Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Oilada ijtimoiy ish (oila muammolariga aralashish, mulkka


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

Oilada ijtimoiy ish (oila muammolariga aralashish, mulkka 
oid munosabatlarni taqqoslash, oilaviy terapiya).O‘zbekiston 
Respublikasida mustaqillik yillarida fuqarolarda milliy o‘zlikni anglash 
tuyg‘usining qaror topganligi, o‘tmish qadriyatlarini o‘rganishga bo‘lgan 


151 
qiziqishning ortganligi oilaning shaxs kamolotida tutgan o‘rni va rolini 
xolisona baholash imkonini berdi.
Ijtimoiy ishda oilaviy aralashuvda deganda oila atrofidagi ijtimoiy 
muhitning farovonligiga e’bibor kuchaytiriladi. Chet el mutaxassislari 
ushbu yo‘nalishda uchta tarmoqni ajratib ko‘rsatishadi:
-mavjud imkoniyatlardan foydalanish; 
- ijtimoiy ish brokerlari xizmatidan keng foydalanish
- advokat va ijtimoiy ishda malakali mutaxassislar ko‘magidan 
oilaviy muhitni barqarorlashtirishda foydalanish. 
Ijtimoiy ishda jismoniy shaxs va oila bilan bevosita shug‘ullanish
(Casework) qo‘laniladi. Agar ijtimoiy ish xodimi mavjud 
imkoniyatlardan o‘rinli foydalanib, oila muammolarini hal etishga faol 
aralashib, yetarli darajada oila tinchligi va salomatligiga yordam bera 
olsa, bunday usul ijtimoiy terapiya deb baholanadi. Bunday usul ko‘p 
holatlarda ijtimoiy himoyaning (sud amaliyotida) stress holatlaridan 
chiqarishda ham keng qo‘llaniladi.
Shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, oilaviy terepiyada 
informatsiyaning asosiy o‘chog‘i – bu genogramma – oilaning 
qarindoshchilik va hayot yo‘llarining tomirlari qayerlarda 
tutashganligini bilish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi talab etiladi. Ijtimoiy 
ish xodimidan har bir oila a’zosining qanday mavqe yoki pozitsiyani 
tutishini bilish ham nihoyatda muhimdir. Ijtimoiy ish xodimidan oila 
hayot yo‘lining kechagi kuni, buguni va kelajagini sezish talabi ortadi. 
Ayni paytda O‘zbekiston oilalarida mentalitet bilan manzilli ijtimoiy 
yordam ko‘rsatishning birlashuvi sezilmoqda

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling