Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


59 
VI-BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G„OYALAR 
MOHIYATI 
 
6.1. J.B.Sey iqtisodiy qarashlari 
 
XIX asrning boshida mumtoz siyosiy iqtisod AQSH va Evropada keng 
tarqalib alohida mustaqil fan darajasiga erishdi va universitetlarda o`qitila 
boshlandi. Shu bilan birgalikda yetakchi Evropa davlatlari Angliya va Frantsiyada 
ishlab chiqarish inqilobi yuz berib, xo`jalik yuritishning kapitalistik shakllari qaror 
topa boshladi, va buning natijasida mo„ayyan ijtimoiy o`zgarishlar yuz berdi. 
Burjuaziya va yer egalari bo`lmish dvoryanlar orasida jamiyatda hukmronlik uchun 
kurash tugayotgan edi va Shu bilan birgalikda, sobiq uchinchi tabaqa vakillari va 
burjuaziya orasidagi munosabatlar doirasida qarama - qarshiliklar kuchaya bordi. 
Bir tomondan burjuaziya va kichik ishlab chiqaruvchilar, va boshqa tomondan esa 
ishchilar, kichik ishlab chiqaruvchilar, yirik kapitalistik ishlab chiqarish 
korxonalari bilan raqobatchilikka bardosh berolmay, xonavayron bo`lishar edi. 
Ishchilar sinfi, miqdoran oshar, ammo mo„ayyan huquqlarga ega bo`lmagan holda 
yashash darajasi past va og`ir ish sharoitlariga ega edi. Ijtimoiy bo`linishning 
Yangi shakllari mumtoz siyosiy iqtisodni bo`linishiga olib keldi, ya`ni burjua, 
kichik burjua va ijtimoiy guruh. 
Mumtoz siyosiy iqtisodning umumiy belgilarini saqlab qolgan holda 
(predmet, ishlab chiqarish sohasi, narx boshlang`ich toifasi, narxning o`zi esa 
ishlab chiqarish miqdori bilan belgilanadi), ular qator masalalar bo`yicha turli 
fikrlarga ega edi (narx talqini mehnat yoki kapitalist xarajatlari bilan belgilanadi, 
daromadlar talqini davlat iqtisodiy roli va realizatsiyadan kelib chiqib talqin 
etiladi). Bundan tashqari alohida iqtisodchilar nazariyasida ham, mo„ayyan farqlar 
mavjud bo`lib, bu xol ular o`rtasida munozarali masala edi. 
Frantsiyada Smit nazariyasi tarafdorlaridan birinchisi va mashhuri Jan Batist 
Sey edi (1767-1832). Uning hayoti buyuk frantsuz inqilobi davriga to`g`ri kelib, bu 
inqilob, frantsiyada kapitalizm rivojlanishi uchun keng yo`l ochib berdi. Sey 
qalamiga mansub, ayniqsa, yirik asarlariga «Iqtisodiy siyosat traktati yoki boylik 
shakllanishi, bo`linishi va iste`mol qilinish usulining sodda talqini» (1803), 
«Siyosiy iqtisod katexizisi» (1817), va olti tomdan iborat bo`lgan «Siyosiy iqtisod 
kursi» (1828-1830)larini kiritish mumkin. Ularda Sey asosan Smit nazariyasiga 
tayanib, ma`lum qo`shimchalar kiritdi. Bundan tashqari, mo„ayyan vaqt davomida 
to`qimachilik fabrikasi hamkori bo`lib, amaliy tadbirkorlikdan ham xabardor edi, 
va Shu sababli siyosiy iqtisodiyot bilan bir qatorda ilk marotaba sanoat iqtisodiyoti 
kursidan dars ham o`tgan. Sey maktabi tarkibiga mashhur iqtisodchilar, F. Bastian, 
F. SHeval`e, SH. Dyunuaelar ham kirgan. 


60 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling