani joylashtirib, renta sotib olingan yer maydonidan olinishi mumkin. Keyingi asarlarida U.Petti, nazariy emas, kundalik hayot talqinlarini misol sifatida qo`llagan, uning fikricha yer odatda sotib olinadi, va erdan doimiy ravishda daromad olish uchun, uch avlod o`z hayoti davomida mehnat qilishi lozim, ya`ni har - bir oldingi avlod, o`zidan keyingi avlod ravnaqi uchun mehnat qiladi. «Angliyada, - mazkur davr 21 yilga teng, Shu sababli er narxi, ham aynan 21 yilga teng renta mablag`i miqdoriga teng bo`lishi lozim» deb yozgan edi U.Petti. Pettidan keyin ko`pgina ingliz iqtisodchilari aynan Shu yo`nalishda tadqiqotlarini davom ettirib alohida Yangi g`oyalarni ilgari surishdi. Bunda, Dj. Lokk (1623 - 1704), N. Barbon (1640-1698), D.Defo (1660-1731), B.Mondevil` (1670-1733), B. Franklin (1706-1790), D. YUm (1711-1776), Dj.Styuart (1712- 1780), D.Messi va boshqalarni tilga olish mumkin. Ularning ba`zi g`oyalarini keltiramiz. Tannarx. Mazkur masala bo`yicha N. Barbon o`zining “Savdo haqidagi ocherk” asrida (1690): barcha tovarlar narxi, ularning foydalilik darajasidan kelib chiqadi, - deb ta`kidlaydi. Ammo boshqa tomondan, savdogar tomonidan belgilangan narx, tannarx savdo xarajatlari va foizdan iborat, hunarmand tomonidan belgilangan narx esa sarflangan ashyo va mehnat uchun sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Demakki eng maqbul narx faqatgina bozor toomnidan belgilanib, tovarlarning asl narxi, ularning sotilish narxiga tengdir. Ish haqi. O`zining «Siyosiy iqtisodiyot haqida tadqiqotlar» deb nomlangan asrida Dj. Styuart (1767), ish haqi asosida yashash uchun zarur bo`lgan xarajatlar minimumini etadi. Mazkur miqdor, siyosiy va jismoniy jihatdan zarur summani tashkil etilishi, jamiyat rivojlanish darajasiga qarab belginalishini, mablag` miqdori,esa jamiyat rivojlanishi sayin oshib borishini ta`kidlagan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling