Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


219 
11-MAVZU: IJTIMOIY ISHNING GLOBALLASHUVI. 
Reja: 
11.1. Global tinchlik va globallashuv. 
11.2. Ijtimoiy ish-globallashuv chaqirig‘iga javob. 
11.3. Xalqaro 
ijtimoiy 
ish 
va 
globallashuv. 
Ijtimoiy 
ishchilarning milliy tashkilotlari. 
Global tinchlik va globallashuv. Bugungi kunda "globallashuv" 
atamasi ko‘pchilik uchun sehrli bir so‘zga aylandi. Global tinchlik
va globallashuv xuddi kelajakning sirli eshiklarini ochadigan kalit 
so‘zlardek uni hamma takrorlaydi. Globallashuv fenomenining asosiy 
omili sifatida esa inson bilish jarayonining mislsiz rivojlanishi, ya’ni, 
ilmiy-texnikaviy bilimlarning yuksalishi va buning natijasida insonning 
yer yuzining xohlagan nuqtasidagi obyektlarni yoki yuz berayotgan 
hodisalarni individual ravishda bilib olish imkoniyatlarining paydo 
bo‘lishi deb tushuntirmoqdalar.
Ba’zilar uchun “globallashuv”-bu baxt uchun zarur bo‘lgan 
tushuncha, boshqalar uchun bu barcha baxtsizliklarning sababchisiga 
aylangan hodisadir. Ammo, globallashuv bu dunyomizning qaytarib 
bo‘lmaydigan barchaga, har bir kishiga teng ravishda ta’sir qiladigan 
jarayondir. Biz - hammamiz “globallashganmiz” va “globallashuv”ning 
ta’siri ostidamiz. Bugungi kunda ijtimoiy ish ta’lim tizimi va uning 
ajralmas atributi bo‘lgan “Ijtimoiy ishga kirish”fani ham globallashuvda 
muhim o‘rin egallab bormoqda. London iqtisod maktabi direktori 
E.Giddensning fikricha, faqat o‘zining hududida faoliyat olib 
borayotgan universitetlarning kelajagi tugaydi. Bu hodisa ularning 
o‘rnini internet tipidagi universitetlar egallashi tufayli yuz bermaydi. 
Chunki internet har qancha rivojlanmasin professor-o‘qituvchi va talaba 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa saqlanib qolayveradi. Shunday qilib, 
globallashuv talablariga ko‘ra universitetlar global tarmoqning bir 
qismiga aylanib qoladi. Bunday universitetlarda ikki xil shakldagi ta’lim 
o‘rtasidagi antogonizm o‘rnini konvergensiya egallaydi.
Hozirgi davrda Samarqand universitetida, respublikamizning 
boshqa 
bir 
qator 
universitetlarida, 
chet 
ellardagi 
mashhur 


220 
universitetlarda 
ham 
global 
tarmoq 
hamkorligida 
faoliyatlar
yuritilmoqda. Globallashuv tushunchasi keyingi paytlarda ijtimoiy ish 
sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar tomonidan ham, 
insoniyatning asosiy qismini moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy va 
madaniy aloqalarini yagona, ilg‘or va yangi telekommunikatsiya hamda 
axborot 
texnologiyalari 
asosida 
boshqarishga 
o‘tish 
deb 
tushuntirmoqdalar. Globallashuv murakkab integratsion jarayonlarning 
birlashuvi bo‘lib, u borgan sari insoniyat jamiyatining barcha sohalarini 
qamrab olaveradi.
Globallashuv jarayonining o‘zi esa obyektiv bo‘lib, insoniyat 
sivilizatsiyasining 
muayyan 
tarixiy 
taraqqiyotining 
natijasidir. 
“Globallashuv” atamasi birinchi marta 1983 - yilda amerikalik iqtisodchi 
Teodor Levitt tomonidan, uning “Bozorlarning globallashuvi” (The 
Globalization of Markets) maqolasida ishlatilgan. T.Levittonning fikriga 
ko‘ra, globallashuv bu yirik xalqaro kompaniyalarning mahsulotlari 
uchun alohida bozorlarni birlashtirish zarurligini tushuntirish ma’nosini 
anglatar edi. Hozirgi vaqtda globallashuv muammolari ham ijtimoiy, 
ham tabiiy fanlar tomonidan o‘rganilmoqda. Har bir fan globalizatsiya 
haqida “o‘z tilida” gapiradi va uning predmetiga xos bo‘lgan 
xususiyatlarni aniq belgilaydi. Masalan, taniqli sotsiolog N.Smelserning 
ta’kidlashicha, “globallashuv tushunchasi juda ko‘p mas’uliyatlar 
yuklanganligini tushuntiruvchi jarayon, aslida esa hech kim bu jarayonni 
qanday anglatish zarurlini bilmaydi”
72
–deb izohlaydi. 
Ayni paytda global bozorning mavjudligi va kattaroq mablag‘lar 
jamg‘arish maqsadida uchinchi dunyo mamlakatlari xalqlarining 
kuchidan noqonuniy foydalanish, arzon tabiiy resurlar uchun kurash, 
noqonuniy migratsiya oqibatida dunyo mamlakatlari boy va qashshoq 
regionlarga ajralib ketdi. Jamiyatni boshqarishning yangi, to‘g‘ri 
boshqaruv modellarini yaratishda universitetlarga talab yanada kuchayib 
bormoqda. Barchaga ma’lumki, davlat boshqaruvi yakka hokimlik 
qiladigan jamiyat to‘g‘ri boshqarilayotgan jamiyatlar turkumiga 
72
Сведберг Р., Смелсер Н. Социологический подход к анализу хозяйства // Экономическая 
социология. – 2003. – Т. 4. – № 4.– С. 48–61. 


221 
kirmaydi. Bozor qonunlari va tadbirkorlar boshqarayotgan, shuningdek, 
tadbirkorlar boshqaruvi orqali kirib keladigan tengsizlik, adolatsizlik 
kabi illatlar ham jamiyatni izdan chiqaradi. Bunday jamiyatda 
fuqarolarga faqat iste’molchi sifatida munosabat hosil bo‘ladi. Ilg‘or 
jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy faolligiga, har bir fuqaroning jamiyat 
hayotidagi o‘rniga alohida e’tibor beriladi. Aynan kishilarda bunday 
munosabatlarning tarkib topishida universitetlar katta rol o‘ynaydi.
Globallashuv davrida universitetlarning baynalmilallik xususiyati 
kuchayib boradi. Chunki internet tizimida e’lon qilinayotgan ta’lim 
loyihalarida qatnashish erkinligi tufayli talabalarda turli mamlakatlar va 
turli tillarda o‘qish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bunday universitetlar 
faoliyati natijasida fuqarolik jamiyati qurishning global muammolarini 
yaratish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Lekin dunyo universitetlarining 
paydo bo‘lishi, o‘z navbatida, kadrlar qo‘nimsizligiga, yirik mutaxissis 
va olimlarni mashhur universitetlarga ko‘chib kelishi va ularning o‘zlari 
yashaydigan hududlarida muammolarni o‘z vaqtida yechilmay qolishiga, 
buning oqibatida taraqqiyotning sekinlashuviga sabab bo‘lmoqda. 
An’anaviy ta’lim va an’anaviy oliy o‘quv yurtlari bugungi dunyodagi 
mavjud qashshoqlik va boylik, ekologik muammolar, xalqaro 
jinoyatchilik, kishilarning bir-biridan begonalashuvi kabi global 
muammolarni yakka o‘zi hal qila olmaydi.
Globallashuv dunyoni haqiqatan ham birlashtiradi. Va bu 
birdamlik, paydo bo‘layotgan konflikt va urushlarga yo‘l qo‘ymaslikda 
ham namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda biron bir urushni bir yoki ikki 
davlatning shaxsiy ishi deb hisoblash mumkin emas. Chunki bugun 
xalqaro hamjamiyat o‘z e’tiborini urushlarga yo‘l qo’ymaslikka qaratib, 
dunyoda xalqaro tinchlikparvar kuchlarning ta’siri tobora kuchayib 
bormoqda. Shu bilan birga, dunyoni global yaxlitlikka aylantirish 
jarayonida insoniyat yangi tahdidlarga duch kelmoqda. Bular giyohvand 
moddalar, qurollarni sotish va noqonuniy migratsiyani qo‘llab-
quvvatlash uchun global tarmoqlarni tashkil etuvchi xalqaro 
jinoyatchilik sindikatlari paydo bo‘lishida kuzatilmoqda. OITS va 
grippning yangi turlari (ebola, koronavirus pandemiyasi) kabi ommaviy 
infeksiyalar butun dunyodagi odamlarga tahdid solmoqda. Ekololog


222 
olimlar tabiatning og‘ir metal tuzlari bilan ifloslanishi natijasida 
“issiqxona 
effekti” 
deb 
nomlangan 
global 
falokatdan 
ogohlantirmoqdalar. 
Insoniyatning alohida yana bir global tashvishi - bu ommaviy 
qirg‘in qurollari, ayniqsa yadroviy qurollarning nazoratsiz tarqalishi 
bilan bog‘liqdir.
Bugungi kunda, tobora ko‘proq davlatlar “yadro” quroliga ega 
bo‘lgan davlatga aylanmoqda va o‘zlarining harbiy kuchlarini yadro 
quroliga ega bo‘lgan armiyaga aylantirish yo‘lidan bormoqdalar. Harbiy 
qurollanish 
poygasining 
rivojlanishi 
bilan 
birgalikda, 
xalqaro 
terrorchilik tashkilotlari uchun biologik va kimyoviy qurollarga egalik 
qilish imkoniyatlarining ortishi xavfi tobora keskin tus olmoqda. 
Terroristlar sayyoramizning butun aholisiga tahdid solmoqda, chunki 
terrorchilarning maqsadi yuzlab va minglab begunoh insonlarning 
jonlariga qasd qilish bilan qo‘rqitib, ommaviy xurujlar yordamida 
xalqlarni va hukumatlarni qo‘rqitish. 
Globallashuv va ijtimoiy ish mavzusiga oid adabiyotlar tahlili 
“global muammolar” tushunchasini aniqlashda ikkita ekstremal nuqtayi 
nazarni ajratib ko‘rsatishimizga imkon beradi. Birinchi qarashga ko‘ra, 
bunday muammolar sonini cheksiz ravishda kengaytirish tendensiyasi 
mavjud. Ammo bu holda, tushunchaning o‘zi ma’nosini yo‘qotadi. 
Boshqa nuqtayi nazarga ko‘ra, global muammo tushunchasining 
mohiyatini ijtimoiy himoyalanish tashkil etadi. Demak, ijtimoiy ish 
kasbini o‘rganishda, global muammolar ro‘yxatini to‘g‘ri shakllantirish 
va buning uchun global muammolar toifasiga kiruvchi masalalarni 
ajratib ko‘rsatish mezonlarini aniqlash kerak. Yuqoridagilardan kelib 
chiqib, muammo global deb tasniflanishi mumkin, agar u: 

butun insoniyat manfaatlariga ta’sir qilsa, o‘zini jamiyat 
rivojining obyektiv omili sifatida namoyon etsa; 
- insoniyat kelajagiga tahdid solsa, ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
kelgusidagi rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa; 
- muammoni bartaraf qilish uchun butunjahonhamjamiyatining 
sa’y-harakatlarini talab qilsa. 


223 
Globallashuv muammolari nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy 
muammolarni ham keltirib chiqaradi. Masalan, dunyo oilalarida 
bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning kuchayishi, qashshoqlikning ortishi, 
qurolli mojarolar, qochqinlar, koronavirus pandemiyasi, OIV yoki OITS 
kabi xavfli kasalliklarning keng tarqalishi. Darhaqiqat, zamonamizning 
globallashuvi va ijtimoiy ish nihoyatda muhim dolzarb mavzudir. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling