Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

Ijtimoiy 
ish-bu 
globallashuv 
chaqirig‘iga 
javobdir. 
Globallashuv tufayli insonyat faoliyatida, uning turmush tarzida va 
avvallari turli - tuman bo‘lgan uning madaniyatida yangi, jahon 
standartlari paydo bo‘ldi. Zamonaviy insoniyat millatidan qat’iy nazar 
bolaligidan o‘quvchilar uchun bir xil televezion dasturlarni, o‘smirlik va 
yoshlik davrida bir xil musiqiy kliplarni, o‘rta yoshda esa bir xil 
seriallarni tomosha qiladi. Odamlar bir xil yangiliklarni o‘xshash 
sharhlar bilan tinglaydilar, kiyim- kechakda bir xil urfga amal qilib 
kiyinadilar, bir xil taom(fast-fudlar, pitssalar, kirieshka, chipsi)lar bilan 
ovqatlanadilar, bir xil tilda gapirishga harakat qiladilar, bir xil 
jihozlangan ofislarda ishlaydilar. Buning oqibatida yangi turkum “global 
fuqaro”, ya’ni qarashlari, qiziqishlari va maqsadlari bir xil odamlar 
paydo bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra XXI asr davomida
6 mingta til iste’moldan chiqib ketadi
73
.
Insoniyat madaniyatining xilma-xilligi, uning milliy qadriyatlari, 
urf-odat va an’analari, milliy, axloqiy tamoyillari yo‘qolish arafasida 
turibdi. Jamiyatining bosh bo‘g‘ini bo‘lgan oilaning asosi, demakki, 
jamiyatning asosi yuqoridagi qadriyatlarga tayanadi va shular tufayli 
yashaydi. Hozirda har birimiz, jumladan, ijtimoiy ish kasbi xodimlari,
bularning bir qismining yo‘qolganiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Iqtisodiy, texnologik va ilmiy taraqqiyot jamiyat ma’naviy 
taraqqiyotidan ko‘ra tezlashib ketdi. Internetdan foydalanayotgan 
“global fuqaro” ning yashashdan maqsadi, zamonaviy avtomobil, yaxshi 
uy-joy, qimmatbaho jihozlar va dunyoni sayohat qilishdan iborat. 
Avvallari bolalikdan inson ongiga singdiriladigan mehr-oqibat, odob-
axloq, yaxshilik, go‘zallik, adabiyot, san’at, diniy axloq bergan 
73
Howard 
M. 
America 
and 
the 
World. 
St. 
Lоuis: 
Washington 
University. 
TheAnnualLewinLecture, 5 April 1984. P. 6. 


224 
ma’naviy boyliklarni global madaniyat bera oladimi, zamonaviy odam 
jamiyatdagi ma’naviy talablarga javob bera oladimi? Bugungi oliy 
ta’lim tizimidagi ijtimoiy himoya ishi mutaxassislari turli ijtimoiy 
qatlamdagi insonlarni ma’naviy boyliklarni saqlab qolishga va uni 
targ‘ib qilishni jamiyat miqyosida ishlab chiqishga harakat qilishi kerak. 
Mazkur sohadagi ishlarni boshqarish va amalga oshirish bo‘yicha, 
vazirliklar, ilmiy markazlar, bir qancha NNT tashkilot va muassasalar 
tuzildi va ular faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi tez o‘zgaruvchan hayotda bu sotsial muammoning yagona 
yechimi barcha xalqlarda mavjud bo‘lgan milliy an’analar va 
qadriyatlar, mavjud moddiy manba-resurslar asosida insonni tarbiyalash, 
insonlar ijtimoiy himoyasini saqlab qolishga qaratilgandir. Faqat shu 
orqaligina globallashuv davrida inson mavjudligini saqlab qolish 
mumkin. Ayni paytda, globallashuv davr, barcha fuqarolarda 
shakllantirish zarur bo‘lgan, umuminsoniy qadriyatlar ham mavjud 
bo‘lib, bulardan birinchisi rostgo‘ylikdir, aynan rostgo‘ylik o‘zaro 
aloqaning asosini tashkil etishi lozim. Rostgo‘ylik jamiyatdagi barcha 
aloqalarni biriktiruvchi asos, poydevor bo‘lib xizmat qilishi zarur.
Globallashuv davrida butun yer kurrasi aholisi, ayniqsa, 
qashshoqlikda yashayotgan yoki tabiiy ofat tufayli zarar ko‘rgan xalqlar 
uchun mehr-muruvvat va saxiylik zarur qadriyatdir. Globallashuvning 
raqobat muhitida yashash uchun zarur bo‘lgan ma’naviy fazilat 
mehnatsevarlikdir. Hozirgi davr ishlab chiqarishidagi raqobatga bardosh 
berish uchun murakkab vaziyatlarda, turli qarama-qarshiliklarni yengib 
o‘tish va o‘zining fikrlarini o‘tkazish uchun ijtimoiy himoyalanish 
nuqtayi-nazaridan katta mashaqqatli ruhiy-psixologik mehnat talab 
qilinadi.
Hozirgi 
davrda 
biror 
bir 
korxonaning 
rivojlanishi, 
raqobatbardoshligi va, umuman, yutuqlarga sabab bo‘luvchi yana bir 
umuminsoniy fazilat u yerda faoliyat yuritayotgan xodimlarga, 
do‘stlarga va, umuman, insonlarga nisbatan adolatli bo‘lishdir. Bu 
fazilatlar maktabgacha va maktab yoshidagi ta’limdan shakillantirib 
borilishi shart. Ko‘pincha, o‘quvchilar ijtimoiy tarbiyasining eng faol 
davri bo‘lgan uch-to‘rt yoshligi ularga e’tiborsizlik bilan o‘tkazib 


225 
yuboriladi, bunga ota-onalarning bolalarni kichik yoshda qanday 
tarbiyalash zarurligini bilmasligi ham sabab bo‘ladi. Hozirgi davrda 
avvalgiga nisbatan, bu yoshda o‘quvchilarning axborotni qabul qilish, 
o‘zlashtirish faoliyati tezlashgan bo‘lib, asosiy amaliy va dunyoviy 
fanlar to‘g‘risida tushunchalar berish mumkin. Maktabgacha ta’limning 
tayyorlov guruhlarida va kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning 
ko‘pincha o‘rgatilinayotgan narsaga qiziqmasligining guvohi bo‘lamiz. 
Bizning fikrimizcha, bu yoshdagi o‘quvchilarga o‘qishni o‘rgatishdan 
ko‘ra, qanday qilib o‘qish yo‘llairni uqtirish lozim. O‘quvchilarda o‘qish 
qobiliyati va tafakkurini shakllantirish, ularga berilgan materialni eslab 
qolishdan ko‘ra ko‘proq samara beradi. Maktabgacha ta’lim, maktab, 
litsey, texnikum va kasb– hunar kolleji davridagi tarbiyaning natijasida 
esa o‘quvchilar tez muloqotga kirisha oladigan, insonni ardoqlaydigan
ko‘p o‘qiydigan, bo‘layotgan voqea - hodisalarni qiziqish bilan kuzatib, 
ijtimoiy himoyalash haqida fikr bildiradigan, milliy qadriyatlarni hurmat 
qiladigan va eng muhimi o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lib, boshqalarning 
gapini takrorlamaydigan bilim egalari sifatida o‘quv dargohlarini 
tugatishlari kerak.
Umumiy ta’limda globallashuvning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi 
munosabatlarni kuchayishini nazarda tutgan holda, tarix, geografiya, 
san’at, musiqa va ijtimoiy fanlarni o‘qitishga e’tiborni kuchaytirish 
zarur. Bu mamlakatlar tarixi, iqtisodiy yo‘nalishlari, ijtimoiy hayoti 
haqida chuqurroq ma’lumotlar berish orqali o‘quvchi yoshlarning 
boshqa mamlakatlar navqiron avlodlariga nisbatan munosabatini to‘g‘ri 
shakllantirishi mumkin.
Globallashuv davrida ijtimoiy ish kasbi mutaxassislari oldida 
quyidagi masalalarni hal qilish muammosi turibdi:

ijtimoiy 
ish 
mutaxassislarini 
tayyorlashda 
ta’limni 
baynalmilallashtirish, ya’ni talabalar va ilmiy xodimlarni yangilab 
borish tizimini keng joriy etish, birgalikda tadqiqot ishlari olib borish
simsiz axborot tizimini o‘rnatish, yetakchi universitetlarga tenglashib 
borish; 
- global muammolarni hal qilish bilan birgalikda, o‘z milliy 
taraqqiyotiga 
oid 
muammolarni, 
ayniqsa, 
ijtimoiy 
ish 
kasbi 


226 
mutaxassislarini tayyorlashni ko‘paytirib borish; taraqqiy topgan va ilm 
- fan sohasida global yutuqlarga ega davlatlar oliy ta’lim muassasalari 
bilan ijtimoiy himoya sohasida dialogda bo‘lish va bu aloqa natijalariga 
asoslangan yangiliklar yaratish;
- yoshlarga ta’lim jarayonida global bozorning salbiy natijalari 
bo‘lgan 
global 
migratsiya, 
kriminal 
iqtisod, 
global 
jinoyatlar(narkotrafik, odam savdosi, terrorizm va h.k.) haqida 
tushunchalar berib borish, talabalar o‘rtasida bu haqda doimiy 
(masofaviy, onlayn va bevosita muloqot) ilmiy–nazariy-amaliy 
konferensiyalar tashkil etish;
- oliy ta’lim tizimiga ijtimoiy siyosat fanini kiritish, shuningdek
barcha ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida, davlat muassasalarida 
ijtimoiy ish va himoyalash kabi ma’rifatni targ‘ib qiluvchi manbalar 
yaratish. Hozirgi kunda O‘zbekiston milliy ta’lim tizimida olib 
borilayotgan islohotlar aynan global davr talablari asosida yaratilgan. 
Bizning fikrimizcha, bu islohotlarni amalga oshirishda barcha ta’lim 
tizimi xodimlari birdek qatnashganida yanada ko‘proq samaraga erishish 
mumkin.
Bugungi dunyoda ijtimoiy ish xodimlari zimmasiga katta 
mas’uliyatlar yuklatilgan. Ijtimoiy himoyalash kasbi egalari yoki 
ijtimoiy ishchilar, o‘ta xavfli sharoitlarda turib, quvg‘inlar, urushlar, 
ochlikka duchor bo‘lganlarni va siyosiy to‘qnashuvlar qurbonlari 
bo‘lganlarning, majburiy migratsiya va immigratsiya ta’siridan azob 
chekayotganlarning 
hayot 
sifatini 
yaxshilashda 
muhim 
rol 
bajarishmoqda. Ijtimoiy ishchilar butun dunyo bo‘ylab odamlarning 
hayot sifatini yaxshilash uchun boshqa turli kasb mutaxassislari bilan 
birgalikda ishlaydilar. Bu odamlar butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy ish 
tamoillarini targ‘ib qilish uchun tinmay mehnat qiladilar. Demak, 
bugungi global muammolar sharoitida xalqaro ijtimoiy himoya ishlarini, 
dunyo bo‘ylab ijtimoiy xavfsizlik va ijtimoiy adolat kelajagi va ijtimoiy 
ish kasbining istiqbolli yo‘nalishlari bilan bog‘liq asosiy muammo 
hamda masalalar haqida qisqacha to‘xtalamiz. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling