Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining
taraqqiyoti. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichi barqaror iqtisodiy o‘sish, aholi hayoti tarzining sifat jihatidan yaxshilanilishiga asoslangan. Hozirgi davrda aholining bandligini va, xususan, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy faolligini rivojlanishi ijtimoiy himoyalashning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ijtimoiy ish - bu ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning o‘ziga xos bir shakli bo‘lsa, ijtimoiy siyosat esa ijtimoiy ishning o‘zagi, yo‘nalishidir. Huquqiy, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning murakkab yo‘lida mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan faoliyat turini shakllantirish va rivojlantirish, kasbiy salohiyatli ijtimoiy ishchilarni tayyorlash zamon taqozosidir. Ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislar faoliyatining tavsifi ularga nisbatan talabning yuqoriligi haqida fikr yuritish imkonini beradi. 248 Respublikaning bozor iqtisodiyoti tizimiga kirishining o‘zi ijtimoiy ishchilarga nisbatan ehtiyoj paydo bo‘lishini ta’minladi. Bundan tashqari, bugungi kunda respublikadagi barcha faoliyat yurituvchi ijtimoiy boshqarish organlarida ijtimoiy ma’lumotga ega bo‘lmagan mutaxassislar ishlab kelmoqda. Ijtimoiy ishchilarning mavjud boshqa turli ta’lim shakllari bo‘yicha tayyorlanilishi respublikada davlat ijtimoiy siyosati bo‘yicha kadrlarni ta’minlash borasidagi muammolarning hal etilishi imkonini beradi. O‘zbekistonda ijtimoiy ish bu mamalakat ijtimoiy siyosatining muhim yo‘nalishi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanishi, aholi bilan ishlashda fuqarolarni samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkonini beruvchi zamonaviy usul va texnologiyalarning qo‘llanilishidir. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati mahalliy boshqaruv organlari - hokimiyatlar va ijtimoiy ish, ijtimoiy pedagogika va amaliy ruhshunoslik sohasida hududiy ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va rivojlantirish jihatidan reallashmoqda. Hozirgi O‘zbekiston sharoitida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi alohida shaxslar, oila yoki guruhlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi, moslashuviga yo‘naltirilgan ijtimoiy-insonparvarlik faoliyatining alohida usullari tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘tish davridagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda O‘zbekistonda yangi ijtimoiy muassasalar tarmog‘i yaratildi, bu yerda muhtoj fuqarolar zarur yordam olishlari va qo‘llab-quvvatlanishlari mumkin. Qariyalar, bolalar, nogironlarga g‘amxo‘rlik Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi tizimi, o‘z-o‘zini boshqarish jamoatchilik tashkilotlari (mahallalar), IIV muassasalari orqali amalga oshiriladi. Bunday muassasalar qatoriga turli toifadagi fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari, aholiga ruhiy-pedagogik yordam markazlari, balog‘atga yetmaganlar uchun ijtimoiy-reabilitatsiya markazlari, oila va bolalarga ijtimoiy yordam hududiy markazlarini kiritish mumkin. Xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish va parvarishga o‘ta muhtoj fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni to‘liq qamrab olishni ta’minlash maqsadida hukumat qaroriga ko‘ra, o‘z-o‘zini boshqarish organlariga yolg‘iz pensionerlar, qariyalar va nogironlarga 249 uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun vaqtincha haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlariga ishsiz fuqarolarni jalb etish huquqi berildi. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mamlakat fuqarolarini ijtimoiy himoyalashni amalga oshirishda nodavlat tarmog‘i salmoqli o‘ringa ega bo‘lmoqda. U kishilarning ijtimoiy ehtiyojlariga qayishqoqlik va tezkorlikda e’tibor beradi. So‘nggi yillarda mahalliy va xorijiy nodavlat tashkilotlari doimiy ravishda ortmoqda. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha asosiy tamoyillar keltirib o‘tiladi. Ular orasida quyidagicha tamoyillar ham keltirib o‘tiladi: inson va fuqaroning ijtimoiy xizmat ko‘rsatish hamda ularga davlat kafolotlarining ta’minlanishi bo‘yicha huquqlariga rioya etilishi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy xizmatlarni olishda teng imkoniyatlarga egaligi; ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilishining manzilliligi va ommabopligi, aholining ojiz, himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi tamoyillar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 1 - dekabrdagi PF–5270 - sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni doirasida mamlakatimizda keng islohotlar olib borilmoqda. 77 Bu borada belgilangan chora-tadbirlar izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi natijasida faqatgina 2017-yilning o‘zida aholining ehtiyojmand qatlamlaridan 100 ming nafar fuqaroga turli xildagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironligi bo‘lgan 15 ming nafar shaxslarga uylarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi. 19,5 ming nafar ehtiyojmand fuqaro reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya uskunalar bilan ta’minlandi. Nogironligi bor shaxslar bemalol harakatlanishi uchun bino va inshootlarda pandus va tutqichlar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, 77 Ногиронлиги бўлган шахсларни давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида https://www.gov.uz/uz/news/view?id=13283 250 35 ming nafar pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxs sanatoriyalarga yuborildi. 20 ming nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarga reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatildi. Ma’lumki, 1941– 1945-yillardagi urush qatnashchilariga o‘z sog‘lig‘ini tiklash uchun har yili sanatoriyaga bepul yo‘llanma beriladi. Agar ulardan birortasi ushbu imkoniyatdan foydalanmasa, ushbu faxriylarga yo‘llanmaning pulini to‘lash joriy qilindi. Bundan maqsad, nuroniylarning tibbiy-ijtimoiy himoyasini kuchaytirishdir. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-martdagi qarori asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya tadbirlari samaradorligini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘mak berish, reabilitatsiya sifatini oshirish va boshqa tibbiy-ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladi 78 . Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida jahon miqiyosida bir qancha dekloratsiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko‘plab davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish borasida ko‘plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi unga kiritilmaydi. Diskriminatsiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto‘g‘ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim vazifadir. 2019 yilning 1 dekabr kuni, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni arafasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi 79 . Farmon orqali “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish va BMTning nogironlar huquqlari bo‘yicha 78 http://the.uz/yangiliklar/37195-2017-yilda-20-mingdan-ziyod-nogironligi.html 79 Ногиронлиги бўлган шахсларни давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида https://www.gov.uz/uz/news/view?id=13283 http://uzlidep.uz/uz/positionparty/59http://ombudsman.uz/uz/press_center/news/uzbekistan/nogir onligi-bo-lgan-shaxslarni-qo-llab-quvvatlash-tizimi-takomillashmoqda/ 251 Konvensiyasini qabul qilishga oid takliflar tasdiqlandi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tizimini takomillashtirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi: - nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash; - nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish; - nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatini yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali oshirish; - nogironligi bo‘lgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda bo‘lishi, shahar yo‘lovchi transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma obyektlaridan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish; - nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish va boshqalar. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilishga mas’ul bo‘lgan yagona idoraning mavjud emasligiga ham alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida ixtisoslashtirilgan idora tashkil etiladi. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralarga obyektlar loyihalashtirilishi va qurilishida arxitektura-qurilish nazoratini kuchaytirish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ulardan erkin foydalanishini ta’minlash talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik muqarrarligi tamoyilini ta’minlash choralarini ko‘rish topshirildi.Hujjatda shuningdek, shahar yo‘lovchi transporti tizimini nogironligi bor shaxslarga moslashtirish orqali ularga qulayliklar 252 yaratish ham nazarda tutilgan bo‘lib, 2018 - yil 1 - martdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi transporti vositalarini sotib olish taqiqlanadi. O‘tgan yigirma to‘qqiz yil davomida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqiyosida bo‘lib, qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olishi ta’minlanishi lozim. Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi emas, balki bu bolalarga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxsus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi. Bundan tashqari, inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqsonlarni bartaraf etish, korreksiyalash, kompensatsiya qilish bilan bir qatorda, bilim, ko‘nikmalarga ega qilish, kasb - hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta yondashish ham yotadi. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang‘ich va o‘rta-maxsus ta’limni olishlari bilan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi talab etadi. Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling