Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Ikkinchi bosqich. XVIII asrning oxiridan XIX asr o`rtalarigacha davom
etgan. Mumtoz siyosiy iqtisod to`la hukmronligini tasvirlagan. Bu davrning boshlanish nuqtasi sifatida ingliz iqtisodchisi A. Smitning «Xalqlar boyligi tabiati va sabablari haqidagi tadqiqot» asarini tilga olish mumkin (1776). XIX asrning boshidan boshlab iqtisodiyot fani mumtoz siyosiy iqtisod sifatida alohida mustaqil fan sifatida tan olindi va alohida kurs sifatida universitetlarda o`qitila boshlandi. Shu bilan birgalikda ikkinchi davr davomida mumtoz siyosiy iqtisod ijodiy rivojlanishi davom etib, Yangidan - Yangi nazariyalar ilgari surildi. Ular alohida oqim sifatida mumtoz siyosiy iqtisodiyoti doirasida rivojlana bordi. Ularning bir- biridan asosiy farqi, ham mumtoz tushunchalar, ham siyosiy o`ziga xosliklar nuqtai - nazaridan doimo o`zaro munozaralarga sabab bo`lar edi. Ikkinchi davr yirik nazariyachilari sifatida Dj.S.Mill` tilga olinishi mumkin bo`lib, uning yakuniy asari «Siyosiy iqtisodiyot asoslari» 1848 yilda nashr etildi. Mazkur davrning yana bir namoyandasi K. Marks bo`lib, uning mashhur «Kapital» asari 1850 yil oxirida nashr etildi. Mumtoz siyosiy iqtisodiyotining uchinchi, oxirgi davri XIX asrning so`nggigacha davom etib, birinchi davr kabi ikki davr oralig`idagi ko`prik bo`ldi. Bir tomondan mumtoz siyosiy iqtisod hukmdorligini saqlab qolgan holda, u universitetlarda alohida muvofiq kurs sifatida o`qitilgan, ammo Yangi nazariy g`oyalar uning tomonidan ilgari surilmagan. XIX asr chegarasini faqatgina marksizm o`tib, mumtoz siyosiy iqtisod metodologik printsiplariga asoslangan holda, XIX asr oxiri XX asr boshida kapitalistik iqtisodiyotda yuzaga kelgan Yangi hodisalarni tadqiq eta boshladi. Boshqa tomondan, XIX asrning ikkinchi yarmida 36 iqtisodiyot fanining Yangi yo`nalishlari yuzaga kelib, ular XX asrda hukmdor yo`nalishlar, ya`ni marjinalizm va instituttsionalizm g`oyalariga aylandi. Mumtoz siyosiy iqtisodning mazkur davrlanishi umumqabul qilingan holat bo`lmagan, ammo Shuni ham nazarda tutish lozimki, istalgan tabaqalanish yoki davrlanish ma`lum omillarga bog`liq bo`lib, bu holat birinchi navbatda iqtisodiyot nazariyasi uslubi va predmeti haqidagi tushunchalar asosida yotadi. Predmet. Mumtoz siyosiy iqtisod tadqiq etilish predmeti ishlab chiqarish sohasi bo`lib, mazkur soha iqtisodiyot boshlang`ich sohasida asosiyga aylanadi, demakki xalq boyligi sifatida ishlab chiqarishning bevosita natijasi qabul qilindi. Shunday qilib, boylik tadqiqoti va tushunilishi predmetiga nisbatan qarash merkantilizm g`oyalariga nisbatan o`zgardi. Iqtisodiy fikr tadqiqoti Yangi fikr paydo bo`lishi, birinchi navbatda qishloq xo`jaligi va sanoati kapitalistik munosabatlar tarqalishining aksi bo`ldi. Mumtoz siyosiy iqtisod birinchi bosqichiga manufaktura ishlab chiqarilishi rivojlanishi davri muvofiq bo`lib, uning ikkinchi davri Angliya va Frantsiyada sanoat to`ntarilishi davriga to`g`ri keldi. Uslub. Mumtoz siyosiy iqtisod metodologiyasi merkantilizm metodologiyasidan farq qilgan. Merkantilistlardan farqli o`laroq mumtoz nazariya namoyandalari iqtisodiy hodisalarni tasvirlash o`rniga ularni tadqiq etib, mantiqiy abstraktsiya usullarini qo`llashar, hamda deduktsiya uslubi yordamida tahlil natijasida olingan nazariy toifalarni tizimlashtirishar, umumiy nazariyadan xususiy hodisalarga o`tishar edi. Bunday boshlang`ich umumiy nazariya sifatida, narx nazariyasi ilgari surilib, bunday holatda narx tovar ishlab chiqarilishi bilan bog`liq xarajatlardan kelib chiqgan holatda belgilangan. Narx nazariyasi, daromad, kapital nazariyasiga asos soldi. Boshqacha qilib aytganda, mumtoz siyosiy iqtisod tizimlashtirilishi tamoyili boshlang`ich toifa printsipi bo`lib, uning orqali qolgan iqtisodiy toifalar o`zaro bog`liqligi aniqlangan (masalan, shajara kabi). Shuni ham aytib o`tish kerakki, barcha fanlar o`zlarining boshlang`ich bosqichlarida tizimlashtirishning mazkur printsipini qo`llab, tabiiy fanlar atrof - muhit boshlang`ich elementlari nazariyasi birlamchi energiya (flagiston) yo`lidan o`tgan holda, faylasuflar tomonidan munozara olib borilayotgan to`qima yoki fikr birlamchiligi borasidagi bahslariga qo`shimcha mavzu bo`ldi. Mumtoz siyosiy iqtisodiyoti metodologiyasi shakllanishiga katta ta`sirni falsafa rivojlanishidagi asosiy yo`nalishlar o`zgarishi ta`sir qilgan. Falsafaga birinchi navbatda, tabiiy fanlarning keyingi rivojlanishi ham ta`sir etgan. Katta tajribaviy materialni yig`gan holda, tabiiy fanlar XVII asrda atrof – muhit umumiy nazariyasi ishlanmalarini ishlab chiqarishga o`tdi. Mazkur sohada, ayniqsa, ingliz fizigi Isaak N`yuton ishlanmalari alohida ahamiyatga ega bo`lib, mazkur olim mumtoz mexanika nazariyasini ilgari surgan holda, mikrodunyodan fazogacha 37 bo`lgan barcha tabiiy hodisalar tushuntirilishi uchun qo`llaniladigan g`oyani ilgari surdi (Isaak N`yuton «Tabiiy falsafa matematik asoslari» 1687). Bunday mexaniko – ratsionalistik yondashuv, jamoatchilik munosabatlarini tushuntirish borasida ham qo`llanila boshlandi. Bunda jamiyat, tartiblashtirilgan, tabiiy qonuniyatlarga bog`liq dunyo sifatida talqin etilib, ratsional ravishda tushunilishi lozimligi haqidagi nazariya ilgari surildi. Bundan xulosa kelib chiqadiki, hukmdorlarning sub`ektiv harakatlari tabiiy qonuniyatlarga qarshi chiqadigan bo`lsa, hukmdorlarning sub`ektiv harakatlari tabiiy qonuniyatlarga qarshi chiqadigan bo`lsa, ong mazkur masalalarni echish yo`lini ko`rsatishi mumkin. Bunday yondashuv asosida ingliz faylasuflari T. Gobs va T.J. Lokk qalamlariga mansub XVII asr fikrlari yotib, aynan ular, keyinchalik mazkur yo`nalish estafetasini XVIII frantsuz faylasuf ma`rifatchilariga uzatishdi. Bunday g`oyalar, mumtoz siyosiy iqtisodiyotda F. Kene va A. Smit qalamiga mansub «Iqtisodchi inson toifasi» haqidagi nazariyasi, iqtisodiy qonuniyatlari va tabiiy (ob`ektiv) hodisalar haqidagi g`oyalarni keltirib chiqarib, mazkur g`oyalar asosida inson harakatlari maksimal darajada daromad olishga mexanik ravishda yo`naltirilishi lozimligi haqidagi g`oya ilgari surilgan. Umuman olganda iqtisodiyot, iqtisodchi insonlar miqdori sifatida, yoki boshqacha qilib aytganda, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar turli ehtiyot qismlar rolini o`ynaydigan butun mexanizm sifatida qabul qilingan. Iqtisodchi inson haqidagi g`oyadan tashqari, mumtoz siyosiy iqtisodiyot uchun, iqtisodiy munosabatlar turli sinflar orasidagi munosabatlar talqini sifatida ham tavsiflangan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling