Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Yevropa davlatlarida xulqiy og‘ishlari bo‘lgan o‘smirlar va
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
Yevropa davlatlarida xulqiy og‘ishlari bo‘lgan o‘smirlar va
bolalar bilan ijtimoiy ish. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlarini o‘rganuvchi deviant xulq-atvor masalasi O‘zbekistonda o‘rganilmagan sohalardan biridir. Yuqorida qayd etilganidek, deviant xulq - atvor - bu jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy axloq me’yorlaridan chetga chiqqan, bu me’yorlarga mos kelmaydigan insonlar faoliyati, xatti-harakati va boshqa ijtimoiy hodisalaridagi turlicha munosabatlari, fikr-mulohazalari hisoblanib, bularning jamiyatda xulq-atvori harakati-faoliyatiga muvofiq atalib, ularni yolg‘onchi, dangasa, o‘g‘ri, bezori, “yozuvchi”, hasadchi, baxil, giyohvand, tovlamachi, firibgar, iymonsiz, e’tiqodsiz, behayo, fohisha, orsiz, qasd qilish va hokazo so‘zlar bilan nomlanib, ko‘plab shu kabi ijtimoiy me’yorlar talabiga zid kelguvchi xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Bizda esa, 1991 – yildan milliy mustaqillik tufayli, ilmiy va nazariy jihatdan o‘rganilishi uchun imkoniyat yaratilib, o‘rganila boshlandi. Ammo jamiyatda deviatsiyaga, xulq-atvorga manba bo‘la oladigan holatlar jahondagi boshqa xalqlarga nisbatan Markaziy Osiyo halqlarida uzoq o‘tmishda qadimdan oldin paydo bo‘lgan bo‘lib, ijtimoiy me’yordan chetga chiqishlik, axloqiy me’yorlardan chekinish holatlariga qat’iyan chek qo‘yilgan, buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan, harakatdagi qonundan ham ta’sirchan kuchga ham dunyoviy, ham diniy yo‘l bilan, insonlar ruhiyatiga ta’sir etguvchi kuchga aylangan va hozir ham xalqimiz ana shu ijtimoiy me’yorlar doirasida yashamoqda. Istiqlol 202 tufayli yanada ta’sirchan kuchga aylanishi tobora takomillashib bormoqda. Deviant xulq-atvor G‘arbda, ayniqsa, AQSHda keng ko‘lamda ijtmoiy fanlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ilmiy-amaliy jihatdan chuqur o‘rganilmoqda. XVIII asarga kelib yangi davr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va deviant holatlar muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Monteske, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, K.Gelvetssiy, D.Didro, P.Golbax, Morelli va Sh.Furelar o‘z ilmiy izlanishlarida turli g‘oyalarni ilgari surdilar. Xususan, Monteske barcha ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni topishga intildi. Yevropa mutafakkirlaridan I.Kant va uning shogirdlari I.G.Fixte, jinoiy huquqning asoschisi hisoblanuvchi L.Feerbax, Gegel ham jamiyat muammolarini tadqiq qilish jarayonida jamiyatning doimiy dolzarb muammosi bo‘lgan ijtimoiy me’yor va undan chekinishlarga ham alohida e’tibor berdilar. Klassik yo‘nalish vakillari garchi deviant xulq– atvorni sotsiologik tushuntirishda ancha ilgarilab ketishgan bo‘lsalarda, ushbu nazariyalarning amaliy tadqiqotlar bilan mustahkamlanmaganligi natijasida, ularning nazariyalari XIX asrga kelib biologik yo‘nalish vakillari tomonidan osongina inkor qilina boshlandi. XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, ijtimoiy xulq-atvor tadqiqotchilari klassik yo‘nalishdagi “tabiiy huquq”, “erkin iroda” kabi g‘oyalardan voz kechib, ijtimoiy deviantlikning “sababiyligini” yoqlab chiqdilar. Italiyalik psixiator Chezare Lombrozoning 1876 - yilda chop etilgan “Jinoyatchi shaxs” asari bu boradagi dastlabki qadam bo‘lib hisoblanadi. Ch.Lombrozo (1835-1909) Italiyada psixiatr bo‘lib ishlar ekan, o‘n yil davomida 14 ming mahbusni tekshirib, ular ustida tadqiqot olib boradi. O‘z kuzatishlari asosida Lombrozo xulq-atvor sababiylikka ega degan xulosaga keladi. Uning g‘oyasi “sabab-o‘zaro aloqador sabablar zanjiridan iborat”, degan qarashdan iboratdir. U jinoyatchilarni 4 guruhga bo‘ladi: 1.Tug‘ma jinoyatchilar. 2.Ruhiy kasal jiinoyatchilar. 203 3. E’tiqodga ko‘ra jinoyatchilar (siyosiy jinoyatchilar ham shular jumlasidandir). 4.Tasodifiy jinoyatchilar. Lombrozo o‘z g‘oyalarida qasddan qilinadigan jinoyatchilik, fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlarning tug‘ma bo‘lishligiga urg‘u beradi. “Tug‘ma individual omillar-jinoiy xulqning asosiy sabablaridir” deb yozadi. Lombrozo o‘z asarlarida deviant holatlarning tug‘ma bo‘lishini qat’iylik bilan ta’kidlab kelsa - da, ba’zi o‘rinlarda ijtimoiy deviantlikning namoyon bo‘lishida boshqa omillarning ham ta’sirini e’tirof etadi. Xususan, u o‘zining “Jinoyatchi va fohisha ayol” asarida aytadi: fohisha uchun erkak bilan qovushish-ruhiy jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham o‘ta oddiy holat va u ushbu kasbga yaxshi haq to‘lashgani uchun o‘z tanasini sotadi”, ya’ni iqtisodiy omil ustunlik qiladi. Lombrozo o‘z tadqiqotlari orqali bir narsaga, axloq va axloqsizliklarning tug‘ma bo‘lishini isbotlashga bag‘ishladi. Garchi biologiya, sotsiologiya va psixologiya fanlarida erishilgan keyingi yutuqlar buni to‘la inkor eta olgan bo‘lsa - da, uning uzoq yillar mobaynida olib borgan amaliy tadqiqotlari natijalari, deviant holatlarning o‘ziga xos klassifikatsiyalari o‘sha davrdagi ijtimoiy deviantlikning amaliy tavsifi keyingi davr olimlari uchun ajoyib qiyosiy material vazifasini o‘tab kelmoqda. Masalan, Lombrozo yuqorida aytilgan “Jinoyatchi va fohisha ayol” asarida tahlil qilib bergan fohishabozlik va jinoyatchilikning yoki ichkilikbozlikning “hamkorlik” nuqtalari hozirgi kunda ham kuzatiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek Ch.Lombrozoning asarlarida inson tabiiy omillar oldida ojiz maxluqqa aylantirib qo‘yiladi, shaxs shakllanishida ijtimoiy muhit va tarbiyaning o‘rni yo‘qqa chiqarilgan. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari mavjud jamiyatda amal qilinib kelinayotgan me’yorlar ham zamonasiga muvofiq o‘zgarib, yangilanib, davrga moslashib, omma ongiga singib, amalda qo‘llanila boradi, eskilari tarkibiga yangilari tobora kiritilib, amal qilinaboradi, ijobiy ijtimoiy me’yorlar tarkibini kengaytira boradi. Albatta, bu o‘zgarishlar bevosita jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, hatto iqtisodiy tizimlarining 204 siyosiy boshqarish u amal qiladigan qonunlarga ham bog‘liqdir. Bir jamiyatda me’yoriy hisoblangan ijtimoiy me’yorlar boshqa bir jamiyatda me’yordan og‘ish hisoblanishi mumkin.Bunga misol qilib G‘arb va Sharq turmush tarzini keltirishimiz mumkin. Ko‘rinishlari deviant deb qabul qilingan xulq-atvor, yozilgan va yozilmagan me’yorlarga mos kelmaydigan har qanday xatti-harakat va faoliyatni nazarda tutadi. Ayrim jamiyatlarda an’analardan chetga chiqish jiddiy xato, nojo‘ya ish kabi keskin qoralangan. Masalan, ayrim jamiyatlarda inson sochining uzunligi ham, ko‘rinishi ham, xulq-atvori ham nazorat ostida bo‘ladi. Deviatsiyaga qarshi kurash aksariyat holda his-tuyg‘ular, fikr va xatti-harakatlar turli-tumanligiga qarshi kurashga aylangan. Odatda, bu narsa hech qanday natija bermagan, ya’ni deviatsiya yanada yorqinroq ifodalanishi mumkin. Masalan, o‘tgan asrning 80-yillarida yoshlar G‘arb modellariga taqlid qilgan, jamiyat bunga qarshi hech narsa qila olmagan. Ko‘p jamiyatlarda deviant xulq-atvor nosimmetrik bo‘ladi: yomon tomonga og‘ish qoralanadi, yaxshi tomonga og‘ish qo‘llab-quvvatlanadi. Jamiyatda odamlarning aksariyat qismi deviant bo‘lishi mumkin (bunga o‘g‘rilar ham, aldanganlar ham, ishga kechikkan, avtobusda bilet olmagan, mumkin bo‘lmagan yerda sigaret chekkanlar ham kiradi). Bunday sharoitda me’yordan chetga chiqish miqdori yoki shakliga e’tibor berish kerak. Deviant xulq-atvor turlari ko‘p bo‘lib, ularga oddiy, elementar tartib buzishdan tortib katta jinoyatlargacha kiradi. Alkogolizm va giyohvandlik millat genofondini jismoniy majruhlik va degradatsiya tomon yetaklaydi, shuningdek, u jamiyatning ijtimoiy salomatligini buzadi. JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) bahosiga ko‘ra, alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish umumiy o‘limlar miqdorining uchdan bir qismini tashkil etadi. Ajralishlarning 25-30 foizi er-xotinlardan birining ichkilikbozligi tufayli yuz beradi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, o‘spirinlarning 2,5 foizida ota-onasi bo‘lmagan, 97,5 foizida esa oilasi bo‘lgan, 55 foizida ham otasi, ham onasi bo‘lgan. Yoshlarning 45 foizida yo otasi, yo onasi, shundan 66,2 foizida faqat onasi bo‘lgan. Voyaga yetmaganlarning faqat 3,8 foizi 205 otasi bilan yashaydi. Bundan kelib chiqadiki, voyaga yetmaganlarning qariyb 50 foizi to‘liqsiz oilada tarbiyalanishgan. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga sabab bo‘ladigan shart- sharoitlar quyidagilar: - nazoratsizlik–ota-onalar va ular vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan o‘smirlar ustidan zarur bo‘lgan nazoratning yo‘qligi; - voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etgan huquqbuzarlik yoki jinoyati uchun ta’sir chorasi yoki jazo belgilanmasligi; - o‘smirlarning huquqiy tarbiyasidagi muammolar; - voyaga yetmaganlar jinoyatlarining yuqori latentligi; - bolalar va o‘smirlar himoyasizligi, huquqsizligi; Me’yordan og‘ish va me’yorning o‘zi ko‘pincha test yoki eksperimental usullar yordamida aniqlanadi. Biroq, og‘ayotgan xulq- atvorning barcha ko‘rsatkichlarini nazariy jihatdan talqin qilish va o‘lchash imkoni yo‘q. Shunday hollarda simptomatik kuzatish amalga oshiriladi. Og‘ayotgan (asotsial, deviant) deb ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish hollari muntazam kuzatilayotgan xulq-atvorga aytiladi: - g‘arazli yo‘naltirilganlik (moddiy, pul, mol-mulk manfaatini ko‘zlab sodir etilgan xatti-harakat va huquqbuzarliklar: o‘g‘irliklar, o‘zlashtirishlar, chayqovchilik va h.k.); - agressiv yo‘nalishdagi (shaxsga qarshi yo‘naltirilgan xatti- harakatlar: haqorat qilish, bezorilik, kaltaklash, zo‘ravonlik qilish, qotillik); - ijtimoiy-passiv yo‘nalishdagi (faol ijtimoiy hayotdan chetga chiqishga intilish, o‘z majburiyatlari va burchini bajarishdan qochish, o‘zining shaxsiy va ijtimoiy muammolarini hal qilishni istamaslik: ishlash va o‘qishni xohlamaslik, daydilik, alkogolli va giyohvand moddalar, toksik vositalar iste’mol qilish, o‘zini-o‘zi o‘ldirish, suitsid). Deviant xulq-atvorli o‘smirlarga u yoki bu ta’sirga beriluvchan bolalarning qaysi toifalari kirishi maxsus tadqiqot jarayoni hisoblanadi. Deviant xulqlilar toifasiga: 1. Chekishga moyilligi bo‘lgan bolalar. 2. Spirtli ichimliklarga moyilligi bo‘lgan bolalar. 206 3. O‘g‘irlikka, yolg‘onchilikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 4. Intizomsiz, ishyoqmas, dangasalikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 5. Psixotrop moddalarga moyilligi bo‘lgan bolalar. 6. Narkomaniyaga moyilligi bo‘lgan bolalar. 7. Axloqiy va maishiy buzuqlikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 8. Poraxo‘rlikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 9. Diniy ekstrimizmga moyilligi bo‘lgan bolalar. 10. Fanatizmga moyilligi bo‘lgan bolalar. 10. Agressiv, millatchilikka moyillik. 11. Mahalliychilikka moyillik. 12. Narkobiznesga moyillik. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling