Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy nazariy holatlar
Boylik. Boylik merkanlistlar tomonidan mablag` va mamalakatda mavjud bo`lgan tovar-moddiy predmetlar sifati bilan belgilangan. Bunda millat boyligi asosini, foydali savdo yuritish va moddiy tovarlarni yaratish uchun zarur bo`lgan resurslar deb hisoblangan. Ularning sirasiga, birinchi navbatda tabiiy resurslar, jug`rofiy joylashish, aholining ishbilarmonligi va miqdori, sanoatning 28 rivojlanganlik darajasi, hamda davlatning oqilona siyosati kiritilgan. Ko`pincha boylikning ikki turga bo`linishi kuzatiladi: tabiiy va sun`iy. Ilk marotaba, bu holat ital`yan merkantilisti A. Serra tomonidan kiritilgan. Tabiiy boylik mamlakatning klimatik va jug`rofiy sharoitlaridir. Asosan bular sirasiga, qishloq –xo`jaligi mahsulotlari, hamda jug`rofiy joylashishiga ko`ra mamlakat savdo darajasi kiritilgan. Sun`iy boylik, sanoat tomonidan ishlab - chiqarilgan tovarlardir. Ularning mavjudligi, aholi miqdori, uning mehnatkashligi, bilimi va ko`nikmalariga bog`liq. Uning mavjudligi ham mamlakat uchun zarur bo`lib, uning hajmlarini mo„ayyan siyosat yuritilishidan bilib olish mumkindir. Boylikning mehnatkash aholi miqdori bilan bog`lanishi orqali, merkantilistlar asosiy e`tiborini demokrafik masalalar, aholi bandligi, hamda millatning mehnatkashligi va ko`nikmalarini belgilovchi omillarga qaratishgan. Shu bilan birgalikda, merkantilistlarning fikricha boylikni orttirish, faqatgina tashqi savdo vositasida amalga oshirish mumkin. Bunday nuqtai- nazar, yirik kapitallar yig`ilishi faqatgina tashqi savdoga bog`liq bo`lgan davr uchun xosdir. Merkantilistlar tomonidan savdoga nisbatan ijobiy baho ham, zamonaviy ochiq jamiyat g`oyalarini eslatadi, ularning fikriga ko`ra, faol savdo aloqalarini yuritayotgan mamlakat, iqtisodiy rivojlanish uchun ko`proq imkoniyatlarga ega bo`ladi (ishlab chiqarish o`sishi, iste`mol darajasi ortishi va kapital to`planishi). Daromad nazariyasi. Merkantilistlar uchun tashqi savdoning alohida ahamiyati, ular tomonidan ilgari surilgan daromad nazariyasi bilan bog`liqdir. Ularning fikricha, daromad tovar narxining uning tannarxidan ustun kelishidan yuzaga keladi. Bunda savdogar uchun, tovar narxi, nafaqat uning tannarxidan, balki tovarning xarid narxidan ham kelib chiqgan. Daromadning bu turini merkantilistlar sotishdan olingan daromad deb atashgan («Profit upon alienation»), Chunki uning kelib chiqishi, tovar asl narxining ustiga savdogar tomonidan qo`yilgan narx bilan birgalikda belgilanadi. Tovar uchun, uning birlamchi narxidan ortiqroq to`lov to`lash, savdogar xizmatlari uchun to`lov sifatida qabul qilinmasdan, xaridor uchun zarar sifatida qabul qilingan. Merkantilistlarning fikriga ko`ra, savdogar, tovar narxining ustiga narx qo`yishga haqli emas, u bor - yo`g`i mavjud bo`lgan boyliklarni o`z foydasiga xaridor zarar ko`rishi hisobiga qaratadi. Shunday qilib, har- bir savdo aloqasi, faqat bir tomon uchun, ya`ni sotuvchi uchun boylik manbaiga aylanadi. Demak, shaxsiy boylikni oshirish uchun, ko`proq xarid qilish emas, sotish zarur. Davlat miqiyosida, bu foyda import cheklovi va eksportni maksimal darajada kengaytirishni bildirib, bu borada qonunchilik darajasida ham qarorlar qabul qilingan. Frantsuz merkantilisti, Sharl` Dovenant o`zining «Hindiston savdosi haqida esse» asarida yozishicha (1679), mamlakat 29 ichida iste`mol qilinayotgan tovarlar, mamlakat ichida ishlab chiqarilayotgan bo`lsa, uning savdosi asosida hech - kim boy bo`lmaydi. Bunda mamlakat fuqarolaridan biri sotadi, ikkinchisi xarid qiladi». Jamoatchilik iste`moli va banligi masalasi. Merkantilistlarning boylik predmetlari iste`moli masalasiga munosabati o`ziga xos bo`lgan. Unda bir tomondan boylikni, mablag`ni bekorga sarflanishiga tanqid qilinsa, boshqa tomondan boylik predmetlari import tovarlar sifatida tilga olinadi. Agarda so`z ichki sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar haqida boradigan bo`lsa, ko`p holatlarda merkantilistlar bu kabi iste`mol turi iqtisodiy foydaliligini ta`kidlashgan. Bundan tashqari, merkantilistlar fikriga ko`ra, turli boylik yoki mablag` bekorchi, ammo go`zal predmetlarga sarflanishi, mablag`ning boylar qo`lidan, mazkur bekorchi boylik predmetlarini ishlab chiqaruvchi kambag`allar qo`liga o`tishi ta`kidlangan. Daromadlarning aynan Shu holatda qo`llanilishi, Yangi ish o`rinlari, aholi bandlik darajasi, umuman olganda mehnatkash aholi daromadlilik darajasi oshishiga olib keladi. O`zining «tanga haqidagi ocherkida» D. Norsning yozishicha: Umuman olganda, merkantilistlar, iste`mol darajasini millat ishbilarmonligini rivojlanishi uchun omil sifatida qabul qilishgan. Demak bu kabi omillar rivojlanishi ishlab chiqarish o`sishiga olib kelishi, XX asrning 30-yillarida Dj. M. Keyns tomonidan qayta ko`tarilgan. Bandlik bilan ta`minlash manfaatlari bilan importning cheklanishi ham tushuntirilishi mumkin. Merkantilistlarning ta`kidlashicha, import tovarlariga sarflangan mablag`lar, chet el hunarmandlari mehnatini to`lash uchun sarflanib, bunday holatda, mamlakat ishlab - chiqaruvchilari mehnati to`lovsiz qoladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling