Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   169
 
3.6. Rossiyada merkantilizm 
 
Sharqiy Evropa, ayniqsa Rossiya o`z rivojlanishida g`arbdan nisbatan orqada 
qolgan edi. Shu sababli boshlang`ich boylik orttirish davrida ilk merkantilistik 
nazariyalar va amaliyoti Rossiyada XVII asrning o`rtalari, shoh Aleksey 
Mixaylovich davriga to`g`ri kelgan. Birinchi yirik Rossiya merkantilistlari sifatida 
Afanasiy Ordin – Nashchokinni tilga olish mumkin (1605-1680). Nihoyatda 
bilimdon shaxs sifatida u G`arb bilan keng aloqalarga ega bo`lib, protektsionizm 
siyosati borasidagi ilk tajribalarini chegara yonida joylashgan Pskov shahri 
voevodasi sifatida amalga oshirgan. Keyinchalik elchilik xizmati boshlig`i sifatida 
Ordin - Nashchokin protektsionizm siyosatini davlat darajasida amalga oshirgan. 
Xususan, 1667 yilda tasdiqlangan «Novotorgoviy ustavi» erta merkantilizm nuqtai 
- nazaridan yozilgan ilk hujjat hisoblanadi. Unda, chet el savdogarlari huquqlari 
nihoyatda cheklanib, ularga Rossiyaning faqatgina chegara hududlarida joylashgan 
shaharlarida savdo qilinishi ruxsat berilgan. Savdoning chakana tarzda amalga 
oshirilishi ham ta`qiqlangan. Tovarlarga nisbatan bojxona soliqlari oshirilib, ular 
faqatgina oltin va kumush ko`rinishida nihoyatda past darajadagi kurs bo`yicha 
bojlar undirilgan. Ordin – Nashchokin garchi muvaffaqiyatsiz bo`lsa ham 
Rossiyada bank kreditini tadbiq etishga harakat qilgan. 
Rossiyada tashqi savdo hajmi shoh Pyotr I davrida birmuncha rivojlangan. 
Pyotr I davri merkantilistlari sifatida Fedor Saltikovni (1715 yilda vafot etgan) 
e`tirof etish mumkin. U o`zining Angliyadagi kuzatgan tajribalarini qo`llagan 
holda, Rossiya tashqi savdo siyosatini rivojlantirish loyihalarini ilgari surgan. 
Uning fikricha, savdogarlar, barcha davlatlar boyishi mustahkam asosini tashkil 


34 
etishi, ta`kidlangan. Aynan Saltikov ilk marotaba eksport manufakturalari 
qurilishini taklif etib, mazkur manufakturalar Rossiya davlatida ko`payishi va 
davlat daromadi aynan mana Shu manufakturalar tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotning tashqi bozorga chiqarilishi orqali oshirilishi mumkinligi haqidagi 
g`oyani ilgari surgan. Shu bilan birgalikda, Fedor Saltikov chet elda Rossiya 
savdogarlarini qo`llab - quvvatlash uchun elchixonalar va savdo kompaniyalarini 
tashkil etish lozimligi, hamda savdogarlar farzandlarini chet elga savdo ishlari va 
hisob-kitobni o`rganish uchun jo`natish lozimligini tilga olgan. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling