Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Merkantilizm umumiy tavsifi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
3.2. Merkantilizm umumiy tavsifi XVI asrdan boshlab, boshqa fanlar bilan bog`liq bo`lmagan Yangi sof iqtisodiy kontseptsiya, merkantilizm (Ital`yancha «merkante» - savdogar) iqtisodiy kontseptsiyasi shakllana boshlandi. Merkantilizm davri eng mashhur mualliflari sirasida florentsiyalik savdogar Bernardo Davantsati (1529-1606), neapollik Antonio Serra, frantsuz Jan Boden (1530-1596), inglizlar Tomas Man (1571-1641) va Dadli Nors (1601-1691) lar kiradi. Predmet. Merkantilizm davri iqtisodiy traktatlari mualliflari o`z oldiga qo`ygan asosiy vazifalardan biri, millat boyishi uchun vositalarni topish edi. Tahlil predmeti ham aynan Shu masala bilan bog`liq. Birinchidan, barcha muammolar makro darajada ko`rib chiqila boshlandi. Aynan merkantilizm doirasida, iqtisodiy fanning Yangicha nomi, siyosiy 27 iqtisodiyot atamasi paydo bo`ldi. Mazkur atama frantsuz iqtisodchisi Antuan de Monkret`en tomonidan kiritildi (taxminan 1575-1621). Mazkur nomlanish, iqtisodiy masalalar tahlilini aynan mamlakat miqiyosida olib borish lozimligini tasdiqladi. Ikkinchidan, millat boyishi asosiy manbalaridan biri tashqi savdo sanalganligi sababli, aynan mana Shu soha, tahlilning asosiy predmetiga aylandi. Ko`rib chiqilgan asosiy masalalar, tashqi va ichki savdoni tashkillashtirilishi, valyuta kurslari va pul oqimini nazorat etish, kapital harakatining buzilishi oldini olish, hamda kreditni tashkillashtirish bilan bog`liq bo`ldi. Ishlab chiqarish sohasida ham, merkantilistlarning alohida e`tibori kuzatildi, ammo bu soha, faqatgina tashqi savdo samaradorligining effektivligini rivojlantirish asosi sifatidagina tadqiq etildi. Asosiy muammo, iqtisodiyotning eksport ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda, o`zgartirish bo`lib qoldi, bundan tashqari, sohaviy tuzilmalar o`zgarishi ham tahlil etilib, buning oqibatida manufakturalar, ya`ni hunarmandchilik tashkiliy jihatdan Yangicha shakllarni yaratish dolzarblikka ega bo`ldi. Savdo manfaatlaridan tashqari merkantilistlarni qiziqtirgan masala, aholini ish bilan band etish masalasi bo`ldi. Usul.Umuman olganda merkantilistlar iqtisodiy hodisalar tahliliga makroiqtisodiy yondashuvi bilan ajralib turardi. Aynan ular tomonidan “milliy boylik” tushunchasi kiritildi. Mazkur atama o`z o`rnida umumiy ezgulik teologik atamasi o`rnida qo`llanila boshlandi (summum bonum) va Shu orqali, iqtisodiy nazariyani teologik an`analardan ozod etib, o`rta asrlar fikriga xos bo`lgan umumiy individ emas, jamoatchilik ezguligiga asosiy e`tibor qaratdi. Boylik tushunchasi individualizatsiyasi, keyinchalik yuz bergan bo`lsada, bu holat bevosita mumtoz iqtisodiy nazariya shakllanishi davriga to`g`ri keladi. Mazkur usulning yana bir o`ziga xos tomoni, tadqiqotlarning empirik yo`naltirilganligidir. Bir tomondan u abstrakt tushunchalardan voz kechish natijasida yuzaga keldi, masalan adolatli narxdan voz kechish oqibatida, boshqa tomondan sof amaliy masalalar ko`tarilib, bu masalalar dolzarb iqtisodiy siyosat bilan bog`liqligi isbotlandi. Bu borada, xulosalar, tavsifi ham o`zgardi. Ular, diniy qarashlarga xos bo`lgan me`yoriy tavsiflarni yo`qotib pragmatik yo`nalishga ega bo`lishdi, hamda millat boyishi masalalarini echishga asosiy e`tiborni qaratishdi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling