Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Xalqaro ijtimoiy ish va globallashuv. Ijtimoiy ishchilarning


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

Xalqaro ijtimoiy ish va globallashuv. Ijtimoiy ishchilarning 
milliy tashkilotlari. Xalqaro ijtimoiy xavfsizlik-bu dunyoning barcha 


227 
mamlakatlarining sa’y-harakatlari sharoitida odamlarning asosiy 
farovonligini rivojlantirish bilan bog‘liq amaliyot sohasi. Ijtimoiy 
ishchilar xalqaro amaliyoti to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishining, 
shuningdek, ularning boshqa mamlakatlarda ishlash qobiliyati bo‘lishi 
kerak. Ijtimoiy xavfsizlikning xalqaro madaniyatlararo ta’limi, muqobil 
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xavfsizlikning ufqlarini kengaytirishi 
mumkin.
Boshqa mamlakatlarning madaniyatini tushunish va qadrlashga, 
shuningdek, o‘z qadriyatlari, mafkuralari va madaniy imtiyozlari 
to‘g‘risida xabardor bo‘lish globallashuv davrida yordam beradi: 
- xalqaro yondashuv ijtimoiy siyosat va xizmatlarga, umuman, 
qiyosiy nuqtayi nazardan ko‘proq tanqidiy qarashga imkon beradi
chunki, ijtimoiy himoya va yordam ko‘rsatishning muqobil variantlari 
mavjud; 
- ijtimoiy ishchilar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqa 
mutaxassislar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik innovatsiyalar va ijtimoiy ish 
sohasida o‘zgarishlar uchun ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi. 
Shunday qilib, globallashayotgan dunyoda ijtimoiy ishning bir 
qator xalqaro tashkilotlari vujudga kelgan. Xalqaro ijtimoiy ishchilar 
federatsiyasi (XIIF) 1928 - yilda Parijda tashkil etilgan.Ikkinchi jahon 
urushi yillarida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi. Ammo 
1950 - yilda dunyodagi bir qator mamlakat(Avstriya, Belgiya, Kanada, 
Daniya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Niderlandiya, 
Shveysariya va AQSH)larning kasaba uyushmalaridan vakil bo‘lib 
kelgan ijtimoiy ish kasbi xodimlari xalqaro ijtimoiy ishchilar 
federatsiyasining faoliyatini qayta tiklash tashabbusi bilan chiqdilar. 
Xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasi (XIIF) 1956 - yil 9 - avgustdan 
rasman ishini boshlagan. Ushbu tashkilotga hozirgi kunda dunyo 
bo‘ylab 80 ga yaqin ijtimoiy ishchilar uyushmalari a’zo bo‘lgan. 
Muntazam ravishda XIIF tomonidan har ikki yilda bir marta xalqaro 
konferensilar o‘tkazib turiladi. XIIFning maqsadlari: 
- xalqaro hamkorlik orqali ijtimoiy ishni kasb sifatida targ‘ib 
qilish, ayniqsa kasbiy qadriyatlar, standartlar, axloq, inson huquqlarini 


228 
e’tirof etish, shu maqsadda ijtimoiy ishchilarni o‘qitish va ularga ish 
sharoitlari yaratish; 
- ijtimoiy ishchilar milliy tashkilotlarini yoki ijtimoiy ishchilar 
maxsus kasaba uyushmalarini va kerak bo‘lganda ular mavjud 
bo‘lmagan joylarda milliy muvofiqlashtiruvchi organlarni yaratishga 
ko‘maklashish; 
- ijtimoiy ishchilarning ish va mehnat faoliyatlarini rejalashtirish, 
ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy 
ishchilarni tan olish, ijtimoiy ishchilarni o‘qitish, shuningdek, ijtimoiy 
ishchilarning malakasini oshirish va professional kasbiy malakasini 
qayta tayyorlash standartlarini takomillashtirishdagi ijtimoiy ishlarni 
olib boruvchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash. 
Ayni paytda, “Ijtimoiy ishchining odob-axloq kodeksi” haqida 
to‘xtab o‘tish maqsadga muvofiqdir. “Ijtimoiy ishchilarning odob-axloq 
kodeksi” Xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasi va Rossiya 
Federatsiyasining “Ijtimoiy pedagoglar va Ijtimoiy Ishchilar ittifoqi”
Umumrossiya jamoat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. 
Ijtimoiy ishchining odob-axloq kodeksi butun dunyodagi ijtimoiy soha 
mutaxassislari tomonidan o‘z kasbiy vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq 
ijtimoiy ishlarning asosiy tamoyillari va qadriyatlarini belgilovchi 
muhim hujjatdir. “Ijtimoiy ishchining odob-axloq kodeksi”ning asosiy 
maqsadi insonning (mijozning), mutaxassisning (ijtimoiy ishchining) va 
jamiyat (jamiyatning turli institutlari)ning ijtimoiy ehtiyojlarini 
qondirishda o‘zaro munosabat jarayonida axloqiy pozitsiyalarini 
aniqlashdir. 
Ijtimoiy ish maktablari xalqaro assotsiatsiyasi(IIMXA).Bu 
tashkilot ham dunyo miqyosida faoliyat olib boruvchi ijtimoiy ishchilar 
kasbiy faoliyatining ajralmas qismidir.IIMXAning ish amaliyoti ijtimoiy 
ishda axloqiy munosabatda bo‘lish qobiliyatini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan bo‘lib, ijtimoiy ishchilarga sifatli xizmat ko‘rsati 
loyihalarini ishlab chiqish va taqdim etish bilan shug‘ullanadi. Etika 
sohasidagi IIMXA faoliyatining maqsadi, ushbu tashkilotga a’zo 
mamlakatlarda ijtimoiy ish bilan shug‘ullanadiganlar, shuningdek, 
ijtimoiy ish institutlarida (fakultetlar, bo‘limlar, maktablar) va ijtimoiy 


229 
ishlarni o‘rganayotgan talabalar o‘rtasida uchrashuvlar tashkil qiladi. Bu 
uchrashuvlarda odob-axloqqa doir munozaralar va mulohazalar 
eshitiladi. Ijtimoiy ishchilar duch keladigan axloqiy dilemma va 
muammolarning ba’zilari muayyan mamlakatlar uchun xosdir, 
boshqalari esa hamma uchun umumiydir.
Xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasi (XIIF) va Ijtimoiy ish 
maktablari xalqaro assotsiatsiyasi (IIMXA) umumiy tamoyillarga 
asoslanib, qo‘shma deklaratsiyalar qabul qiladi. E’lon qilingan qo‘shma 
deklaratsiyalarning maqsadi butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy ishchilarni 
ular duch keladigan qiyinchiliklar va dilemmalar haqida o‘ylashga 
undash va har bir holatda qanday harakat qilish to‘g‘risida qarorlar qabul 
qilishdan iboratdir.
Xalqaro ijtimoiy ish va globalashuv muammolarini yoritar 
yekanmiz, ijtimoiy ishchilarning milliy birlashmalaridan nufuzi bo‘yicha 
jahonda etakchi o‘rinlarni egallaydigan ijtimoiy ishchilar Buyuk 
Britaniya va AQSH milliy birlashmalari haqida to‘xtab o‘tish joiz 
bo‘ladi. Ijtimoiy ishchilarning milliy birlashmalari orasida Buyuk 
Britaniya Milliy ijtimoiy ishchilar uyushmasining o‘rni alohida nufuzga 
ega. Buyuk Britaniyaning Ijtimoiy ishchilar uyushmasi (BBIIU) 
mamlakatda ijtimoiy ish xodimlari ishchilarining manfaatlarini ifoda 
etuvchi eng yirik uyushmalardan biridir. BBIIU 40 yildan ortiq vaqtdan 
beri mavjud. Yillar davomida u qiyin yo‘lni bosib o‘tdi, amaliy tajribaga 
ega bo‘ldi. Uyushmaning 8500 dan ortiq a’zolari bor, ularning aksariyati 
Angliyada istiqomat qiladi va amaliy kasb bilan faol shug‘ullanadigan 
ijtimoiy ishchilar. BBIIU ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi. 
Bunday bitimlar ijtimoiy xususiy agentliklarning manfaatlarini qo‘llab-
quvvatlaydi. Uyushma a’zolari bo‘lish barobarida ishchi xodimlar 
jamoat ishlarida qatnashish va birlashma faoliyatini rivojlantirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Britaniya Ijtimoiy ishchilar uyushmasi o‘z 
nizomiga ega. Unda assotsiatsiya a’zolarining vazifalari, asosiy axloqiy 
tamoyillari bayon qilingan. Uyushmaga a’zo bo‘lish ijtimoiy ishchilar 
tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar doirasini kengaytiradi. 
Ijtimoiy ishchi litsenziyaga ega bo‘ladi va uning kasbiy tayyorgarligi 
Uyushma a’zolariga qo‘yiladigan barcha talablarga javob berishi 


230 
kerak.Uyushmaning asosiy vazifasi ijtimoiy himoyani tashkil etish. Shu 
bilan birga, mijozlarning huquqlari ham, turli darajadagi ijtimoiy 
ishchilarning huquqlari ham bir xilda himoya qilinadi. Angliyada 
ijtimoiy ishchilar amaliy ishlarining o‘ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, o‘rta yoki oliy ta’lim olgandan so‘ng har bir xodim, davlat 
tomonidan mustaqil kengashda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, litsenziya oladi. 
Uyushmaning asosiy roli shundan iboratki, u ish beruvchi va tashkilot 
mustaqil kengashi oldida ijtimoiy ishchilarning manfaatlarini ifoda etadi, 
ular ko‘pincha litsenziyadan yoki ishlashdan asossiz ravishda voz 
kechadilar, munozarali masalalar bo‘yicha maslahat beradilar, ijtimoiy 
ishchilarni tayyorlashga zamonaviy talablar darajasi to‘g‘risida 
ma’lumot beradilar. Uyushma boshqa alyanslar bilan o‘zaro 
hamkorlikning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha ham 
ishlaydi. Masalan, ijtimoiy ish maktablari birlashmasi, turli ijtimoiy 
himoya tashkilotlari direktorlar uyushmasi, bular har xil kasaba 
uyushmalarining tashkilotlari bo‘lishi mumkin.
Xuddi shuningdek, dunyo miqyosida e’tiborga molik bo‘lgan 
obro‘ga ega AQSH Milliy ijtimoiy ishchilar uyushmasi ham yetakchi 
ijtimoiy ishga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 
Milliy ijtimoiy ishchilar uyushmasi (MIIU) AQSHdagi ijtimoiy 
ishchilarning professional tashkiloti hisoblanadi. MIIU 2008 - yil 
yanvar holatiga ko‘ra 150 000 dan ortiq a’zolariga ega. MIIU o‘z 
siyosatida inson huquqlariga asoslanib, ijtimoiy ishning butun nazariyasi 
va amaliyotiga asoslanib ish yuritishadi. Ushbu tashkilotda jamiyatning 
fuqarolik, siyosiy, madaniyva ijtimoiy hayotni ta’minlashdagi 
javobgarligi to‘g‘risida qayg‘urishadi. Bu tashkilotda ijtimoiy ishchilar, 
odamlarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishidan qat’iy nazar, ularga 
nisbatan noinsoniy munosabatda bo‘lishlariga doimo qarshi turishimiz 
kerak-degan 
tamoilga 
to‘liq amal qilishadi. Yuqorida qayd 
etilganlarning barchasi ijtimoiy ish va globallashuv jarayonlarini 
tasdiqlovchi fakt sifatida misol bo‘la oladi. 


231 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling